Tarbiyaning turli uslubi bor: to‘g‘risi qaysi?

Tarbiyaning turli uslubi bor to‘g‘risi qaysi?

Men yaqindagina guvoh bo‘lgan manzara: onasi bilan do‘konga kirgan 2-3 yoshlardagi bolacha oyoqlarini erga urib yig‘ladi: «mana shuni olib berasiz, dedimmi, olib berasiz!» Ona esa atrofdagilardan xijolat bo‘lib, o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi: «Voy, qara, mana bu xola doktor ekan, hozir senga ukol qiladi». Bola bir fursat menga xavotir bilan qaradi-da, doktorga o‘xshata olmagach, yana baqirishda davom etdi. «Uyga boraylik, senga konfet beraman», avrashga tushdi ona…

Tarbiyaning turli uslublari bor: kimdir bolasiga yaxshi ish qilishi uchun nimadir olib berishga va’da bersa, boshqa ona esa uni qo‘rqitishdan nariga o‘tmaydi.

Bolaga «pora» berish

«Aytganimni qilsang, konfet olib beraman»

Maktabgacha yoshdagi bola o‘zini yaxshi tutishi uchun ota-ona konfet, mashina yoki yana nimadir olib berishni va’da qilishadi. Maktab yoshidagilarga esa yaxshi o‘qishi, «besh» baho olishi uchun «pora» berishadi.

Muammo qaerda?

Bu uslubning samaradorligini hech kim inkor eta olmaydi. Ammo uni tarbiyaviy ahamiyatga ega uslub deb bo‘lmaydi. Moliyaviy haq evaziga barpo bo‘layotgan bu tarbiya usuli bolada oilaviy munosabatlar haqida noto‘g‘ri xulosa shakllantirishga olib keladi. Bu uslub oilada emas, ish uchun foydali. Oilaviy munosabatlar esa boshqa omillar ustida qurilishi kerak. Farzandingizni shu uslubda tarbiyalasangiz, undan yaqinlariga yordam berish, do‘stlik, beg‘araz yaxshilik qilish kabi fazilatlarni kutmasangiz ham bo‘ladi. Chunki u kichikligidan har bir yaxshi harakatlari uchun moliyaviy mukofot olib ulg‘aymoqda.

Qanday bo‘lishi kerak?

Albatta bolani mukofotlab, maqtab turish kerak. Ammo yaxshi ishning avvalida haq va’da qilish to‘g‘ri emas. Uning o‘rniga, masalan, o‘quvchi fazandingiz chorakni yaxshi baholar bilan tugallaganda, uni yanada yaxshiroq harakatga undash uchun oila davrasida kichik bayramcha o‘tkazib, bolani maqtab qo‘yishingiz ham uning tarbiyasi uchun foydali.

Qo‘rqitish

«Hozir do‘xtir keladi, senga ukol qiladi»

Muammo qaerda?

Bu uslub ham vaqtincha yordam beradi, ammo bolada sababsiz qo‘rqinch va xavotir hislarini rivojlantiradi. Bu erda qo‘rqitish bilan birgalikda bolaga yolg‘on gapirishni ham ko‘rish mumkin. Natijada bola begonalardan, yolg‘iz qolishdan, qorong‘u xonadan qo‘rqa boshlaydi, yolg‘on gapirishni o‘rganadi.

Qanday bo‘lishi kerak?

  • Hayotda ehtiyotkor bo‘lishni talab qiluvchi holatlar ko‘p. Qo‘rqinch esa bizni xavfdan ogohlantiruvchi hissiyot. Ehtiyotkorlik bilan qo‘rqishning farqi shundaki, ehtiyotkorlik haqiqiy xavfga qaratilgan bo‘lsa, qo‘rqitish bolada xayoliy narsalardan qo‘rqish hissini uyg‘otadi. «Yugurma, yiqilib tushishing mumkin» kabi so‘zlar ehtiyotkorlik chorasi bo‘lsa, «Bo‘ri keladi, seni eb qo‘yadi» deyish qo‘rqitishdan o‘zga narsa emas.
  • Bolani qo‘rqitishdan avval o‘zingizga savol bering: siz uni biror-bir xavfdan ogohlantirayapsizmi yoki o‘z istagingizni qildirmoqchimisiz? Ikkinchi holatda bolaga ta’sir qilishning boshqa yo‘lini qidiring.

Mensimaslik

«Ko‘zimga ko‘rinma!»

Muammo qaerda?

Bolada «yaxshi bola bo‘lsam, yaxshi ko‘rishadi, yomonlik qilsam, meni yaxshi ko‘rmay qo‘yishadi», degan fikr yuzaga keladi. Natijada bolada boshqalarning fikridan kelib chiqib harakat qilish hissi paydo bo‘ladi.

Qanday bo‘lishi kerak?

  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bu uslubni qo‘llamang. Bu bola ruhiyatiga qattiq ta’sir ko‘rsatadi.
  • Bola biror yomonlik qilayotgan bo‘lsa, avvaliga unga bu xatoni tushuntirish zarur. Ikkinchi bor bu harakat takrorlanganda esa biror jazo turini qo‘llash lozim.

Aldash

Xalqimizda aldagani bola yaxshi, degan maqol bor. Aksar hollarda ota-ona bolaga u yoki bu narsani va’da berishadi-yu, ammo amalga oshirish vaqti kelganda «unutib» yuborishni afzal ko‘rishadi.

Muammo qaerda?

Bu va’dalar kattalar uchun arzimagan narsa bo‘lib ko‘rinsa-da, ularni bajarmaslikni bola sotqinlik deb qabul qiladi. Va’daning yolg‘onligini bilgach esa sekin-asta eng yaqin insonlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotib boradi. Bolaning o‘zida ham «va’da berib, uni bajarmachlik mumkin» degan his rivojlanadi.

Qanday qilish kerak?

  • Bolaga yolg‘on gapirmang. Unga tushunarli tarzda tushuntirishga harakat qiling.
  • Unga va’da berdingizmi, ustidan chiqing.
  • Ba’zi hollarda bolani aldab emas, ertaklar yordamida holatni tushuntirishga harakat qiling.

Shirin AKBAROVA tayyorladi

Manba: Darakchi.uz


Я недавно был свидетелем сцены: мальчик 2-3 лет, который зашел в магазин с мамой, топнул ногами по полу и закричал: «Ты принесешь это, я тебе сказал, ты принесешь!» А мать смущается окружающих и не находит, куда спрятаться: «Ой, смотри, эта тетка врач, она сейчас тебе укол сделает». Мальчишка какое-то время с тревогой смотрел на меня, но когда не смог притвориться врачом, снова продолжил кричать. «Пойдем домой, я дам тебе конфеты», — сказала мама…

Существуют разные методы воспитания: кто-то обещает что-то подарить ребенку за хорошую работу, а кто-то мать не идет дальше того, чтобы его напугать.

«Подкупить» ребенка

«Если ты сделаешь, как я говорю, я принесу тебе конфету»

Чтобы дошкольник вел себя хорошо, родители обещают принести конфету, машинку или что-то еще. Школьникам дают «взятки», чтобы они хорошо учились и получали «пятерки».

В чем проблема?

Никто не может отрицать эффективность этого метода. Но это нельзя рассматривать как воспитательный метод. Этот метод воспитания, устанавливаемый за материальную компенсацию, приводит к формированию у ребенка неверных выводов о семейных отношениях. Этот стиль полезен для работы, а не в семье. А семейные отношения должны строиться на других факторах. Если вы воспитаете своего ребенка таким образом, вы можете не ожидать от него таких качеств, как помощь близким, дружелюбие и бескорыстная доброта. Потому что он растет, получая финансовое вознаграждение за каждый хороший поступок с детства.

Как это должно быть?

Конечно же, ребенка следует вознаграждать и хвалить. Но нехорошо обещать правду перед добрым делом. Вместо этого, например, когда ваш ученик заканчивает четверть с хорошими оценками, для его образования также полезно провести небольшой праздник в семейном кругу и похвалить ребенка, чтобы побудить его учиться лучше.

запугивание

«Сейчас придет доктор и сделает вам укол»

В чем проблема?

Этот метод тоже временно помогает, но у ребенка беспричинно появляются чувства страха и беспокойства. Здесь можно увидеть ложь ребенку вместе с запугиванием. В результате ребенок боится незнакомцев, одиночества, темной комнаты, учится лгать.

Как это должно быть?

В жизни бывает много ситуаций, требующих осторожности. Страх – это эмоция, которая предупреждает нас об опасности. Отличие осторожности от страха в том, что осторожность направлена ​​на реальную опасность, а запугивание вызывает у ребенка боязнь воображаемых вещей. Если слова типа «Не беги, ты можешь упасть» являются мерой предосторожности, то фраза «Волк идет и съест тебя» — не более чем угроза.
Прежде чем пугать ребенка, спросите себя: вы предупреждаете его о какой-то опасности или пытаетесь заставить его сделать то, что вы хотите? Во втором случае ищите другой способ воздействия на ребенка.

Игнорировать

«Не смотри на меня!»

В чем проблема?Ребенок думает, что «если я буду хорошим ребенком, меня будут любить, если я буду делать плохие вещи, меня перестанут любить». В результате у ребенка возникает ощущение, что он действует, основываясь на мнении других.

Как это должно быть?

Не используйте этот метод для детей младше 3 лет. Это оказывает сильное влияние на психику ребенка.
Если ребенок делает что-то плохое, необходимо сначала объяснить ему эту ошибку. Если это действие повторяется во второй раз, следует применить какое-либо наказание.

Обман

У нас в народе есть поговорка, что ребенок, который списывает, хорош. В большинстве случаев родители обещают ребенку то или иное, но предпочитают «забыть», когда придет время его реализовать.

В чем проблема?

Хотя эти обещания кажутся взрослым незначительными, ребенок воспринимает их невыполнение как предательство. Когда он узнает, что обещание лживо, он постепенно теряет доверие к самым близким людям. У ребенка также развивается ощущение, что «можно дать обещание и сдержать его».

Как сделать?

Не лгите ребенку. Постарайтесь объяснить ему доступным языком.
Вы обещали ему, перечитайте это.
В некоторых случаях старайтесь объяснить ситуацию с помощью сказок, а не обманывать ребенка.

Ширин АКБАРОВА подготовила

Источник: Даракчи.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: