Hayvonlar va qushlar haqida maqollar to’plami

Hayvonlar va qushlar haqida maqollar to’plami
Telegram kanal подписаться

Hayvonlar va qushlar xususidagi maqollarni qabul qiling.

Eslatib o’taman, saytimizda hayvonlar va qushlar haqida she’rlar bor. Qushlar haqidagi she’rlarni o’qish uchun ushbu sahifaga o’ting: Qushlar va parrandalar haqida she’rlar to‘plami
Hayvonlar haqidagi she’rlar esa mana bu sahifada: Hayvonlar haqida she’rlar to‘plami

Bedana tezotar bo’lsa,
O’z boshini o’zi yer.

Bedananing «vit» degani — qochgani.

Bo’ri bo’ronda quturar.

Bo’rining ozig’i — burnida.

Zag’izg’on sog’ligidan o’lmas, suqligidan o’lar.

Zag’izg’on chaqib to’q bo’lmas.

Zag’cha sigirdan qo’rqmas.

Itda jiyan yo’q,
Baqada — qayin.

Itdan suyak ortmas,
Mushukdan — bez.

Ot — yigitning yo’ldoshi.

Ot — yigitning qanoti.

Ot olsang, ho’kiz qorindan ol,
Ho’kiz olsang, ot qorindan ol.

Tishini ko’rguncha, ishini ko’r.

Toy otga yetkazar,
Ot — murodga.

Toy otga ergashar,
Qo’y — serkaga.

Toyni toy deb xo’rlama,
Erta-indin ot bo’lar.

Tog’ bo’risiz bo’lmas,
To’qay arslonsiz bo’lmas.

Tog’iga qarab quloni,
Suviga qarab — iloni.

Tuya silkinsa, eshakka yuk chiqar.

Tuya to’pig’i ham to’piq,
Qo’y to’pig’i ham to’piq.

To’ng’izni botqoqda bos.

Chopqir ot — o’tkir pichoq.

Cho’pon bo’lsang, qo’yni boq,
Moyi toshsin choradan.

It boqqanda sirtlon boq,
Qo’y oldirmas qo’radan.

El tinsa ham, it tinmas.

El qo’nmay, it tinmas.

Etik kiysang, er bo’lasan,
Otga minsang, sher bo’lasan.

Etning yaxshisi — qazi,
Itning yaxshisi — tozi.

Echki bo’lsa, qo’yga yo’l ochilar.

Echki qo’y bo’lmas,
Eshak — toy.

Eshak minganning oyog’i tinmas.

Eshak urgan bilan ot bo’lmas.

Eshakka pashmakdan xashak yaxshi.

Yuvvosh it hurmay tishlar.

Yuvvosh otning tepkisi qattiq.

Yuvvosh tuya yumushga yaxshi.

Yaxshi ot yod qoldirar,
Yomon ot lat qoldirar.

Yaxshi ot jonga sherik,
Yomon ot — molga.

Yaxshi ot — ko’pniki.

Yaxshi ot oyog’idan ozar.

Yaxshi ot to’rvasini orttirar,
Yomon ot — qamchisini.

Qalmoqi ot qoqilmas,
Qoqilsa ham, yiqilmas.

Qarg’a keldi — qish keldi.

Yuklab olish — Hayvonlar va qushlar haqida maqollar

Maqollarni yuklab olishHayvonlar va qushlar haqida maqollar to’plami

Foydalanilgan adabiyot
O’ZBEK XALQ MAQOLLARI
«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi Bosh tahririyati, 2005.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: