“Aqlli odam”, u – kim?

“Aqlli odam”, u – kim?

Koʻpchilik “aqlli odam”ni qanday tasavvur qiladi? Deylik, nazdimizda u — yaxshi taʼlim olgan, koʻp oʻqiydi, koʻp sayohat qiladi yoki bir nechta tillarni biladi. Shunga qaramasdan, bu sifatlarning barchasiga ega boʻlib turib aqlsiz, yoyinki bu jihatlarning ayrimlariga ega boʻlib turib, botinan dono boʻlish ham mumkin.

Aqllilik – nimanidir bilish bilan emas, aslida u bir-birini tushuna olish qobiliyatidir. Uning zamirida minglab mayda omillar, ikir-chikirlar yotadi: madaniyat bilan bahslashishdan tortib, dasturxon boshida oʻzini odob bilan tutishgacha, boshiga tashvish tushgan odamga bildirmay (ha, aynan bildirmay!) yordam qoʻlini choʻzishdan tortib, tabiatni muhofaza qilishgacha yoxud atrofiga axlat toʻplamaslikkacha — sigareta qoldigʻi boʻladimi yoki qasamlar-u, bemaʼni gʻoyalargacha (ha-da, bular ham anoyi axlat emasda!).

Men rus shimolida umrguzaronlik qiluvchi dehqonlarni koʻrganman, ularni gʻoyatda aqlli odamlar, deb bilaman. Ularning uylaridagi ozodalikdan koʻz quvnaydi, kuylagan qoʻshiqlaridan dil yayraydi, doston-u ertaklaridan dam olasiz. Ular chiroyli hayot kechirib, mehmondoʻstlikni qiyomiga yetkazadilar, dardingizga hamdard boʻlib, jigarjonlikni qoyillatadilar, baxtingizga sherik boʻlib uni ikki hissa oshiradilar.

Aqllilik – tushuna olish va idrok qila olish koʻnikmasi, bu – olamga va odamlarga nisbatan bagʻrikeng munosabatda boʻlishni anglatadi.

©️Dmitriy Lixachev, “Yaxshilik va goʻzallik toʻgʻrisida maktublar”
©️Shuhrat Sattorov tarjimasi va tahriri.

Manba: Respublika ta’lim markazi


Как многие люди думают об «умном человеке»? Допустим, он хорошо образован, много читает, много путешествует или говорит на нескольких языках. Однако можно быть глупым, обладая всеми этими качествами, но также можно быть внутренне мудрым, обладая некоторыми из этих качеств.

Интеллект — это не знание чего-то, на самом деле это способность понимать друг друга. В основе его тысячи мелочей: от спора с культурой, до вежливого поведения за столом, от обращения к тому, кто обеспокоен (да, так и не сказав!) до защиты природы или от сбора хлама вокруг папирос или клятв, к глупым идеям (да, они тоже не дрянь!).

Я видел крестьян, живущих на русском севере, и знаю, что это очень интеллигентные люди. Им нравится чистота в их домах, песни, которые они поют, и истории, которые они рассказывают. Они живут красивой жизнью, привносят в вашу жизнь гостеприимство, сочувствуют вашей боли, делают вас счастливыми, разделяют ваше счастье и удваивают его.

Мудрость – это способность понимать и постигать, а значит быть терпимым к миру и людям.

© ️Дмитрий Лихачев, «Письма о добре и красоте»
© ️Шухрат Сатторов Перевод и редактирование.

Источник: Республиканский образовательный центр.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: