Bolalar nafaqasini tayinlash tartibi qanday?

Bolalar nafaqasini tayinlash tartibi qanday?

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi.

Qonunchilikka ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabrdan:
➖ 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (bolalar nafaqasi) joriy etiladi.
Bolalar nafaqasini tayinlashda:

•  inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;

•  to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;

•  uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llaniladi.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.
Yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
Moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.


Будут введены детские пособия для малообеспеченных семей.

Согласно законодательству с 1 сентября 2021 года:
➖ Вместо пособия семьям, имеющим детей до 14 лет, и пособия по уходу за ребенком до 2 лет вводится пособие на ребенка (детское пособие) для малообеспеченных семей.
При определении алиментов:

• Возраст подходящих детей будет увеличен с 14 до 18 лет;

• период оплаты увеличен с 6 до 12 месяцев;

• Применяется порядок определения его размера исходя из количества детей в семье.

Ежемесячная сумма алиментов:
250 000 сумов — на одного ребенка от 3 до 18 лет, 325 000 сумов — на одного малолетнего ребенка до 3 лет;
150 000 сумов – дополнительно на второго ребенка в семье;
От 100 000 сумов – на каждого третьего и последующего ребенка в семье.
Материальная помощь оказывается одиноким гражданам, бездетным или малообеспеченным семьям, имеющим всех детей старше 18 лет.
Ежемесячная сумма материальной помощи — 380 000 сумов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Alimova Kamola Muxamedovna

    Ассалому алайкум бола пулини 1йил давомида ололмаяман янна кимга мурожат килсам болади 2021йил углим тогилган

  2. Surayyo Turdialiyeva

    Assalomu alaykum!
    Men 3 nafar farzandimga iyun oyidan boshlab bola puli olaman. Iyul oyida 4 chi farzandim tug‘ildi. Hujjat taxlab mahallaga topshirdim. Haliyam 4 chi farzandim uchun pul chiqmayapti.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: