Sertifikat soxta bo‘lsa qonunchilikda qanday javobgarlik bor?

Sertifikat soxta bo‘lsa qonunchilikda qanday javobgarlik bor?

O‘qituvchi tomonidan oligan sertifikat soxta ekanligi aniqlansa, qonunchilikda qanday javobgarlik bor?

Ma’lumki, ayni vaqtda o‘qituvchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida umumta’lim fanlari buyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tizimi joriy qilingan.

Ayrim holatlarda «uddaburon» shaxslar tomonidan mazkur sertifikatlarni soxtalashtirib, o‘qituvchilarga ma’lum bir mablag‘ evasiga pullash holatlari ham kuzatilishi mumkin. Ammo, bunday harakat uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan.

❕Shuni unutmaslik lozimki, o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan sertifikatlarning haqqoniyligiga sertifikat egasi shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Agar qalbaki sertifikatlar aniqlanadigan bo‘lsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga asosan sudga murojaat qilishi va aybi isbotlangan holatda eng kamida ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

❗️Muhim eslatma: Jinoyat kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalangan shaxslar — 15 mln so‘mdan — 30 mln so‘mgacha jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Ustama beriladigan sertifikatlar ro’yhati

Sertifikat haqida hazil maqollar (o‘qituvchilar uchun)

Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: