Erkin Aʼzam haqida ma’lumot

Erkin Aʼzam haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Erkin Aʼzam haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Erkin Aʼzam 1950 yili 10 avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1967–1972).
Oʻzbekiston radiosida muharrir (1972–1976), “Guliston” jurnalida xodim, adabiy kotib, (1976–1981), “Yoshlik” jurnalida boʻlim mudiri (1981–1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida koʻp jildli asarlar tahririyati mudiri (1986–1992), Oʻzbekiston respublikasi Milliy axborot agentligi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari (1992–1994) lavozimlarida ishladi. Ikkinchi chaqiriq (1994–2004) Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. Hozirgi kunda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri vazifasida xizmat qiladi.
Adibning oʻquvchilik yillarida yozilgan ilk “Inson” hikoyasi viloyat gazetasida bosildi (1966). Dastlabki “Chiroqlar oʻchmagan kecha” hikoyalar toʻplami 1977 yilda chop etildi.
1981 yilda nashr qilingan ikkinchi kitob – “Otoyining tugʻilgan yili” nomli qissa va hikoyalar toʻplami uchun muallif 1982 yilda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlandi. Shundan soʻng isteʼdodli adibning “Olam yam-yashil” (1984), “Mir v svetax” (1989), “Pakananing oshiq koʻngli” (2001), “Kechikayotgan odam” (2002), “Jannat oʻzi qaydadir” (2007), “Ertak bilan xayrlashuv” (2007), “Guli-guli” (2009), “Shovqin” (2001) kabi bir qator roman, qissa va hikoyalar toʻplamlari bosmadan chiqdi. “Jannat oʻzi qaydadir”, “Shajara”, “Farrosh kampirning tushi”, “Xonadon egasi”, “Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi” nomli pyesalari respublikamiz teatrlarida muvaffaqiyatli sahnalashtirildi.
Erkin Aʼzamov kinodramaturgiyamiz rivojiga ham munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Uning ssenariysi asosida tasvirga olingan “Chantrimore” (1990), “Piyoda” (1996) milliy kino sanʼatimizda yangilik boʻldi. Navbatdagi “Dilxiroj” (2001) filmi xalqaro miqyosda eʼtibor qozondi. Germaniya va Fransiya televideniyelari orqali namoyish etildi. Nusxasi Fukuoko (Yaponiya) kinomuzeyida saqlanadi; “Erkak” (2004) nomli filmi “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topildi, Vezul (Fransiya) xalqaro kinofestivalida Bosh sovringa (Gran-pri) sazovor boʻldi; “Zabarjad” (2007) – “Moskovskaya premyera” va MDH anjumanlarida maxsus diplom bilan taqdirlandi, Oʻzbekistondagi kinofestivalda “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi; “Suv yoqalab” (2008) – “Zolotoy Vityaz” xalqaro kinoforumida (Moskva) “Serebryanniʼy Vityaz” sovriniga sazovor boʻlib, Nyu-York shahrida oʻtkazilgan (AQSH) Osiyo filmlari kinofestivalida “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi; “Parizod” (2012) – “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida Bosh sovringa sazovor boʻldi. “Jannat qaydadir” (2008), “Qarzdor” (2010) nomli filmlari ham respublikamiz kinoteatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etildi.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Erkin Aʼzamning hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, gruzin, bulgʻor, chet tillariga tarjima qilingan. 2015 yilda adibning roman va qissalardan iborat salmoqli toʻplami Angliya va Fransiyada ingliz va fransuz tillarida nashr etildi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Об Эркине Азаме: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Эркин Азам родился 10 августа 1950 года в Байсунском районе Сурхандарьинской области. Изучал журналистику в Ташкентском государственном университете (ныне Национальный университет Узбекистана) (1967–1972).
Редактор «Радио Узбекистан» (1972–1976), сотрудник и литературный секретарь журнала «Гулистан» (1976–1981), заведующий отделом журнала «Ёшлик» (1981–1986), редактор многотомников Литературного издательства имени Гафура Гулома. и искусства (1986 г.) -1992 г., первый заместитель генерального директора Национального информационного агентства Республики Узбекистан (1992-1994 гг.). Второй созыв (1994-2004 гг.) был избран депутатом Олий Мажлиса Республики Узбекистан. В настоящее время он является главным редактором журнала Tafakkur.
Первый рассказ автора «Человек» был опубликован в областной газете (1966). Первый сборник рассказов «Ночь без огней» вышел в 1977 году.
Автор был удостоен премии Союза молодежи Узбекистана в 1982 году за свою вторую книгу «Год рождения отца», изданную в 1981 году. После этого талантливый писатель написал «Мир зеленый» (1984), «Мир в мире» (1989), «Любовник Паканы» (2001), «Опоздавший» (2002), «Где рай». (2007), «Прощай, сказка» (2007), «Гули-гули» (2009), «Шум» (2001). Пьесы «Где небо», «Шаджара», «Сон старухи Фаррош», «Хозяйка квартиры», «Сон одинокой лодки или сумасшедшего» с успехом ставились в театрах республики.
Эркин Азамов также вносит достойный вклад в развитие нашего кинематографа. Новинкой отечественного кинематографа стали «Чантримор» (1990) и «Пияда» (1996), снятые по его сценариям. Следующий фильм «Дилксирой» (2001) получил международное внимание. Его показывали по немецкому и французскому телевидению. Копия хранится в Музее кино Фукуоко (Япония); «Человек» (2004) получил приз за лучший сценарий на Международном кинофестивале «Киношок» и получил Гран-при на Международном кинофестивале в Весуле (Франция); Забаржад (2007 г.) — Награждена специальным дипломом на конференциях «Московская премьера» и СНГ, победила в номинации «Лучшая женская роль» на Узбекском кинофестивале; «На воде» (2008 г.) – получил премию «Серебряный Витязь» на Международном кинофоруме «Золотой Витязь» (Москва) и победил в номинации «Лучшая мужская роль» на Азиатском кинофестивале в Нью-Йорке (США); «Паризод» (2012 г.) – получил Гран-при Международного кинофестиваля «Киношок». Фильмы «Где же небо» (2008 г.), «Должник» (2010 г.) также с успехом демонстрировались в кинотеатрах страны.
Рассказы и рассказы заслуженного журналиста Республики Узбекистан Эркина Азама на русском, украинском,Переведена на белорусский, казахский, таджикский, туркменский, грузинский, болгарский и иностранные языки. В 2015 году значительный сборник романов и рассказов автора был опубликован на английском и французском языках в Англии и Франции.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Maryam Ahmedov

    :| :|

  2. Suvanova Rayhon

    Жудайам йокди сизга рахмат

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: