O’qituvchilarga daftar tekshirganlik uchun qancha haq to’lanadi?

O’qituvchilarga daftar tekshirganlik uchun qancha haq to’lanadi?

O’qituvchilar bajaradigan asosiy funksiyalar qatorida dars o’tish, o’quvchilar bilan ishlash, jurnal to’ldirish bilan birgalikda sinfdagi har bir o’quvchining daftarini tekshirish degan muhim vazifa ham bor.

Biroq o’quvchilarning ishlarini yozma tarzda baholash hamma fanlar uchun ham xos emas.
Qaysi fanlardan daftar tekshirish talab etiladi?
Xalq ta’limi vazirligi bergan ma’lumotga ko’ra,

Boshlang’ich sinflarda: alifbe, ona tili, o’zbek tili, rus tili, matematika, 2-4 sinflarda chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari va h.k)

Yuqori sinflarda: ona tili, adabiyot, o’zbek tili, rus tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari va h.k), matematika, algebra, geometriya kabi fanlardan daftar tekshirish kerak bo’ladi.

Ushbu mehnat evaziga haq to’lash tartibi esa «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida»gi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabridagi qarori asosida amalga oshiriladi.

Hujjatga ko’ra, umumta’lim muassasalari o’qituvchilariga qo’shimcha haq to’lovlari eng kam oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi.

Daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi, sinfdagi (sinf komplektdagi) o’quvchilar soni 15 nafargacha bo’lgan kam komplektli maktablarda esa 25 foiz miqdorda to’lanadi.

Masalan, ayni paytda eng kam ish haqi 223 ming so’mni tashkil qiladigan bo’lsa, uning 50 foizi – 111 ming 500 so’m. O’qituvchi agar to’liq stavkada ishlasa, daftar tekshirgani uchun mana shu pulni to’liq oladi. Agar 0,75 da ishlayotgan bo’lsa, uning 75 foizini oladi. Agar yarim stavkada ishlaydigan bo’lsa, shu miqdorning yarmini – 55 750 so’m oladi.


К числу основных функций, выполняемых преподавателем, относятся преподавание, работа с учащимися, заполнение журналов, проверка тетради каждого учащегося на уроке.

Однако письменная оценка работы учащихся не является специфичной для всех предметов.
Какие предметы необходимы для проверки тетради?
По данным Министерства народного просвещения,

В начальной школе: алфавит, родной язык, узбекский, русский, математика, иностранный язык во 2-4 классах (английский, немецкий, французский и др.)

В старших классах: родной язык, литература, узбекский, русский язык и литература, иностранные языки (английский, немецкий, французский и др.), математика, алгебра, геометрия.

Порядок оплаты труда основан на постановлении Кабинета Министров от 21 декабря 2005 года «Об утверждении усовершенствованной системы оплаты труда работников народного образования».

Согласно документу, доплаты учителям общеобразовательных школ будут производиться в процентах от минимальной заработной платы.

За проверку тетрадей и письменных работ — 50 процентов минимальной заработной платы, а в малообеспеченных школах при численности учащихся в классе (классном наборе) до 15 человек — 25 процентов.

Например, действующая минимальная заработная плата составляет 223 000 сумов, из которых 50% составляют 111 500 сумов. Если учитель работает полный рабочий день, он получит полную сумму за проверку тетради. Если он работает на 0,75, он получает 75 процентов. Если он работает по совместительству, то получает половину этой суммы — 55 750 сумов.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Sitora Akbarovna

    Mani 10,5 soat darsimni daftar tekshirishiga qancha xaq tolanadi

  2. Maftuna Toʻychiyeva

    Daftar tekshirgan uchun qancha haq toʻlanadi?

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: