Qanday qilib she’rni tez yodlash mumkin?

Qanday qilib she’rni tez yodlash mumkin

Yangilik! Tafakkur olami deb nomlangan 1000 ta mantiqiy savollar kitobini tayyorladik, Yuklab olish.

Adabiyot fanidan tez-tez she’r yodlash vazifasi beriladi. Xo‘sh, she’rlarni oson yodlaysizmi? She’rni eslab qolish va ifodali qilib aytib berish hamma uchun ham oson emas. Xotira quvvati har xil. Ammo, bu muammoning yechimi bor.

Quyidagi usullar bir qarashda qiyin, ko‘p bilim talab qiladigandek ko‘rinishi mumkin. Lekin ularga amal qilib, bosqichma-bosqich mahoratingizni oshirib borsangiz, vaqt o‘tishi bilan har qanday she’rni tez va yaxshiroq yodlab ola boshlaysiz:

* Uy vazifasini she’r yodlashdan boshlang. Avval she’rni ichingizda o‘qib, tanishib chiqing. Mumtoz yoki drammatik she’rlarni yodlayotganda, eskirgan so‘zlar, nomlar, o‘zgarishlarga duch kelishingiz mumkin. Ularning ma’nosini topib, puxta o‘rganib chiqing. Voqea-hodisalar tasvirlangan she’rni (doston, ballada yoki voqeaband she’rlarni) yodlayotgan bo‘lsangiz, undagi jarayon ketma-ketligini eslab qoling.

* She’rni bir necha marta ovoz chiqarib o‘qing. Bu o‘zlashtirishni yengillashtiradi.

* Endi she’rni aytib berishga harakat qiling. Eslay olmagan joylaringizni kitobga qarab bilib oling.

* She’rni qog‘ozga ko‘chirib yozing va qismlarga bo‘lib chiqing. Har bir baytni qalam bilan ajratib oling.

* So‘zlarni ifodali o‘qishga harakat qiling. Sekin aytish talab qilingan joylarini past, jo‘shqin joylarini esa baland ovozda ayting.

* Birinchi misrani baland ovozda o‘qing, so‘ngra sahifaga qaramasdan uni 5-7 marta takrorlang. Keyingi qatorlarni ham xuddi shu tartibda yodlang.

* Baland ovozda ifodali qilib o‘qing. Shunda she’r qatorlari o‘z-o‘zidan yodingizda qolayotganini sezasiz.

* Har bir satrning bosh so‘zini qog‘ozga yozib oling. Shunga qarab she’rni to‘liq aytib berishga urinib ko‘ring.

* She’r qatorlari xotirangizga o‘rnashib borgani sari, matnga qaramasdan aytishga harakat qiling.

* Yod olgan she’rni uxlashdan oldin va uyg‘onganingizdan so‘ng ham takrorlang. Shunda u xotirangizga chuqurroq o‘rnashadi.

Yuqoridagi usullar orqali o‘zlashtirish ko‘proq sabr-toqat talab qilishini ham eslatib o‘tish kerak. Agar she’rni o‘zlashtirish davomida yaxshi esda qolmayotgani yoki tushunarsiz tuyulayotgani tufayli asabiylashsangiz, yaxshi natijaga erisholmaysiz. Bunday paytda mashqni besh daqiqaga to‘xtatib, miyaga dam berish tavsiya etiladi. O‘qiyotgan she’ringiz o‘zingizga yoqishi ham kerak. Buning uchun esa uning go‘zalligini, so‘z o‘yinlari va tashbehlarini his qilish zarur. Demak, adabiyotdan bilimingizni ham ko‘paytirish talab etiladi. Kerakli ko‘nikma shakllansa, o‘z-o‘zidan ko‘p she’r yodlaysiz. Ko‘p she’r bilish esa nutq ravon va ta’sirli bo‘lishiga, so‘z boyligi ortishiga xizmat qiladi.

Mirjalol MADVALIYEV tayyorladi.


Литературоведы часто ставят задачу запоминания стихов. Итак, вы легко запоминаете стихи? Не всем легко запомнить и выразить стихотворение. Объем памяти варьируется. Однако есть решение этой проблемы.

На первый взгляд, следующие способы могут показаться сложными и требующими больших знаний. Но если вы будете следовать им и постепенно совершенствовать свои навыки, со временем вы начнете запоминать любое стихотворение быстрее и лучше:

* Начните домашнее задание с заучивания стихотворения. Сначала прочитайте стихотворение про себя. При запоминании классических или драматических стихотворений вы можете столкнуться с устаревшими словами, названиями и изменениями. Выясните, что они означают, и внимательно их изучите. Если вы заучиваете стихотворение, описывающее события (эпопею, балладу или стихи о событиях), помните последовательность процесса.

* Прочитайте стихотворение вслух несколько раз. Это облегчит обучение.

* Теперь попробуйте прочитать стихотворение. Узнайте, что вы не можете вспомнить, просмотрев книгу.

* Скопируйте стихотворение на лист бумаги и разделите его на части. Разделите каждый байт карандашом.

* Старайтесь выразительно читать слова. Говорите медленно там, где нужно, и громко там, где нужно.

* Прочтите первый стих вслух, затем повторите его 5-7 раз, независимо от страницы. Запомните следующие строки в том же порядке.

* Читать вслух вслух. Тогда вы почувствуете, что строки стихотворения приходят на ум сами собой.

* Напишите название каждой строки на листе бумаги. Исходя из этого, попробуйте прочитать стихотворение полностью.

* По мере того, как строки стихотворения застревают в вашей памяти, старайтесь повторять их независимо от текста.

* Повторяйте заученное стихотворение перед сном и после пробуждения. Тогда это останется в вашей памяти.

Следует отметить, что вышеперечисленные способы требуют большего терпения. Если вы нервничаете из-за того, что не помните или плохо понимаете стихотворение, вы не получите хорошего результата. В этом случае рекомендуется прекратить упражнение на пять минут и дать отдохнуть мозгу. Вам также должно понравиться стихотворение, которое вы читаете. Для этого нужно почувствовать его красоту, каламбуры и метафоры. Так что вам нужно расширить свои знания литературы. Когда вы разовьете нужные навыки, вы сами запомните много стихов. Знание большого количества стихов помогает сделать речь беглой и эффектной, увеличивает словарный запас.

Подготовил Мирджалол МАДВАЛИЕВ.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Asqarova ayana

    Yoman sherni yod olaolmadim :cry: :cry:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: