Bayroq haqida sara she’rlar to’plami

Bayroq haqida sara she’rlar to’plami
Telegramda o'qish

18-noyabr bayroq qabul qilingan kun tadbiri uchun bayrog’imiz haqida jarangdor she’rlar to’plamini qabul qiling.

Eslatib o’taman, saytimizda bayroq qabul qilingan kunni nishonlash uchun yozilgan bir necha senariylar bor, senariylarni yuklab olish uchun ushbu sahifaga o’ting. Sizga bayroq haqida qo’shiqlar kerak bo’lsa mana bu sahifaga joylaganmiz.

 

Istiqlol bayrog’i

Ona yurtim jon yurtim

Hur O’zbekiston yurtim

Istiqlol bayrog’ini

O’pib yuzimga surtdim.

 

O’zbekiston bayrog’i

Ko’kda hilpirar mag’rur , O’zbekiston bayrog’i

Dillarga solar g’urur, O’zbekiston bayrog’I

“O’z bayrog’im ” deb xalqim, Dilda qilar iftixor

Undagi har bir rangning, O’z ramzi, ma’nosi bor.

 

Bayroq ranglariga she’r

Oq rang:

Men-chi oq rang bo’laman

Vazifam-doim tinchlik

Timsolim-soflik,poklik

Orzu va xayollar bilan

Intilishim ichki go’zallik

Moviy rang:

Men moviy rang bo’laman

Bayroqdan joy olganman,

Tiriklik,mangu osmon

Obihayot ramziman

Donishmandlik,halollikni

Yaxshilik sadoqatni

O’zimda aks etganman.

Amir Temur ruhini

Doimo shod etgayman.

Yashil rang:

Bayroqdagi yashil rang

Tabiat yangilanishi

Ko’pgina xalqlarda esa

Umid va shodumonlik

Qizil chiziq:

Qizil chiziqlar esa

Vujudda oqayotgan

Hayotiy irmoqlarni

Jo’shishidan berar darak.

Oy:

Men bilan tarix bog’liq

Ayni paytda esa men

Sizlarga muhim bog’liq

Mustaqillik ramzi ham.

Yulduz:

O’zbek xalqi qadimiy

Madaniyat beshigi

Tuprog’ida saodat

Komillikdir eshigi.

 

Bayrog’imiz dunyo uzra

Xalqim orzu niyati

Dilga quvonch soladi

Bayrog’imiz dunyo uzra

Yurtga dovrug’ soladi

 

Mo’tabar bayrog’im

Bayroqdagi 4 xil rang

Hamohangdir birlikda

Bir-birini to’ldirar

Maqsad sari tenglikda

Havo rang tinchlik demak

Oq-rangdir-poklik ramzi

Yashil-yashnagaydir el

Qizil rang hayot ramzi

Yulduzlar doimo sirli

Ma’nolarni so’zlaydi

12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydi

Yangi chiqqan to’lin oy

Har ko’zni o’zga chorlar

Duoga ochamiz qo’l

Dilga nur,poklik solar

12 baxt yulduzi

O’ziga xo’p yarashar

Unda dunyo xalqlari

Havas bilan qarashar.

Mustaqil yurt deb atar

Yer yuzining har yog’i

Bizga juda mo’tabar

O’zbekiston bayrog’i.

 

Bir bayroq ostida

Hurlikni ulug’lab hilpirar mag’rur

O’zbek iftixori vatan bayrog’i

Yashaydi millatlar do’st-inoq masrur

Sajdagoh makondir oltin tuprog’i

Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon

Murodli manzilga aziz xalqini

Ko’rsam der yurtini jannatiy makon

Bag’ishlab eliga umri qalbini.

Kechdi bu zamindan Manguberdilar

Kubrolar,Temurlar shavkati-shoni

Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt

Bir bayroq ostida yashnadi zamon

Istiqloldan keyin ajdodlar tug’in

Yangiladik ne tong erk bo’ldi qarov

Balqdi tantanavor boshimiz uzra

Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.

 

Bayrog’imda

Vatanim shon-shuhrati,

Salohiyat, qudrati,

Mustaqillik nusrati

Aks etgan Bayrog‘imda,

Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.

Ranglarining ma’nosi,

Xalqning ruhi, navosi,

O‘zbekiston havosi –

Aks etgan Bayrog‘imda,

Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.

Men shu Vatan erkasi,

Men shu Vatan ertasi.

Alpqomat yelkasi –

Aks etgan Bayrog‘imda,

Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da!

 

Millat bayrog’i

Qora o’tmish qoldi ortda,

Dorilomon kunlar yurtda,

Mehr-ko’zda,muhabbatda,

Porla,Millat bayrog’i!

Osmon to’la yulduz-oppoq,

Bir-biridan chaqnoq biroq-

12 si eng yarqiroq,

Porla,Millat bayrog’i!

Mangulik hur yo’lidasan,

O’zgidasan,so’lidasan.

Ozod xalqning qo’lidasan

Porla,Millat bayrog’i

 

O’zbekcha bayroq!

Vatan siynosini ifoda etib

Ko`kda hilpiraydi o`zbekcha bayroq

Hilol oy yulduzlar va to`rtta rangi

Moviy qizil,yashil hamda oq

Harbiri o`zgacha mano kasb etib

G`urur iftixrla tilga kiradi.

O`zida yashirin sirli hilqatni

Navbatma navbat ochib beradi.

Moviy rang tiriklik yashash imkoni

Beg`ubor osmon –u halollik ramzi

Agarki bilsangiz shu rangda edi

Temur davlatining bayrog`i rangi

Sadoqat yashirin unda begumon

SHon shuxrat yaxshilik bari jamuljam

Unda tavof aylab ko`zlarga surtsak

Dunyolar ichida bo`lmasmiz hech kam.

Oq rangda aks etgan poklik va soflik

Orzu va xayollar charag`onligi

Tinchikday muqaddas qo`rg`onimiz u

O`zbekistondek yurtim faravonligi

Koinot yurtiday zaminimizni

Mehrdan yog`ilar qalblarda chiroq

Mehrla asrasak o`z elimizni

Soli nar g`animlar qalbiga titroq

YAshil rang uyg`onish yasharish demak

YAshillik yarashar go`zal bo`stonga

Navqiron umidli shodumon yoshlar

Timsoli ko`rk berar O`zbekistonga

 

Yurtim bayrog’i

uzra hilpiraydi bayrog`im

Senga boqsam chaqnar ko`zim qarog`im.

Moviy,yashil,oppoq erur ranglari

Qizil chiziq tomirdagi qonlari.

Osmonimiz bo`lsin moviy musaffo

Poyi uzra yashil vodiylar paydo.

Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,

Oy yulduzlar shu`lasini porlatib

Halpirayver ona yurtim bayrog`i

Sen erursan yuraklarining ardog`i

 

Vatan bayrog’i

Sog’insak boqamiz

Moviy rangini

Yulduzlar eslatar

O’z osmonimizni

Oy ham yangidan

Bayroqqa payvanddir

Bizning jonimiz

Bunda hindu arab

Hatto bor hakas

O’zbekiston desak

Qilishar havas

Farangu olmondan

Do’stlarim talay

Mening bo’ylarim ham

Undan kam emas

Bilaman dunyoda

Vatanlar ko’pdir.

Har birin o’z yori

Border o’z nomi.

Jo’marddan deganing

Armoni yo’qdir,

Bayroqdan boshlansa

Vatan salomi

Balki bu so’zlarim

Sodda, odmiroq

E’tibor bermaymiz

Ba’zan o’zimiz

Bayrog’imiz doim

Bizdan jidinroq

Dunyoga tanitar

Yorug’ yuzimiz

 

Hilpilla bayrog’im!

Yellar-la hilpilla, bayrog‘im,

Viqor-la silkilla, bayrog‘im!

Qulama, yiqilma, egilma,

Olamga qut ula, bayrog‘im!

 

Qo’limda bayroq

Moviy, yashil, oq,

Qo‘limda bayroq,

Yuguraman shod,

Vatanda ozod!

Shamolda g‘ir-g‘ir,

Hilpiraydi hur.

Dilim shoshadi,

Zavqim toshadi.

Ona tabiat

Va jo‘shqin hayot,

Musaffo osmon,

Tomirimda qon.

Pok orzularim,

Jam bo‘lgan bari.

Boshla mayog‘im –

Vatan bayrog‘i!

she’rlarni yuklab olish

Ushbu taqdim etilgan she’rlarni telegramdagi kanalimizning ushbu manzilida PDF shaklida yuklab olishingiz mumkin.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Комментарии: 4
  1. Mihsin

    Manga yoqmadi

    1. Nigina

      Juda yoqdi manga :idea:

  2. Zo‘r

    :idea: :idea:

  3. комусим

    олимжонова робия

Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: