Aliment nima uchun to‘lanadi yoxud bolalar kelajagini sotib olish mumkinmi?

Aliment nima uchun to‘lanadi yoxud bolalar kelajagini sotib olish mumkinmi

Yoshligimda do‘stimning ota-onasi ajralgani haqida eshitgandim. Uning boshqa tengdoshlarimiz bilan chiqishib ketishi qiyin bo‘lardi. Keyinchalik eshitishimizcha, uning o‘gay otasi bu «tekintomoq» uchun o‘zining otasi tomonidan aliment pullari berilayotgani sababli ona-bolani kaltaklayotgan ekan.
Bugun bunga o‘xshash voqealarni ko‘p uchratamiz. O‘tgan yil dekabr oyida Oliy Majlis quyi palatasi deputatlari tumanimizga tashrif buyurdi. Ular aynan ajrim masalasiga e’tibor qaratdi. Deputatlarning aholi bilan uchrashuvlarining birida qatnashdim. Ancha odam to‘plandi, uchrashuv qizg‘in ruhda, muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Uchrashuv so‘nggida bir bola deputatlarning birini etagidan tutib:
— Iltimos, mening ayamni olib kelib beringizlar, — dedi.
Hamma hayron. Mahalla raisidan so‘ralganda ularning ota-onasi ajralgani ma’lum bo‘ldi. Uchrashuv tugadi, hamma tarqaldi. Shu kuni kechga yaqin deputatlar bilan hokimlik binosida uchrashib qoldik, men o‘sha voqea haqida so‘radim. Ular holatni o‘rganib, ota aliment to‘lashdan qochib, bolani o‘z uyida olib qolgani haqida gapirdi.
Taajjublanasan kishi. Yaqinda MIB tuman bo‘limida bir ota o‘z qizi uchun 15 million so‘m pul berayotganiga guvoh bo‘ldim. Ona esa pullarni olgach, farzandining tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish o‘rniga “uning kelajagi» uchun ishlashga chet elga ketdi…
Ota mehridan mosuvo bu farzandlar ona e’tiboridan ham mahrum bo‘layotgani, bu mavzuga kengroq yondashuvni talab etmaydimi? Yoki to‘lanayotgan aliment pullar ertamiz egalari bo‘lmish farzandlarimizning baxtli bo‘lishi uchun yetarli bo‘lsa, bu pullar ota yo ona mehrini bera oladimi?

Manba: Zarnews.uz


Когда я был маленьким, я услышал, что родители моего друга развелись. Ему было бы трудно ладить с другими сверстниками. Позже мы узнали, что его отчим бил мать и ребенка за то, что отец платил алименты.
Сегодня мы видим много подобных вещей. В декабре прошлого года наш район посетили депутаты нижней палаты Олий Мажлиса. Они сосредоточились на вопросе развода. Я присутствовал на одной из встреч депутатов с населением. Собралось много людей, встреча была оживленной и насыщенной дискуссиями. В конце собрания мальчик схватил одного из депутатов за юбку и сказал:
«Пожалуйста, приведите мою тетю,» сказал он.
Все удивлены. На вопрос мэра выяснилось, что их родители развелись. Собрание закончилось, все разошлись. Вечером того же дня мы встретились с депутатами в мэрии, и я спросил их об инциденте. Они разобрались в ситуации и сказали, что отец уклонился от уплаты алиментов и забрал ребенка домой.
Тааджубланасан мужчина. Недавно я был свидетелем того, как в районном отделении МВД отец передал дочери 15 миллионов сумов. Получив деньги, мать уехала за границу работать на «свое будущее» вместо того, чтобы сосредоточиться на воспитании ребенка…
Не требует ли тот факт, что эти дети лишены материнского внимания без любви отца, более широкого подхода к этому вопросу? Или если алиментов достаточно, чтобы осчастливить наших детей, будущих владельцев, то могут ли эти деньги дать родительскую любовь?

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: