Sh.Shermatov: Shu vaqtgacha o’qituvchilarning qo’liga bu qadar katta miqdordagi pul mablag’lari berilmagan edi

Sh.Shermatov: Shu vaqtgacha o’qituvchilarning qo’liga bu qadar katta miqdordagi pul mablag’lari berilmagan edi
Telegramda o'qish

Bugun, xalq ta’limi vazirligi tomonidan Xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi va ularning ustozlarini bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda so‘zga chiqqan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning aytishicha, ilk bora maktab o‘qituvchilari mana shunday katta pul mablag‘i bilan taqdirlanmoqda. Olimpiada g‘oliblarining 6 nafar o‘qituvchilari uchun umumiy 356 million 800 ming so‘m ajratilgan.

“O‘zbekiston tarixida birinchi bor xalqaro biologiya olimpiadasining oltin medali o‘zbek farzandi qo‘lga kiritdi. Aynan bu yil Prezidentimizning murojaatlarida ham kimyo, biologiya fanlarining ustuvorligi belgilangan edi.

Mana bugun kimyo va biologiyada g‘olib bo‘lgan yoshlarimizni taqdirlab turibmiz. Albatta, bu mustaqillik bayrami uchun o‘ziga yarasha mukofot bo‘ldi. Xalq ta’limi vazirligi qoshida xalqaro olimpiadalar bilan ishlash departamenti ochilgan edi. Bu departament maktab yoki litsey o‘quvchilari bilan birga ishlab tizimli natijaga erishishga harakat qiladi. Mana natijalar ham chiqib turibdi.

Yana bir gap, Prezidentimizning o‘tgan yilgi qarori bilan o‘ziga yarasha tarixiy adolat tiklandi. Yillar davomida asosan sportda yutuqlarga erishganlar tantanali kutib olingan, pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. Ilm-fan bo‘yicha esa faqat maqtov yorlig‘i bilan cheklanardi. Mana hozir juda katta pul mablag‘lari berildi. Nafaqat o‘quvchilar ularni tarbiyalagan o‘qituvchilari ham pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Shu vaqtgacha ustozlarning qo‘liga bu qadar katta miqdordagi pul mablag‘lari berilmagan edi. Bu ham Prezidentimizning shu yo‘nalishdagi qarorlari sharofati. Yoshlarimizga motivatsiya berish eng katta masala. Mayda-chuyda olimpiadalar ko‘p, ammo bugun yoshlarimiz eng yirik beshta olimpiadaning birida yuqori darajali yutuqlarni qo‘lga kiritgani uchun mukofotlandi”, deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: