Ilk bor daktil nutqdagi darsliklar yaratildi

Ilk bor daktil nutqdagi darsliklar yaratildi
Telegramda o'qish

Eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ilk bor daktil nutqdagi darsliklar yaratildi.

Bu haqda XTV qoshidagi Respublika ta’lim markazi rasmiy kanalida xabar berildi.
Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar taʼlim muassasalarida tayyorlov sinflari tashkil etilgan hamda har oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejadagi tayyorlov sinflari uchun oʻquv fan soatlar ajratilgan boʻlsa-da,biroq, ular uchun darsliklar mavjud emas edi.

Ilgari mazkur yo`nalishdagi maxsus maktab internatlarining oʻquvchilari faqatgina daktil nutq jadvalidan iborat tarqatma materiallardan foydalanib kelishgan. Bu yil aynan mana shu yoʻnalishdagi tayyorlov sinf oʻquvchilari uchun 7 nomda yangi darsliklar yaratildi.

Ushbu darsliklar eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarni maktabga tayyorlov jarayonlaridan boshlab puxta taʼlim olishiga xizmat qilib, taʼlimning keyingi bosqichiga mustahkam poydevor boʻla oladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: