5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!
🔰 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.
📌 Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.
👩🏫 Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.
❕ Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
!Ma’lumotlar rus tilida:
Вниманию преподавателей с 5-летним педагогическим стажем!
🔰 Согласно постановлению №1 Госкомиссии, в 2022-2023 учебном году высшее педагогическое образование для педагогов, не имеющих высшего педагогического образования и имеющих не менее 5 лет педагогического стажа. утверждены показатели приема в высшие учебные заведения на основе платно-контрактной формы заочной формы обучения бакалавров в образовательных учреждениях.
📌 Согласно ему, всего выделено 1000 целевых параметров приема в 14 педагогических вузов для преподавателей со стажем педагогической работы не менее 5 лет.
👩🏫 Данные параметры приема применяются для учителей со стажем преподавания не менее 5 лет, набравших по результатам тестирования 56,7 и выше, но не рекомендованных для поступления в аспирантуру.
❕ Отбор осуществляется после того, как Министерство народного образования представит в Государственный центр тестирования список учителей со стажем педагогической работы не менее 5 лет.
[/spoiler]
20 yillik ped.stajim bor.80.70 ball olganman.Ballar ketma ketligida 1000 talik kvotaga qabul qilinmadim.Nima uchun qsbul qilinmadim.yana imkoniyat bormi