Mustaqil O‘zbekiston tarxida jami 10 ta vazir faoliyat yuritgan bo‘lsa, ulardan 3 tasi o‘z faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor.
Quyidagi shaxslar oddiy o‘qituvchilikdan chiqib, vazir lavozimida ishlagan:
Mustaqillikning ilk yillarida, 1991 yildan – 2000 yilgacha vazir lavozimida faoliyat yuritgan Jo‘ra Yo‘ldoshev pedagogika fanlari doktori, professor bo‘lgan. Bu vazirning asli kasbi o‘qituvchilik bo‘lgan deyishadi. (hozircha boshqa ma’lumotlar yo‘q)
2008–2010 yillarda vazirlik qilgan G‘ayrat Shoumarov Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. U Psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lib, asli kasbi o‘qituvchilik bo‘lgan.
2011–2013 yillarda vazir lavozimida ishlagan Temur Shirinov Termiz davlat pedagogika institutini tamomlagan. Uning asli kasbi tarix va geografiya fani o‘qituvchisi bo‘lgan.
Qolgan vazirlarning aksariyati iqtisodchi va boshqa soha vakili bo‘lgan. 2013 yildan to hozirgi kungacha, pedagoglardan vazir chiqmagan. O‘zi O‘zbekiston qonunchiligida negadir vazirlarga soha mutaxassisi bo‘lish talabi qo‘yilmas ekan.
Amaldagi vazir Xilola Umarovaning mutaxassisligi ham tashqi iqtisodiy faoliyat. Ammo pedagogiga sohasida bir necha yillik tajribaga ega.
Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda dars bergan, keyinroq shu maktabda direktorlik faoliyati bilan shug‘illangan.
Vazir o‘rinbosarlari orasida esa faqatgina Dilshod Kenjayev o‘z faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlagan.
Mavzuga doir:
Xalq ta’limi vaziri lavozimida kimlar va qaysi soha vakillari ishlagan?