Birinchi jinsiy saboqlar

Birinchi jinsiy saboqlar

Jinsiy tarbiyaning asosiy vazifasi yosh avlodni zurriyot qoldirish sir-asrorlaridan xabardor etishdir.

Hozirgi kunda ko‘p bolalarda jinsiy balog‘atga ertaroq yetish jarayoni kuzatilmoqda. Qizlarda bu jarayon taxminan 9 yoshdan, o‘g‘il bolalarda 11 yoshdan boshlanib, tarbiya berishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Jinsiy tarbiyaning birinchi bosqichi bolalarni erta balog‘atga yetishga olib boradigan omillardan himoya qilishga yo‘naltiriladi.
Jinsiy tarbiyaning ikkinchi bosqichi bolaning balog‘atga yetgan davridan boshlanadi. Jinsiy balog‘at tegishli a’zolar biologik jihatdan yetilgan, nasl qoldirishga qodirligidan darak beruvchi o‘zgarishlar paydo bo‘ladigan davrdir. Aynan mana shu davrdan bolaning jinsiy tarbiyasiga alohida e’tibor berish lozim.
Jinsiy tarbiya umumaxloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. U, ba’zilar o‘ylaganidek, farzand balog‘atga yetganidan emas, murg‘aklik davridanoq boshlanadi. Mashhur olim A. Kinzining kuzatishicha, jinsiy hissiyotlarga o‘xshash his-tuyg‘ular kurtaklari qizlarda ilk bor 4 oylikdan, o‘g‘il bolalarda esa 5 oylikdan boshlanar, xuddi kattalar organizmidagi fiziologik o‘zgarishlarga o‘xshab ketar ekan.
Olimlar e’tirof etishicha, quyidagi sabablarga ko‘ra, bola jinsiy tarbiyasini olib borishda qiyinchilik tug‘iladi:
1. Bir yarim-ikki yoshdan oshgan bolalar ko‘rganlarini eslab qolishi mumkin. Ayrim ota-onalar buni tushunmaydi. Shuning uchun farzandi ko‘z o‘ngida jinsiy xatti-harakatlardan tiyilish zarurligini bilmaydi.
2. Bola tug‘ilgandanoq uning jinsiy a’zolarini toza tutish lozimligi yoddan ko‘tariladi. Zero, jinsiy gigiyenaga rioya qilmaslik tashqi jinsiy a’zolar bulg‘anishiga olib keladi. Unga yuqumli manba tushishi kasallik keltirib chiqarishi mumkin.
3. Ko‘pchilik ota-onalar bolalarini haddan ziyod erkalatib qitiqlash, orqasiga shapatilab urish, me’yoridan ortiq bag‘riga bosib o‘pish xatarli ekanini anglab yetishmaydi.
4. Bola uyqu oldidan kakao, shokolad kabi zo‘riqtiruvchi ovqatlarni ko‘p iste’mol qilishi, velosipedda uzoq yurishi, o‘yinchoq otlarni ko‘p minishi ham shunday sezgilar uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. Ammo bu, “Kichkintoylarga o‘yinchoq o‘ynashni ta’qiqlab qo‘yish kerak” degani emas. Bolada o‘yinchoqlarga qiziqish uyg‘otish bilan birga, ularni o‘z vaqtida almashtirib turishni ham unutmaslik zarur.
“Pampers” kabi tagliklar gigiyenik toza, issiqni ushlaydi. Bu, qizlar uchun juda qulay. Ammo bunday tagliklarning o‘g‘il bolalar jinsiy rivojlanishiga salbiy ta’siri bor. Qolaversa, ota-onalar yotoqxonalari farzandlaridan alohida bo‘lishi, bolalarda ota-onalar jinsiy yaqinlashuvi to‘g‘risida tasavvur ham bo‘lmasligi lozim.
Ayrim ota-onalar “Tushunmaydi-ku”, deb bolasi oldida nojoiz harakatlar qiladi
yoki “Bitta nosvoydan ber!” deb olatchasiga qo‘l tekkazadi. Bu ish xatarli. Chunki dumba, qorin pasti, lab hirsiy-shahvoniy hudud sanaladi. Bunday qilish bolada ilk tuyg‘ular uyg‘onishiga olib boradi.
Farzandi har jihatdan sog‘lom bo‘lishini istagan ota-ona o‘z tanasini har xil zahri qotillardan bangilik, piyonistalik, zinokorlikdan pok tutadi. Zotan, ota-onalar Allohdan solih farzand so‘rash bilan birga o‘zlari ham parhezkorlikka amal qiladilar. Turli jirkanch illatlardan yiroq yurish sog‘lom turmush tarzining asosi bo‘lib, urug‘ning turli dardlardan xoli tarzda ona vujudida qaror topishini ta’minlaydi.
Bola 16-17 yoshga chiqqanida shahvoniy tuyg‘ulari ustuvor bo‘lgani uchun eng xatarli davr sanaladi. Bu paytda tananing turli qismlarida tuklar paydo bo‘ladi. Ota-onalar aynan mana shu davrda hushyor bo‘lishlari kerak. Bu yoshda nazoratsiz qoldirilgan, bekorchi har qanday yosh yigit-qiz shahvoniy iskanjaga tushishi xavfi bor. Nomusga tajovuz qilish kabi jinoyatlar ham aynan mana shu yoshda ko‘p uchraydi. Buni e’tibordan chetda qoldirmaslik talab etiladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: