Muhammad Rahmon haqida ma’lumot

Muhammad Rahmon haqida ma'lumot

Muhammad Rahmon haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, baatasil ma’lumotlar

Muhammad Rahmon 1949 yil 18 noyabrda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Palandara qishloq kengashi, Ovlat qishlogʻida tugʻildi. Ota-onadan oʻn yoshda yetim qolgan Muhammad mehribonlik uyida tarbiyalandi.
Keyinchalik bu yerdan bir guruh bolalar Kitobdan Termizga koʻchirilib, Surxondaryoda taʼlim-tarbiya oladi. Bolalar uyidagi oʻsmir isteʼdodini erta payqagan shoir Tesha Saydali Muhammadni oʻz tarbiyasiga oldi. Yuqori sinfga koʻchgan Muhammad Rahmon Tesha Saydaliyevning tavsiyasi bilan “Surxondaryo haqiqati” viloyat gazetasida adabiy xodim boʻlib ish boshladi. Maqola, sheʼr, lavhalari yosh ijodkorni elga tanitdi.
Muhammad Rahmonning “Bolalik” deb nomlangan ilk sheʼri 12 yoshida “Gulxan” jurnalida bosilib chiqdi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1967–1972). “Choʻlpon” nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri boʻlib ishladi (1972–1980). 1980 yildan umrining oxirigacha masʼul vazifalarda xizmat qildi. Shoirning “Muvozanat”, “Yashil daryo”, “Yuragimning dastxati”, “Ijobat”, “Asraganim, avaylaganim” kabi sheʼriy toʻplamlari, bolalar uchun “Momoqaymoq”, “Yerga tushgan kamalak”, “Qanotli tushlar” nomli majmualari chop etildi. “Yoʻl koʻrayotgan odam” (2010) saylanmasiga turli yillarda bitilgan sheʼrlari va “Adabiy nido” dramatik dostoni jamlangan.
M. Rahmon tarjimon sifatida K. Chukovskiy, A. Bertoning sheʼrlarini, avstriyalik adiba Velskof-Genrixning “Tokay Ito” romanini ona tilimizga oʻgirdi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Мухаммеде Рахмоне: жизнь, творчество, деятельность, биография, справочная информация

Мухаммад Рахмон родился 18 ноября 1949 года в селе Овлат Паландаринского сельсовета Китобского района Кашкадарьинской области. Осиротев в возрасте десяти лет, Мухаммед вырос в приюте.
Позже группа детей была переведена из Китаба в Термез и получила образование в Сурхандарьинской области. Мухаммеда усыновила поэтесса Теша Сайдали, заметившая в раннем возрасте подростковый талант детдомовца. По рекомендации Теши Сайдалиева Мухаммад Рахмон перешел в высший класс и стал работать литературным работником в областной газете «Сурхандарья Хакикати». Его статьи, стихи и поэмы представили юного художника миру.
Первое стихотворение Мухаммеда Рахмона «Детство» было опубликовано в журнале «Гулхан» в возрасте 12 лет. Изучал журналистику в Ташкентском государственном университете (ныне Национальный университет Узбекистана) (1967-1972). Работал редактором и заведующим отделом в издательстве «Чолпон» (1972–1980). С 1980 года до конца жизни занимал ответственные должности. Вышли сборники стихов поэта «Равновесие», «Зеленая река», «Подпись сердца моего», «Ответ», «Асраганим, авайлаганим», детские сборники «Момогаймок», «Ерга тусган камалак», «Канатлы тушлар». опубликовано. В подборку «Человек на дороге» (2010) вошли стихи, написанные в разные годы, и драматическая эпопея «Литературный плач».
Как переводчик М. Рахмон перевел на наш родной язык стихи К. Чуковского и А. Берто, роман «Токай Ито» австрийского писателя Вельскофф-Генрих.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: