Maktab oshxonasi xodimlari qanday tibbiy-gigiyenik talablarga amal qilishi lozim?

Maktab oshxonasi xodimlari qanday tibbiy-gigiyenik talablarga amal qilishi lozim?

“Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, ta’lim muassasalari ovqatlanish oshxonalari xodimlari tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tish va kasbiy gigiyenik tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar quyidagicha:

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida xodimlar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi uchun oshxonada sharoitlar yaratilishi kerak.

Qo‘l yuvish uchun barcha ishlab chiqarish sexlarida issiq va sovuq suvlar o‘tkazilishi, ularni aralashtirish moslamasi bo‘lgan chanoqlari o‘rnatilishi zarur.

Alohida sovun va shaxsiy yoki bir martalik sochiqlarni qo‘yadigan joy bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish vannalarida qo‘llarni yuvish mumkin emas.

Ovqatlanish oshxonalarida xodimlar uchun mo‘ljallangan maxsus ish kiyimlarini markazlashgan holda yuvishni tashkil qilish kerak.

Shamollash yoki oshqozon-ichak kasalliklari bezovta qilganda, o‘z oilasida ichak infeksiyalari bilan xastalanish qayd etilgan barcha holatlarda, shuningdek, yiringli yaralar, kesilishlar, kuyishlar haqida ishchi ma’muriyatni ogohlantirishi kerak va tibbiy yordam uchun murojat qilishi lozim.

Ichak infeksiyalari, terining yiringlashi, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bo‘lsa, biror joyi kuygan yoki kesilgan bo‘lsa, vaqtincha ishga qo‘yilmaydi. Faqat tuzalganidan so‘ng, tibbiy ko‘rik va shifokor xulosasiga qarab ishlashiga ruxsat beriladi.

Oshxona birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun aptechka bilan ta’minlanishi zarur.


Согласно «Санитарным правилам, нормам и гигиеническим нормативам организации питания обучающихся в общеобразовательных средних, средних специальных, профессиональных учебных заведениях», соблюдение правил личной гигиены, профилактические требования к медицинскому осмотру и обучению профессиональной гигиене следующие: следует:

В целях предупреждения возникновения и распространения инфекционных заболеваний среди обучающихся в образовательных учреждениях на кухне должны быть созданы условия для соблюдения работниками правил личной гигиены.

Для мытья рук необходимо обеспечить горячую и холодную воду во всех производственных цехах, установить умывальники со смесительными устройствами.

Должно быть отдельное место для мыла и личных или одноразовых полотенец. В производственных ваннах нельзя мыть руки.

Необходимо организовать централизованную стирку спецодежды, предназначенной для работников кухонь общественного питания.

Во всех случаях кишечных инфекций в семье, а также при гнойных ранах, порезах, ожогах работник обязан уведомить администрацию и обратиться за медицинской помощью при беспокоящих насморке или желудочно-кишечных заболеваниях.

При наличии кишечных инфекций, нагноений кожи, воспалительных заболеваниях верхних дыхательных путей, если где-то есть ожог или порез, к работе временно не допускается. К работе его допустят только после выздоровления, после медосмотра и заключения врача.

Кухня должна быть оборудована аптечкой первой помощи.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: