Bolalar bog‘chasini ochish tartibi qanday?

Bolalar bog‘chasini ochish tartibi qanday?

Savol: Bolalar bog‘chasini qurish uchun nimalar qilish kerak, 12 sotiq ko‘chmas mulk bo‘sh yer bor

YURIST JAVOBI:

Prezidentning “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilinganidan keyin davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bolalar bog‘chalari ochish uchun qator imtiyozlar berila boshlandi.

Quyida imtiyozlardan qanday foydalanish va ishni nimadan boshlash, bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlardan qanday o‘tish haqida tushuncha berishga harakat qilamiz.

Dastavval, bolalar bog‘chasi barpo etish uchun mos keladigan bino yoki yer uchastkasini topish zarur.

Bo‘lg‘usi bolalar bog‘chasining loyihasi bo‘lishi ham zarur shartlardan biri sanaladi. Nomzod loyiha summasining 25%idan kam bo‘lmagan miqdorda sof aktivlarga ega bo‘lishi yoki xuddi shuncha summaga uchinchi shaxsning kafolatini taqdim etishi zarur. Bu bilan u o‘zining moliyaviy jihatdan layoqatli ekanini tasdiqlagan bo‘ladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida mamlakatimiz bo‘ylab 3 000 dan ortiq nodavlat MTM qurilishi va yuzlab bolalar bog‘chalari rekonstruksiya qilinishi ko‘zlangan. Ushbu loyihalar bo‘yicha xususiy sheriklarni izlash maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tanlov va tenderlar e’lon qiladi. Agar xususiy sherikning o‘z loyihasi bo‘lmasa, Vazirlikning e’lonlarini kuzatib borib, ular orasidan o‘ziga mos loyihani tanlab olishi mumkin bo‘ladi.

Qolaversa, nomzodning soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lmasligi zarur. Buni tasdiqlovchi hujjat ariza yoziladigan kundan bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida olingan bo‘lishi darkor. Korxonasi bankrotlik, tugatilish bosqichida bo‘lgan nomzodlar, mol-mulki xatlangan shaxslarning arizasi ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza bilan Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmasiga murojaat etiladi.

Arizada, shuningdek:

yuridik shaxslar uchun – xususiy hamkorning nomi va joylashgan joyi;

jismoniy shaxslar uchun – shaxsiy ma’lumotlar va yashash joyi;

loyihani amalga oshirish maqsadi;

loyiha joylashadigan ob’ekt yoki yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

Ariza Maktabgacha ta’lim vazirligi va viloyat yoki shahar hokimligi, Davlat raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi. Ijobiy yoki salbiy javob 10 kun ichida berilishi lozim. Agar arizada kamchiliklar bo‘lsa, “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom” talablariga javob bermasa, u tegishli qaydnoma bilan egasiga qaytariladi.

Unda aniqlangan kamchiliklar to‘liq ko‘rsatilishi va xususiy sherik kamchiliklarni bartaraf etib, so‘ngra arizani qayta topshirishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilishi kerak. Ammo bu muddat 10 ish kunidan kam bo‘lgan muddatni tashkil etishi mumkin emas. Arizani qayta ko‘rish uchun yig‘im undirilmaydi. Qayta topshirilgan ariza 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Davlat qanday yordam beradi?

1) Davlat budjetidan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablag‘ ajratiladi. Biroq ushbu mablag‘ bir tarbiyalanuvchiga ketadigan xarajatlarning 50%idan ko‘p bo‘lmasligi zarur.

2) Kelishuv “moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash” sharti bilan tuzilgan bo‘lsa, rahbarlar va mutaxassislarga oylik ish haqi to‘lash bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘larni davlat budjetidan olish mumkin bo‘ladi.

3) Inshootlarni ta’mirlash, o‘quv anjomlarini xarid qilish uchun ham imtiyozli kreditlarni olish mumkin.
Davlat tomonidan sherik bo‘lgan tashkilot kreditlarni olishga ko‘maklashishi darkor.

4) Soliq imtiyozlaridan tashqari belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha mamlakatimizga olib kelinadigan uskunalar, jihozlar, o‘quv qo‘llanmalari uchun bojxona imtiyozlari taqdim etiladi.

Shuning uchun maktabgacha ta’lim vazirligi yoki Davlat raqobatni rivojlantirish qo‘mitasiga yozma murojaat qilishingizni tavsiya qilgan bo‘lardik.


В: Что делать, чтобы построить детский сад, 12 соток недвижимости пустует

ОТВЕТ ЮРИСТА:

После обнародования Указа Президента «О мерах по дальнейшему стимулированию и развитию системы дошкольного образования» введен ряд стимулов для открытия частных детских садов на основе государственно-частного партнерства.

Вот как собрать его для использования в вашем саду.

В первую очередь необходимо найти подходящее здание или земельный участок для строительства детского сада.

Одним из обязательных условий является наличие проекта будущего детского сада. Кандидат должен иметь чистые активы в размере не менее 25% от суммы проекта или предоставить гарантию третьей стороны на ту же сумму. Таким образом, он доказывает, что у него есть финансовые возможности.

Государственно-частное партнерство предусматривает строительство более 3000 негосударственных МТК и реконструкцию сотен детских садов по всей стране. Министерство дошкольного образования объявляет конкурсы и конкурсы по поиску частных партнеров для этих проектов. Если у частного партнера нет своего проекта, он сможет следить за объявлениями Министерства и выбирать из них наиболее подходящий проект.

Кроме того, у кандидата не должно быть задолженности по налогам, сборам и другим обязательным платежам. Доказательство этого должно быть получено не позднее одного месяца с даты подачи заявления. Кандидаты, чей бизнес находится в процессе банкротства, ликвидации, конфискации имущества рассматриваться не будут.

Заявление подается в региональное отделение Министерства дошкольного образования.

Приложение также включает в себя:

для юридических лиц — наименование и местонахождение частного партнера;

для физических лиц — персональные данные и место жительства;

цель проекта;

информация о проектной площадке или земельном участке, на котором расположен проект.

Заявка будет рассмотрена совместно с Министерством дошкольного образования и областным или городским правительством, Государственной комиссией по развитию конкуренции. Положительный или отрицательный ответ должен быть дан в течение 10 дней. При наличии недостатков в заявке, если она не соответствует требованиям «Положения о государственно-частном партнерстве в сфере дошкольного образования», она будет возвращена правообладателю с соответствующим счетом.

Он должен включать полное описание выявленных недостатков и период времени, в течение которого частный партнер может исправить недостатки, а затем повторно подать заявку. Однако этот срок не может быть менее 10 рабочих дней. Плата за рассмотрение заявки не взимается. Повторно поданное заявление будет рассмотрено в течение 10 дней.

Как государство помогает?

1) Государственный бюджет выделяет средства на покрытие части расходов. Однако эта сумма не должна превышать 50% стоимости на одного студента.

2) При заключении договора на условии «материально-финансового обеспечения» возможно получение дополнительных средств из государственного бюджета на выплату заработной платы руководителям и специалистам.

3) Также возможно получение льготных кредитов на ремонт помещений, приобретение школьного инвентаря.
Государственный партнер должен помочь вам получить кредит.

4) Помимо налоговых льгот предоставляются таможенные льготы на оборудование, приборы, учебники, ввозимые в страну по утвержденным в установленном порядке спискам.

Поэтому мы рекомендуем вам обратиться в Министерство дошкольного образования или Государственную комиссию по развитию конкуренции в письменной форме.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 13
  1. Dilova Dilnoza

    Assalomu alaykum men Navoiy shaxar karmana tumani kuxna qurgon maxallasida yashavchi fuqaro Dilova Dilnoza Obidovna bulaman sizga shuni ma,lum qilamanki bizning maxalla katta bogcha yuq men 1 yildan beri xarakat qilaman bogcha ochaman deb joy masalasi juda qiyin bulib qoldi xattoki auksion oraali ham joy yuq emish xokimlar yordam bermayapdi iltimos yordam beringlar

  2. Shamuradova sh Qoraqalpogʻiston respublikasi

    Avvalambor assalomu alaykum men qoʻshni mahallada bogʻcha ochib aholi bolalarni tarbiyalashga oʻz hissamni qoʻshmoqchi edim, katta mahalla boʻlishiga qaramay u yerda maktabgacha taʼlim muassasalari yoʻq, juda passiv holatda, men shuni rivojlantirishni rejalashtiryapman
    Yoshim 20 da menga qanaqa maslahat bera olasizlar nima qilsam boʻladi javob kutib qolaman oldindan rahmat

  3. Abdullayeva Ruxsora

    Assalomu alaykum men Samarqand viloyati paxtachi tumanida istixomat qilaman men Logoped bog‘chasini ochish uchun nimalar qilishim kerak maslahat berib amaliy yordam qilishingizni so‘rayman

  4. Mirzaeva Hilola

    Men Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqar mahallasida istiqomat qilaman. Mahallamizda 7 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shundan 2 minga yaqini bog‘cha yoshidagi bolalar bo‘lib, mahallamizda bor yo‘g‘i bitta uy bog‘chasi 25 ta tarbiyalanuvchisi bilan faoliyat yuritadi. Bizning hozirda bo‘sh turgan uyimiz bo‘lib o‘sha uydan uy bog‘cha tashkil etish istagim bor edi. Hozirda tumanimiz mutasaddilari buni iloji yo‘qligini kutishim kerakligini aytishmoqda. Iltimos yordam beringlar!

  5. Madashova Shaxrizoda

    Assalomu alaykum men Jizzax viloyati Forish tumanida istiqomat qilaman mening yashash joyimda hozrda maktabgacha talim sohasida hech qande tashabus yoʻq va hech qande bogʻchalar faoliyat yuritmaydi.. yoshim 21 da meditsina yoʻnalishida kollejni tugatganman va hozrda instutda sirtqi yoʻnalishda tahsil olaman qishlogʻimizdagi maktabda bogʻcha ochmoqchi eddim shunga menga qande maslahatlar beraolaszlar yoki yoʻl yoʻriq koʻrsata olaszlarmi ???

  6. Lutfiya Erkinovna

    Hozirda uy bog‘chalini ochish taqiqlandimi?

  7. шухрат рахмонов

    ўз шахсий хонодонида яшаб турган оила хонодонини богча қилса болалар шовқини бемор инфаркт ўткагзан қўшнига ёқмаса нима қилиш керак

  8. Аноним

    Assalomu alekum
    Man xususiy boxcha ochmoqchi edim buning uchun diplom bolishi kerakmi

  9. Jaxongir

    Assalomu aleykum, man uy bog‘cha tashkil qilmoqchi edim, ariza tashladim, ammo natija 10 kunda kelishi kerak edi, 10 kundan oshsa ariza muddati o‘tib qolmaydimi, 9-yanvarda jo‘natgan edim, SES, FVV, arizani ijobiy baholadi

    1. Abdullajon

      Salom yaxshimisiz boxcha ocholdizmi men xam ochmoqchidim

  10. Dildora .

    Assalomu alaykum yaxshimisiz.man uy bogʻcha ochmoqchi edim maʼlumotim oliy,ishni nimadan boshlashim xaqida yul yutuq kursata olasizmi

  11. Ismigul

    Assalom alekum men uy bog’cha ochmoqchi edim bizdi mahallamizda bog’cha yoq ota onalar qiynalyapdi taklif kirityapdi ochilsin deb
    Nima hujjatlar qilsam bo’ladi

    1. Dilfuza

      Salom men uy bogcha ochmoqchiman nima xujatlar kerak

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: