«Davlat tili haqida»gi Qonunni buzganga qanday choralar qoʻllanilmoqda?

«Davlat tili haqida»gi Qonunni buzganga qanday choralar qoʻllanilmoqda?

Til insoniyatga berilgan eng buyuk neʼmatlardan biri. Millat, jamiyat taraqqiyoti, tarix jarayonlari, eng avval, tilda aks etadi.

Unda xalq hayoti, milliy mafkura ifodalanadi, roʻyobga chiqadi. Til — inson faoliyatini boshqarib turuvchi muhim vosita, demak, u xalqning maʼnaviy mulkidir.
Har bir millatning oʻziga xos milliy madaniyati, tili, urf-odatlari, qadriyatlari mavjud. Millatning qanday millat ekanligi esa uning oʻz ona tilida namoyon boʻladi.
Bugun oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻladi. Bu davr ichida tilimiz bukilgan qaddini yana tiklab oldi, unda bitilgan nodir asarlar nashr qilindi, tilimiz dunyoga boʻy choʻza boshladi. Eng asosiysi, yurtdoshlarimizda oʻzbek tilida gapirish, mustaqil fikrlash va bundan faxrlanish tuygʻusi — daxldorlik shakllandi.
Har bir mustaqil mamlakat oʻzining davlat tiliga ega ekan, shu til ravnaqi uchun kurashishi tabiiy. Chunki tilning davlat tili maqomida boʻlishi shu davlatning mustaqilligini koʻrsatuvchi muhim shart va talablaridan biri.
Davlat tili — davlatning oʻz fuqarolari bilan gaplashadigan rasmiy tilidir. Davlat tilida jamiyat sohalarida ish yuritish faoliyati olib boriladi, qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar tayyorlanadi. Oʻtgan yillar ichida oʻzbek tilining davlat tili sifatida barqarorlashuvi, xizmat doirasiga koʻra kengayib borayotganiga guvoh boʻlib turibmiz. Bu, albatta, ijobiy hol. Shu bilan birga, ona tilimizga ayrim fuqarolarda bepisand munosabat koʻzga tashlanayotgani ham bor gap.
“Davlat tili haqida”gi Qonunni haligacha hayotimizga toʻliq joriy etolmayapmiz. Nega? Buning sabablari talaygina. Ulardan biri ushbu Qonunni buzganga amalda hech qanday chora yoʻqligidir. “Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasida shunday deyiladi: “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi”. Xoʻsh, yuritilmasachi, bunga qanday jazo yoki javobgarlik belgilangan? Nazarimizda, bugun davlat tilni oʻz himoyasiga olishi kerak, bu borada uning oʻzi xalqqa oʻrnak boʻlishi lozim.
Mamlakatimizda xorijiy tillarga eʼtibor kuchayib borgani sayin odamlar oʻz tili qolib, boshqa tillarni oʻrganishga kirishib ketdilar shekilli, qayerga bormang, ajnabiy soʻzlarni eshitishga qulogʻimiz, imlo qoidalariga boʻysunmagan yoki chet tilda yozilgan yozuvlarga koʻzimiz koʻnikib qoldi. Jamoat joylari, bino va inshootlar, savdo hamda xizmat koʻrsatish obyektlariga joylashtirilgan ayrim reklama vositalarida hali-hamon koʻplab imlo va uslubiy xatolar uchrayotganligiga guvoh boʻlish mumkin. Har kuni koʻchaga chiqar ekanmiz, yangidan-yangi bunyod etilayotgan binolar, bogʻ hamda xiyobonlar insonga xush kayfiyat bagʻishlaydi. Ana shunday paytlarda bir narsa koʻngilni gʻash qiladi. U ham boʻlsa, xorijiy tilda yozilgan peshlavha, reklama, eʼlonlar va bu yozuvlardagi lisoniy xatolardir. Kundan-kun zamonaviylashib, chiroy ochib borayotgan koʻchalarda toʻgʻri yozilgan oʻzbekcha matnlarni uchratish mushkul boʻlib qoldi. “Davlat tili haqida”gi, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan talablar buzilayotganligining guvohi boʻlish esa naqadar ayanchli. Va haqli savol tugʻiladi: reklama hamda eʼlonlarda uchrab turadigan qoʻpol imlo xatolari uchun kim javobgar? Reklama beruvchimi yoki reklama agentligi?
Misol uchun, koʻcha-koʻyda (imloni farqlamaslik) “Apteka”, “Savdo dukoni”, (oʻzbek tili va boshqa tillarning aralashuvidan hosil boʻlgan) «Kurilish tovarlari», «Obuv doʻkoni» kabi yozuvlarga guvoh boʻlasiz. Achinarlisi shuki, boshqa tillarda qoʻyilayotgan ayrim nomlar tarjima qilinganda milliy qadriyatlar va maʼnaviyatimizga zid maʼnodagi soʻzlar kelib chiqadi. Bu esa aholi orasida savodsizlar sonining koʻpayishiga zamin yaratmoqda. Shuningdek, koʻchalardagi eʼlonlarda «Buxara shashliklari», «Samsa s myasom, s kartoshkom», “Somsa № 1” kabi soʻzlar katta harflarda yozilganini uchratish mumkin. Holbuki, bu na ona tilimizda va na rus tilida toʻgʻri yozilgan. Qolaversa, juda koʻp joylarda yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilot, oshxona yoki ishlab chiqarish hududlari peshtoqlariga «Skoro otkrыtiye», «Mы otkrыlis», deb yozib qoʻyiladi. Shuning oʻrniga “Biz ish faoliyatimizni boshladik” yoki “Biz ishga tushdik” kabi jumlalar yozilsa ham boʻladiku!
Bu kabi palapartish va xato yozuvlardan istagancha misol keltirish mumkin. Masalan, ulgurji savdo doʻkonlarining peshtoqiga «optom» deb yozib qoʻyilgan. Agar oʻsha yozuvlar oʻzbek tilida yozilsa, shu doʻkon yoxud oshxonaga hech kim kirmay qoʻyadimi? Savdo yoki xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi savdo doʻkonlari, umumiy ovqatlanish joylarida hamda ularning internet saytlarida «rasprodaja», “skidka”, «dostavka» kabi soʻzlarni ham koʻp uchratish mumkin. Vaholanki, oʻzbek tilida ushbu soʻzlarning “chegirma”, “yetkazib berish”, “arzon narxda” kabi muqobillari mavjud.
Reklamalardagi imloviy, uslubiy xatolar savdo-sotiq, aholiga turli xizmatlarni koʻrsatuvchi, umumiy ovqatlanish, toʻyxona kabi obyektlarda koʻp kuzatiladi. Eng achinarlisi, ularning koʻpchiligi yevropacha nomlar bilan atalgan. Mayli, xorijiy tilda ham boʻlgani yaxshi, ammo, avvalo, oʻzbek tilida, soʻng uning yonida boshqa tilda boʻlishi maqsadga muvofiq emasmi?!
Ustiga-ustak tijorat mazmunidagi reklama va eʼlonlardagi xato matnlarni oʻqib, dilingiz xufton boʻladi. Ularning oʻzbekchada berilgan tarjimalarida uslubiy xatolar gʻij-gʻij. Lingvistika talabiga koʻra, biror-bir tilga boshqa tildan soʻz yoki soʻz birikmasi oʻzlashtirilsa, bunda oʻsha soʻz yoki fikrning originaldagi maʼnosi diqqat-eʼtiborda boʻlmogʻi lozim. Mazmunga eʼtibor bermaslik, soʻz mavqeiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Soʻz oʻzlashtirish talabi har bir millat tili uchun muhim hisoblanib, bunda adabiy tilning barcha jihati koʻzda tutilishi shart. Aks holda, sunʼiylikka, noaniqlikka yoʻl qoʻyiladi. Natijada soʻzning qiymati, mazmun-mohiyati yoʻqoladi. Afsuski, bunday holat tarjimachilik amaliyotida tez-tez uchraydi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri, soʻzma-soʻz qilingan tarjima mantiqiy xatoliklarni keltirib chiqaradi. Juda koʻp oʻrinlarda Qonunning 20-moddasiga, yaʼni yozuvlar, avvalo, davlat tilida berilishi, keyin boshqa tillarga tarjima qilinishi zarurligiga amal qilinmagan. Albatta, hech kim taraqqiyotga, rus va ingliz tillarida berilayotgan reklamalarga, xorijlik mehmonlar uchun tushunarli boʻlgan yozuvlarga qarshi emas. Toʻgʻri, xorijiy tillarni oʻrganish hammamiz uchun kerak, bu — davr talabi. Biroq chetdan kirgan soʻzlarni oʻrinsiz ishlataverish til taraqqiyoti uchun aks taʼsir koʻrsatishi mumkin. “Internet”, “kompyuter”, “lizing”, “marketing”, “kollej”, “litsey”, “modernizatsiya”, “fleshka”, “klik” singari leksemalarning tilimizda qoʻllanilishining qonuniy asoslari bor. Ammo bachkana, oʻzbek tiliga hech qachon oʻzlashmaydigan soʻzlarni qoʻllash, ularni oʻz firma va korxonalari nomiga qoʻshish, reklama sifatida foydalanish qaysi qoidalarga toʻgʻri keladi?! «Bistrof», “Shef Burger”, «Chayxana Salom», «Magazin 1001 meloch», «Glavvus» kabi nomlar ona tilimizni boyitish uchun emas, aksincha, siyqalashtirish uchun xizmat qilishdan boshqaga yaramaydi.
Xoʻsh, bu muammoni qanday hal etish mumkin? Agar xorijiy tillardagi soʻzlardan foydalanishga maʼlum bir cheklov qoʻyilsa, oʻz ona tilimizdagi soʻzlardan unumli hamda oʻrinli foydalanishga eʼtibor kuchayardi. Reklama beruvchi yoki reklama agentligi xatolarga eʼtiborsizlik bilan qarasa, uni bartaraf etish uchun hech qanday chora koʻrmasa, fuqarolar kimga shikoyat qilishi mumkin? Xatolarni bartaraf qilish masalasiga bunday eʼtiborsizlik bilan qaragan reklama beruvchi shaxs yoki reklama agentligining xatti-harakatlarini mensimaslik yoki eʼtiborsizlik va past nazar bilan qarash deya taʼriflab, ularni maʼmuriy javobgarlikka tortish mumkinmi?
Yuqoridagi kabi holatlarga qabul qilingan qonun va qarorlardagi kamchiliklar ham sabab boʻlyapti, nazarimizda. Chunki 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasida yozilishicha, “Oʻzbekiston Respublikasi hududida reklama Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida yoki reklama beruvchining xohishiga koʻra boshqa tillarda tarqatiladi”. Shuning uchun ham bizda xorijiy tilda istalgancha reklama berish, istalgan tilda nom qoʻyish avj olgan. “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasidagi “Reklamaning tili”ni “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasi bilan muvofiqlashtirish lozim. Shuningdek, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 8 hamda 9-moddalarida reklama beruvchi yoki tayyorlovchi zimmasiga reklamaning davlat tilida va boshqa tillarda toʻgʻri yozilishi, yaʼni imlo qoidalariga amal qilinishi majburiyatini yuklash zarur, deb hisoblaymiz. Barcha reklama beruvchilar, buyurtmachilar uchun ekspertiza markazining xulosasini olish majburiy boʻlishi, undan soʻng buyurtma bajarilishi kerak. Shundagina bu muammo bartaraf etiladi.
Demak, bu borada ham normativ hujjatlarimizda ayrim kamchiliklar mavjud. Muxtasar aytganda, reklamalarda davlat tilidan foydalanishdagi xatolarning oldini olish “Davlat tili haqida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlar orqali tartibga solinsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi.
G. GʻULOMOVA,
D. RASULMUHAMEDOVA
TDYUU Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari.

Manba: XS.uz


Язык – одно из величайших благ человечества. Нация, развитие общества, процессы истории отражаются, прежде всего, в языке.

В нем отражается жизнь народа, национальная идеология. Язык является важным инструментом управления человеческой деятельностью, поэтому является духовным достоянием народа.
Каждый народ имеет свою национальную культуру, язык, обычаи и ценности. Характер нации выражается в ее родном языке.
Сегодня исполняется 31 год со дня присвоения узбекскому языку статуса государственного. В этот период наш язык был восстановлен, изданы редкие произведения, и наш язык стал распространяться по миру. Самое главное, у наших соотечественников развилось чувство принадлежности к узбекскому языку, независимое мышление и гордость.
Поскольку каждая независимая страна имеет свой государственный язык, естественно, что она стремится к его развитию. Это связано с тем, что наличие у языка статуса государственного является одним из важных условий и требований независимости этого государства.
Государственный язык является официальным языком государства, на котором говорят его граждане. Государственный язык ведет дела в общественной сфере, готовит законы и другие нормативные документы. За прошедшие годы мы стали свидетелями стабилизации узбекского языка как государственного и расширения сферы его услуг. Это действительно положительный момент. В то же время наблюдается тенденция безразличия части граждан к родному языку.
Мы еще не смогли в полной мере реализовать Закон о государственном языке. Почему? Существует много причин для этого. Одна из них заключается в том, что практически нет никаких мер против тех, кто нарушает этот закон. Статья 10 Закона о государственном языке гласит: «На предприятиях, в учреждениях, организациях и общественных объединениях делопроизводство, учет, статистика и финансовые документы ведутся на государственном языке». Если нет, то каков штраф или ответственность? На наш взгляд, сегодня государство должно защищать язык и в этом отношении оно должно подавать пример народу.
По мере того, как внимание к иностранным языкам становилось все более важным в нашей стране, люди начали изучать свой родной язык и другие языки. Многие рекламные объявления, размещаемые в общественных местах, зданиях и сооружениях, а также на объектах торговли и обслуживания, до сих пор содержат множество орфографических и грамматических ошибок. Каждый день, когда мы выходим на улицу, создаются новые здания, парки и аллеи. В такие моменты что-то расстраивает. Это также предисловие, реклама, объявления и языковые ошибки на иностранном языке. На улицах стало сложно найти правильно написанные узбекские тексты, которые становятся все более современными и красивыми.Очень жаль, что нарушаются требования законов Республики Узбекистан «О государственном языке» и «О рекламе». И возникает правильный вопрос: кто несет ответственность за грубые орфографические ошибки, встречающиеся в рекламе и объявлениях? Рекламодатель или рекламное агентство?
Например, на улицах можно увидеть такие вывески, как «Аптека», «Магазин», «Строительные материалы», «Магазин обуви» (образованы смешением узбекского и других языков). К сожалению, при переводе некоторых имён на другие языки получаются слова, противоречащие национальным ценностям и нашей духовности. Это привело к росту неграмотности среди населения. Также в уличной рекламе заглавными буквами пишут такие слова, как «Бухарские шашлыки», «Самса с мясом, с картошком», «Сомса №1». Однако она написана неправильно ни на нашем родном языке, ни на русском. Кроме того, во многих местах на крышах вновь созданных предприятий, организаций, кухонь или производственных помещений пишут «Скоро открытие», «Мы открылись». Вместо этого вы можете написать что-то вроде «Мы начали» или «Мы начали»!
Вы можете привести сколько угодно примеров из водопадов и записей ошибок, подобных этому. Например, на крышах оптовых магазинов написано «оптом». Если записки будут написаны на узбекском языке, в магазин или на кухню никто не войдет? Слова «распродажа», «скидка» и «доставка» также распространены в магазинах, ресторанах и на сайтах, работающих в сфере торговли или услуг. Однако в узбекском языке есть альтернативы этим словам, такие как «скидка», «доставка», «низкая цена».
Орфографические и стилистические ошибки в рекламе распространены в таких объектах, как торговля, бытовые услуги, общественное питание, свадьбы. К сожалению, многие из них называются европейскими именами. Ну хорошо на иностранном языке, а не лучше ли сначала на узбекском, а потом на другом языке?!
Вдобавок ко всему, чтение неправильных текстов в рекламных роликах и рекламе заставит ваше сердце биться чаще. В их узбекских переводах много методологических ошибок. С лингвистической точки зрения, если слово или фраза заимствованы из другого языка, необходимо учитывать исходное значение этого слова или мысли. Игнорирование содержания может негативно сказаться на позиции слова. Требование словоупотребления важно для языка любого народа и должно учитывать все аспекты литературного языка. В противном случае допускается искусственность и неопределенность. В результате значение и смысл слова теряются. К сожалению, такая ситуация часто встречается в переводческой практике.
Сразу,дословный перевод приводит к логическим ошибкам. Во многих случаях не соблюдается статья 20 Закона, которая требует, чтобы заявки сначала подавались на государственном языке, а затем переводились на другие языки. Конечно, никто не против развития, рекламы на русском и английском языках, написания, понятного иностранным посетителям. Правда, изучение иностранных языков необходимо всем нам, это требование времени. Однако неправильное употребление иностранных слов может негативно сказаться на развитии языка. Имеются правовые основания для использования в нашем языке таких лексем, как «интернет», «компьютер», «лизинг», «маркетинг», «колледж», «лицей», «модернизация», «флешка», «щелчок». . Но каковы правила употребления никогда не употребляемых в узбекском языке слов, добавления их к названиям своих компаний и предприятий, использования в качестве рекламы?! Такие названия, как «Быстроф», «Шеф Бургер», «Здравствуй, Чайный Дом», «Магазин 1001 мелочь», «Главвус» служат не только для обогащения родного языка, но и для разжижения.
Так как же решить эту проблему? Если бы существовали определенные ограничения на использование слов в иностранных языках, упор был бы сделан на эффективное и уместное использование слов в нашем родном языке. Кому граждане могут пожаловаться, если рекламодатель или рекламное агентство игнорирует ошибки и ничего не делает для их исправления? Можно ли привлечь к ответственности рекламодателя или рекламное агентство за пренебрежение или пренебрежение действиями рекламного агентства или агентства, допустившего столь неосторожный шаг в исправлении ошибок?
На наш взгляд, вышеуказанные случаи также вызваны недостатками в принятых законах и решениях. Согласно статье 5 Закона «О рекламе», принятого 25 декабря 1998 года, «Реклама на территории Республики Узбекистан распространяется на государственном языке Республики Узбекистан или на других языках по усмотрению рекламодатель». Поэтому у нас много рекламы на иностранных языках, нейминг на любом языке. «Язык рекламы» в статье 5 Закона о рекламе следует привести в соответствие со статьей 20 Закона о государственном языке. Мы также считаем, что статьи 8 и 9 Закона о рекламе обязывают рекламодателя или производителя правильно писать рекламу на государственном и других языках, т.е. соблюдать правила правописания. В обязательном порядке для всех рекламодателей и заказчиков требуется получение заключения экспертного центра, после чего заказ должен быть выполнен. Только тогда эта проблема будет устранена.
Так что в этом отношении в наших нормативных актах есть некоторые недостатки. Вкратце,Было бы целесообразно предотвратить ошибки в использовании государственного языка в рекламе путем регулирования Закона о государственном языке и Закона о рекламе.
Г. ГУЛОМОВА,
Д. РАСУЛМУХАМЕДОВА
Доцент кафедры узбекского языка и литературы Ташкентского государственного университета.

Источник: XS.uz.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: