Aql va qalb — qay biri hokim bo’lishi kerak?

Aql va qalb

Biz kundalik turmushda aqlning amriga bo’ysunishimiz kerakmi yoki ko’ngilning aytganiga kirishimiz kerakmi?

Ko’pincha o’zimga shunday savol berib ba’zan aql ustun degan to’xtamga, ba’zan esa qalb ustun degan to’xtamga kelardim. Yaqinda Javlon Jo’rayevning “O’zlik sari 7 qadam” kitobida ko’tarilgan egizak dunyolar – qalb va aql ustunligi borasidagi fikrlar e’tiborimni tortdi. Marhamat, siz ham o’qib ko’ring va xulosani o’zingiz chiqaring, ushbu fikrlarni hech qanday o’zgarishsiz taqdim qilmoqdaman.

Egizak dunyolar — aql va qalb mohiyati

Har bir shaxsiyat bir-birini to’ldirib turadigan ikki dunyodan iborat. Ularning ikkisi ham tashqi ko’rinishdan sizga juda o’xshaydi — bu ma’noda ular egizak. Ammo ularni astoydil o’rgansangiz — ular bir-biridan tubdan farq qilishiga amin bo’lasiz.
Qanaqa mujmal narsalar haqida gapiryapti deb hayron bo’lyapsizmi? Biroz sabr qiling — men sizga bu ikki egizak dunyoning yaralish tarixini aytib beraman. Shunda hammasi oydek ravshan bo’ladi.
Juda ko’pchiligimiz bolalikdan eshitib kelgan bir hikoya bor. Bu, albatta, Tangri insonni yaratgani haqidagi rivoyat. Men sizga aynan shu hikoyatni eslatmoqchiman — faqat e’tibor bering.
Xudo yer-u osmon, oy-u quyosh, o’simlig-u hayvonlarni yaratgach dunyo mukammalligi uchun yana bir mavjudotni yaratmoqni niyat qilibdi (hamma ezgu amallar tagida ezgu niyat turishi ana shundan boshlangan). U tuproqdan Odamning jismini yaratibdi va unga jon ato etish uchun o’z nafasidan ruh ya’ni qalb kiritibdi.
Shunda Tangri farishtalarni huzuriga chorlab, «Barchangiz Odam qarshisida ta’zim qilingiz!» deb buyuribdi. Barcha farishtalar Yaratganning cheksiz qudrati mevasi — Odam qarshisida bosh egibdilar. Birgina Iblis o’z mag’rurligi bois bundan bosh tortibdi. «Men olovdan (nurdan) yaralganman, bu esa qora tuproqdan binoga kelgan. Men o’zimdan quyi mavjudotga bo’yin egmayman» — debdi Iblis. Shunda Tangri «Ey Iblis, sen neniki bilgan bo’lsang men senga bildirgan narsalarnigina bilasan. Uqqan bo’lsang — men senga uqish imkonini bergan narsalarnigina uqqansan. Shunday ekan, mening cheksiz marhamatim oldida bosh eg!» — deb buyuribdi. Ammo Iblis qaysarlikni qo’ymabdi. Bu o’zbilarmonligiga jazo tariqasida Tangri shaytonni Jannatdan yer yuziga surgun qilibdi.
Odamzodni esa Jannatga hokim qilibdi. U Jannat bog’idagi hech bir mahluqotdan qo’rqmas ekan — chunki Xudoning amri bilan barcha jonzotlar bir- birlariga mehribon va g’arazsiz ekanlar. Unga Behishtning barcha ne’matlaridan bahramand bo’lish erkinligi berilibdi — faqat birgina mevani tanavvul qilish man etilibdi.
Odamga hamrohlik va dilkashlik qilishi uchun Tangri Havoni yaratibdi. Ikkisi Jannatda baxtli yashayotganini ko’ra olmagan Iblis ilon qiyofasida Jannatga kirib, Odam va Havoga yaqinlashibdi. «Sizga bu mevaga tegish nega man etilganini bilasizmi?» — debdi u, — «Agar siz bu mevadan yeb ko’rsangiz, siz Xudo bilgan narsalarni bilib olasiz, unikichalik qudratga ega bo’lasiz. Xudo buni istamaydi, shuning uchun u sizlarga bu mevani man etgan. Ishonmaysizmi? Undan bir dona yeb ko’ring».
Iblisning makriga ishongan Odam va Havo qiziquvchanlik qilib man qilingan mevadan uzib yeb ko’rishibdi. Meva og’zilariga tegishi bilan ularga aql- farosat bitib, o’z yalang’ochliklarini anglab uyalib, daraxt barglari bilan uyatli joylarini to’sib qolishibdi.
Odam va Havoga man qilingan meva — aql mevasi ekan…
Har birimizda ikki dunyo mujassam — qalb va aql. Ko’pincha ikkisi ziddiyatda. To’g’rirog’i — aql qalbga qarshi chiqib qoladi. Qalb — o’z-o’zicha mukammal dunyo. U ziddiyatga borishni, g’azablanishni, xafa bo’lishni, yomon ko’rishni bilmaydi. U faqat sevishni va ezgulikka intilishni biladi.
Biroq aql nuqsonlardan holi emas. U g’arazgo’y, arazgo’y, manfaatparast va kaltabin. Ha-ha — aql oxirini ko’ra bilmay ish qilishga usta. U mudom rejalar tuzadi, hisob-kitob qiladi, ishonadi, umid qiladi, istaydi, izlaydi — ammo uning aytganlari har doim ham to’g’ri chiqavermayd i. Chunki u — qalbchalik mukammal emas.
Barchamiz mukammal qalb bilan dunyoga kelamiz. Chaqaloqning aqli — oppoq qog’ozdek, unga hali hech narsa yozilmagan. Ammo bu uzoqqa bormaydi — yashash muhiti va ota-ona darhol qo’llariga qalam olib, o’z tushunchalaridan kelib chiqqan holda, bu oq qog’ozni yozuv bilan to’ldira boshlaydilar. Bu jarayon butun umr davom etadi — oila, maktab, jamiyat o’z haqiqatlarini kishi onggiga dastur tarzida kiritib boraveradi.
Siz-u biz shunchalar ishongan aql ana shunday shakllanadi.
Dunyoda bajarilishi shart bo’lgan bir qonun borki, uning oldida barchamiz ojizmiz. Bu, albatta, muvozanat qonuni. Odamzod ham o’ziga xos qarama- qarshiliklar to’plami — bir yoqda ezgulik mayog’i bo’lmish qalb tursa, boshqa tomonda manfaat ta’qibchisi — aql turadi.
Hech o’ylab ko’rganmisiz — nima uchun aqlsiz jonzotlar Oxirzamonda ajrsiz Jannatga kiritiladi? Nima uchun telba odamni ko’pincha begunoh banda deyishadi? Chunki ularda aql yo’q. Biz odamlar aqlimizga ishonib, shu darajaga yetganmizki, o’zimizni Tangrining boshqa mavjudot-u mahluqotlaridan yuqori hisoblaymiz. To’g’rida, axir, odamni hayvon bilan tenglashtirish — gunohi azim. Shundaymikan?..
Aqlsiz hayvon faqat qorni ochsa yoki o’zi va nasli hayotiga xavf tug’ilsagina boshqa jonzotni o’ldiradi. Ongli inson esa — shunchaki, maroq uchun ham o’ldiraveradi (ovga chiqmaganmisiz?). Aqlsiz hayvon faqat mavsumi kelib, nasl qoldirish zarurati bo’lgandagina jufti bilan qovushadi. Ongli odam bo’lsa istagan paytda istagancha shahvoniy lazzatga beriladi.
Hayvonlarning, va umuman — har qanday tirik jonzotning ham ruhi — qalbi bor. Ular ham Tangrining buyuk qudrati mevasi. Dunyoda bir mavjudot qolganlaridan yuqori qilib yaratilmagan. Muqaddas bitiklarda bu borliqdagi ne’matlar inson hayotini farovon etish uchun yaratilgani aytiladi. Bunday ta’kidni o’zini «koinot markazi» deb bilgan odamzod juda xato tushungan. Bunda Yaratganning marhamatini ko’ra bilish va unga shukr keltirishga ishora etilgan aslida. Buni qarangki, o’sha biz o’zimizdan quyi deb bilgan mavjudotlar bizsiz yashay oladi (yovvoyi tabiatni nazarda tutsak) — biz esa ularsiz yashay olmaymiz. Ular bizga emas — biz ularga qay darajadadir tobemiz.
Ko’pchiligimiz aql va qalb tushunchalarini farqlashga qiynalamiz. Misol uchun «aqldan ozgan» iborasini qanday tushunasiz? Sizningcha, aqldan ozgan odam pichoq olib, o’ng-u so’lda hammani so’yib yurishi mumkinmi?
Aslida bunday odamning aqli ishdan chiqmagan — balki uning qalbi tamoman ko’mib tashlangan. Odamda uni xatti-harakatga undovchi ikki kuch bor — biri qalb, boshqasi aql. Ko’p hollarda kishi ko’ngli istagan narsasini aqli xohlamaydi (ko’ngil muzqaymoq yegisi keladi — ammo aql tomoq og’rib qolishi xavf ini sabab qilib buni rad etadi). Yoki ko’ngil istamagan narsani aql xohlaydi (ko’ngil shu odam bilan baxtli bo’lol masligini, uni sevolmasligini his etib, u bilan turmush qurishni istamaydi — ammo aql bu odamning badavlatligini ko’rib bunga rozi bo’ladi). Bunday mayda va ba’zida, katta ikkilanishlar hammamizda bo’ladi.
Afsuski, qalb va aql bahsida ko’pincha aql ustun keladi. Ba’zi odamlar ko’ngillariga qarshi kurashda shu darajaga borib yetadiki, ularning qalbi qattiq arazlab «o’z g’ilofiga o’ralib» oladi. Bunda aql «yakka hukmron»ga aylanadi va bosar-tusarini bilmay qoladi. Ruhan hastalar ana shunday yetishib chiqadi.
Bunda taxminan shunday holat ro’y beradi. Aql va qalb degan ikki bolakay bor. Ular dunyo degan katta uyda yashashadi va har kuni hayot degan o’yin o’ynashadi. Ammo har kuni bu o’yinning qoidalarini aql belgilaydi. Bo’lmasamchi — axir, u hamma narsani biladi. Ko’ngil esa o’z istaklarini aql buyruqlariga qarshi aytolmaydi — axir, u juda ko’ngilchan. Bordi-yu aytsa ham, aql uni darhol koyib beradi. Oxir oqibat aqlning fe’lidan zerikkan qalb o’ynagisi kelmay qoladi va bir burchakka qisilib, jim o’tiraveradi.
Bekorga psixiatrlar o’z bemorlarini ko’ngliga yo’l topishga harakat qilmaydilar. Ular o’yin davomida qattiq arazlab yoki qo’rqib ketganidan katta uyning bir burchagiga berkinib olgan bolakayni topishlari kerak. Agar ular shu bolakayni topib, uni yupatib, unga shirinlik berib, uni avrab gapirtirib, yana o’yinga qaytara olishsa — bemor tuzaladi.
Yuqorida aytilgan fikrlardan kimdir aql insonni faqat yomon qilmishlarga undar ekan deb xulosa qilishi mumkin. Men aql buyurgan har qanday ish xato demoqchimasman. Faqat shuni esdan chiqarmaslik kerakki, aql nimani istamasin, buning ortida ilojsiz qandaydir manfaat yotadi. Bu qanday manfaat ekanini idrokning o’zi ham anglamasligi mumkin.
Dunyo shunday ajoyib tuzilganki, unda manfaatga erishishning eng samarali yo’li — manfaatsiz ish qilish. Qalbingiz doim hech bir manfaat ortidan quvmagan narsani buyuradi. Yo’q, to’g’rirog’i, uning yagona manfaati — bu uning istagi.
Bunga yana yangi tug’ilgan chaqaloqni misol qilish mumkin. Uning hali ongi shakllanmagan. U istagan narsasini qiladi — ya’ni ko’ngli istagan narsani. Och qolsa — yig’laydi, to’ysa — uxlaydi. U o’z qalbi istagidan boshqa narsalarning ortidan quvmaydi. Shuning uchun unga hamma narsa beriladi — mehr, e’tibor, yashash uchun sharoit. Bolaligim — podsholigim degani bejiz emas, axir. Bolalikdagi bizning tengsiz hokimiyatimiz siri — hech bir manfaatsiz, faqat ko’ngil amriga bo’ysunib qadam tashlashimizdadir.
Ammo kattalar o’zlariga e’tiborni talab qilib o’rganishgan — bunga ularni aqllari undaydi. To’g’ri-da, ularning bu dunyoda o’z o’rnilari bor, shunga yarasha atrofdagilar ularga hurmat ko’rsatishsin. Lekin aynan shu e’tibor talablik ortidan biz ko’pincha e’tibordan chetda qolamiz.
O’ylab ko’rsa, odamdagi har qanday salbiy jihat — bu aqlning mevasi. Nafrat, jirkanish, g’urur, kibr, hasad, rashk, gina kabi tuyg’ular; xudbinlik, xasislik, tortinchoqlik, shoshqaloqlik, o’zbilarmonlik kabi fe’l-atvor jihatlari aql faoliyati natijasi. Hayvonlarga bu narsalar begona — sher kiyikni yemoqchi bo’lib quvganda unga nisbatan na g’azab va na nafrat his etadi. Ammo biz bu holatni ko’rsak, sherga nisbatan g’azab, kiyikka nisbatan achinish tuyg’usini his etamiz. Nima ham qilardik — ongimiz shunaqa tuzilgan. U har doim hamma narsaga o’z bahosini berishga ko’nikib qolgan.
Hech qachon hayotda xato qilishdan qo’rqmang — xato qilmaslik uchun hech narsa qilmaslik kerak. Hech bir odam xato ishlardan sug’urta qilinmagan — beayb Parvardigor. Biroq xatoning oldini olishning birgina muhim tamoyili bor: har qanday qaror qabul qilinishida qalbingiz ishtirok etsin. Agar biror ishga ahd qilsangiz-u, ko’nglingiz bu qaroringizdan notinch bo’lsa — bu ishdan voz kechganingiz ma’qul.
Hammasi shunchalar oson — ham qiyin. Qiyinligi shundaki, odamlar o’z qalbiga quloq solish qobiliyatini yo’qotib bormoqdalar va yuqoridagi tavsiyalar amaliy foyda bermasligi mumkin.
Bilasizmi, aql va qalb — ko’pincha har xil narsani istaganlari bilan — bir maqsadni, ya’ni sizning farovonligingizni ko’zlaydilar. Faqat aql bunda ustunlikka intilaveradi. Aslida esa qaror qabul qilishga qalb ixtisoslashgan — aql esa bu qarorni amalga oshirish yo’llarini izlash bilan shug’ullangani ma’qul. Agar vazifalar shunday taqsimlanishiga erisha olinsa, hayotda inson afsuslanadigan narsalar deyarli qolmaydi.
Aql bilan qalbni do’stlashtiring — ular ittifoqqa kirishsa, siz bu dunyoda qila olmaydigan ish bo’lmaydi.
Ko’pchiligimiz birovning aqllilik darajasini uning bilimdonligi bilan o’lchaymiz. Ammo aql — bu bilim, bilim esa — bu aql emas. Aqlli odam bilimsiz bo’lishi, bilimli odam aqlsiz bo’lishi mumkin (bunga hayron bo’lmang). Qadimgilar bizdan oz narsa bilishgan, lekin shu oz bilimdan ham unumli foydalanib yashashgan. Biz, axborot asri odamlari, ulardan ancha ko’proq narsani bilamiz — ammo shundayam aqliy faoliyatda ajdodlarimizchalik bo’lolganimiz yo’q.
Bilimga aqlsiz ham ega bo’lish mumkin. Sherdan qochayotgan kiyik yirtqich unga yetib olsa, uning hayoti barham topishini biladi — garchi buni anglamasa ham. Bu bilimni unga qalbi yetkazadi. Bu bilimni unga tabiat ato etgan.
Aslida qalb dunyo bilimlari maydoniga to’g’ridan-to’g’ri ulana oladi. Ko’ngilning bu qobiliyatidan boshqa jonzotlar ustalik bilan foydalanadilar. Inson esa aqliga tayanib atrof dunyoni o’rganishga shu darajada ko’nikib ketganki, buni qalbi orqali amalga oshirish qobiliyatini sustlashtirib qo’ygan.
Intuitsiya (qalb bilimi) shu darajada to’g’ri ishlaydiki, ko’pchiligimiz bunga shaxsan amin bo’lganmiz va buni rad eta olmaymiz. Biror ishga ko’nglingiz bo’lmasa, biror joyga oyog’ingiz tortmasa yoki ichingizda nimadir sizga biror ishni buyurib qolsa — siz bilan qalbingiz so’zlashyapti demak. Ona farzandi uzoq safardan qaytayotganini sezib turadi. Ba’zi odamlar esa o’z hayotlari poyoniga yetayotganini avvaldan bilib, bunga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar.
Qalb bilishi mumkin bo’lgan narsalar na vaqtda va na fazoda cheklangan bo’ladi. Aqlga esa ma’lumot olish uchun vosita kerak (ko’z, quloq va boshqa sezgi organlari kabi). Ko’ngil bilmagan narsani aql bilishi mumkin emas — ammo aql bilmaganini qalb biladi. Intuitiv bilimlar shuning uchun har doim to’g’ri bo’ladi.
Bu dunyoda boshqalardan ko’proq yoki ozroq biladigan odam yo’q — har birimizda cheksiz bilim manbai — qalbimiz bor. Dunyo degan muallimdan saboq olib, qalb degan darslikdan ko’proq mutolaa qilib tursak — baxt uchun ana shu yetarli.
Gaplarim xuddi telbalikni targ’ib qilayotgandek tuyulishi mumkin. Ammo mening maqsadim sizda aqldan voz kechish istagini uyg’otish emas. To’g’ri, telba odam baxtli yashaydi, chunki u g’am-tashvishni bilmaydi, anglamaydi. Ammo, unutmangki, u baxtli hayot kechirayotganini ham anglay olmaydi.
Hayvon va o’simliklarning buyukligi shundaki, ular o’z buyukliklarini bilmaydilar va undan mag’rurlanmaydilar. Bizning baxtimiz shundaki, biz hayotimizning baxtli onlarini idrokan his eta olamiz, bunga shukrona keltira bilamiz. Balki, bizning yagona buyukligimiz ham ana shundadir…


Должны ли мы подчиняться велениям ума в нашей повседневной жизни или же мы следуем велениям ума?

Часто я задавал себе этот вопрос и иногда говорил, что разум выше, а иногда сердце выше. Недавно в книге Джавлона Джораева «7 шагов к себе» меня поразила идея миров-близнецов – главенство сердца и разума. Пожалуйста, прочитайте его и сделайте свои собственные выводы, я излагаю эти идеи без каких-либо изменений.

Двойные миры суть разум и сердце

Каждая личность состоит из двух миров, дополняющих друг друга. Они оба очень похожи на вас внешне — в этом смысле они близнецы. Но если вы внимательно их изучите — вы убедитесь, что они кардинально отличаются друг от друга.
Интересно, о каких непонятных вещах он говорит? Подождите – я расскажу вам историю создания этих двух миров-близнецов. Тогда все будет ясно как луна.
Есть история, которую многие из нас слышали с детства. Это, конечно, легенда о том, что Бог создал человека. Я хочу напомнить вам эту самую историю — только обратите внимание.
Сотворив землю и небо, луну и солнце, растения и животных, Бог намеревался создать другое существо для совершенствования мира (вот где благие намерения лежат в основе всех добрых дел). Он создал тело Адама из праха и наполнил душу своим дыханием, чтобы дать ей жизнь.
Тогда Бог призвал к нему ангелов и сказал: «Все вы склонитесь перед Адамом!» он заказал. Все ангелы преклонились перед Адамом, плодом безграничной силы Творца. Только Дьявол отказался из-за своей гордыни. «Я создан из огня (света), который пришел в здание из чернозема. Я не подчиняюсь твари ниже меня», — сказал Дьявол. Тогда Бог сказал: «О Сатана, если ты знаешь то, что знаешь, ты знаешь только то, что Я сказал тебе. Если ты читал, ты слышал только то, что Я позволил тебе прочитать. Так склонись же перед Моим бесконечным благословением!» он заказал. Но Дьявол не сдавался. В наказание за этот эгоизм Бог изгнал сатану с Небес на землю.
Он сделал человека правителем Рая. Он не боялся ни одного существа в Эдемском саду, потому что по повелению Бога все живые существа были добры и бескорыстны друг к другу. Ему была дана свобода пользоваться всеми благами Рая – ему запрещалось есть только один плод.
Бог создал Еву, чтобы она сопровождала человека и была добра к нему. Не в силах увидеть двух счастливо живущих в Раю, Дьявол вошел в Рай в образе змея и приблизился к Адаму и Еве. — Ты знаешь, почему тебе запрещено прикасаться к этому фрукту? он сказал: «Если ты съешь этот плод, ты узнаешь то, что знает Бог, у тебя будет столько же силы, сколько у Бога. Бог не хочет этого, поэтому Он запретил тебе этот плод. Ты не веришь? Съешь от него кусочек. «кольцо».
Адам и Ева, поверив дьявольской уловке, с любопытством съели запретный плод. Как только плод коснулся их рта, они потеряли рассудок, осознали свою наготу и прикрыли свои позорные места листьями деревьев.
Плод запретный для человека и воздуха есть плод разума…
У каждого из нас есть два мира – сердце и разум. Часто эти двое конфликтуют. Или, скорее, разум идет против сердца. Сердце само по себе совершенный мир. Он не умеет идти на конфликт, злиться, расстраиваться, ненавидеть. Он умеет только любить и стремиться к добру.
Но разум не лишен недостатков. Он эгоистичен, жаден, эгоистичен и недальновиден. Ха-ха — мастер делать дела, не зная конца ума. Он всегда строит планы, рассчитывает, верит, надеется, хочет, ищет — но то, что он говорит, не всегда сбывается. Потому что он не идеален.
Мы все рождаемся с совершенным сердцем. Ум ребенка подобен белой бумаге, на которой еще ничего не написано. Но на этом далеко не уедешь — среда обитания и родители тут же берут в руки ручку и, исходя из собственного понимания, начинают писать эту белую бумагу. Этот процесс длится всю жизнь – семья, школа, общество продолжают доводить свои реалии до человеческого разума в виде программы.
Так формируется разум, в который мы верим.
В мире есть закон, которому нужно подчиняться, перед которым мы все беспомощны. Это, конечно, закон равновесия. Человечество тоже имеет свой набор противоречий – с одной стороны, сердце, являющееся светочем добра, а с другой стороны, погоня за интересами – разум.
Задумывались ли вы когда-нибудь — почему безумные существа без награды попадают в Рай в Конец Времен? Почему сумасшедшего часто называют невинным рабом? Потому что у них нет ума. Мы, люди, пришли к вере в свой разум и пришли к тому, что считаем себя выше других существ Бога. Ведь приравнивать человека к животному — великий грех. Это так?
Глупое животное убьет другое существо только в том случае, если оно откроет свое брюхо или если жизнь его самого и его потомства окажется под угрозой. А сознательный человек может убить просто так (ты на охоту не ходил?). Глупый зверь воссоединяется со своей половинкой только тогда, когда приходит время и необходимо оставить потомство. С другой стороны, сознательный человек получает столько сексуального удовольствия, сколько он хочет, в любое время.
Животные, да и вообще — душа любого живого существа — имеют сердце. Они также являются плодом великой силы Бога. Ни одно существо в мире не было создано выше остальных. В писаниях говорится, что благословения этого существа были созданы, чтобы сделать человеческую жизнь процветающей. Такое утверждение было очень неправильно понято человеком, называвшим себя «центром вселенной». На самом деле, это означает видеть благословения Творца и благодарить Его. Посмотрите на это, те существа, которые, как мы знаем, уступают нам, могут жить без нас (при условии дикой природы) — и мы не можем жить без них. Они не для нас — мы в какой-то степени от них зависим.
Большинству из нас трудно провести различие между понятиями разум и сердце. Например, как вы понимаете фразу «сумасшедший»? Как вы думаете, сумасшедший может взять нож и убить всех направо и налево?
На самом деле у такого человека разум не без работы — возможно, его сердце полностью похоронено. У человека есть две силы, которые побуждают его действовать: одна — сердце, другая — разум. Во многих случаях разум не хочет того, чего хочет разум (ум хочет съесть мороженое, но отказывается это делать из-за риска заболеть горлом). Или ум хочет того, чего не хочет (ум не хочет быть счастливым с этим человеком, не хочет выходить за него замуж — но ум видит богатство этого человека и соглашается на это). Такие мелкие, а иногда и большие колебания случаются со всеми нами.
К сожалению, в споре сердца и разума часто побеждает разум. Некоторые люди доходят до того, что борются со своим сердцем до такой степени, что в приступе ярости их сердца «заворачиваются в собственные оболочки». В этом случае ум становится «одиноким» и не знает, что это такое. Так взрослеют психически больные.
Примерно так и есть. Есть двое детей, называемых умом и сердцем. Они живут в большом доме под названием мир и каждый день играют в игру под названием жизнь. Но каждый день правила этой игры определяет разум. Если нет, то он все знает. И сердце не может выразить свои желания вопреки велениям ума — ведь оно очень произвольно. Что бы он ни сказал, разум его тут же сожжет. В конце концов сердце, утомленное деятельностью ума, перестает хотеть играть и сидит в углу, сидя в тишине.
Напрасно психиатры пытаются найти способ доставить удовольствие своим пациентам. Им предстоит найти мальчика, который прячется в углу большого дома, потому что он так зол или напуган во время игры. Если они смогут найти этого мальчика, утешить его, накормить сладостями, соблазнить и вернуть в игру — больной выздоровеет.
Из одного из приведенных соображений можно сделать вывод, что разум лишь побуждает человека к совершению плохих поступков. Я не имею в виду любую рабочую ошибку, которая имеет смысл. Просто имейте в виду, что чего бы ни хотел ум, за этим стоит невозможная польза. Даже само восприятие может не понимать, в чем заключается эта польза.
Мир так чудесно устроен, что самый эффективный способ получить прибыль — это работать без прибыли. Ваше сердце всегда командует чем-то, что не преследует никакой выгоды. Нет, скорее, его единственный интерес — это его желание.
Другим примером этого является новорожденный ребенок. Его сознание еще не сформировалось. Он делает то, что хочет, то есть то, что его сердце желает. Когда он голоден, он плачет, когда он сыт, он спит. Он не преследует ничего, кроме желания своего сердца. Именно поэтому ему дается все — ласка, внимание, условия для жизни. Недаром мое детство — мое царство. Секрет нашей беспримерной силы в детстве в том, что мы вмешиваемся без всякого интереса, только по воле сердца.
Но взрослые научились требовать внимания — к этому их побуждает разум. Правда, им есть место в этом мире, поэтому пусть окружающие уважают их. Но именно это требование мы часто упускаем из виду после требования.
Если подумать, любой отрицательный аспект в человеке является плодом ума. Такие чувства, как ненависть, отвращение, гордость, высокомерие, зависть, ревность, обида; такие поведенческие аспекты, как эгоизм, жадность, застенчивость, поспешность, эгоизм являются результатом умственной деятельности. Эти вещи чужды животным – когда лев гонится за оленем, чтобы съесть его, он не испытывает к нему ни гнева, ни ненависти. Но когда мы видим эту ситуацию, мы чувствуем злость на льва, жалость на оленя. Что бы мы ни делали, так устроен наш разум. Он всегда привык всему давать собственную оценку.
Никогда не бойтесь ошибаться в жизни — вам не нужно ничего делать, чтобы избежать ошибок. Никто не застрахован от проступка — непогрешимый Господь. Но есть один важный принцип, чтобы не ошибиться: пусть ваше сердце участвует в любом решении. Если вы решили что-то сделать, и вас это расстраивает, лучше от этого отказаться.
Все так просто — так сложно. Сложность в том, что люди теряют способность слушать свое сердце, и приведенные выше рекомендации могут не иметь практического применения.
Вы знаете, разум и сердце — часто со всякими вещами — хотят одной и той же цели, то есть вашего благополучия. Только ум может преуспеть в этом. На самом деле сердце специализируется на принятии решений, а разум предпочитает искать пути для принятия этого решения. Если удастся добиться такого распределения задач, в жизни почти не будет вещей, о которых человек будет жалеть.
Подружитесь умом и сердцем — если они заключат союз, в этом мире не будет ничего невозможного.
Большинство из нас измеряют чей-то уровень интеллекта по его или ее знаниям. Но интеллект — это знание, а знание — это не интеллект. Умный человек может быть невеждой, образованный человек может быть глупым (не удивляйтесь). Древние мало что знали о нас, но они использовали это небольшое знание в своих интересах. Мы, люди информационного века, знаем гораздо больше, чем они, но мы никогда не были такими интеллектуальными, как наши предки.
Знания также могут быть получены безмозглыми. Олень, убегающий от льва, знает, что его жизнь будет разрушена, если хищник настигнет его, даже если он этого не осознает. Это знание передается ему его сердцем. Эти знания даны ему природой.
На самом деле душа может напрямую подключаться к сфере мирских знаний. Эта способность разума умело используется другими существами. Человек, с другой стороны, настолько привык исследовать окружающий мир, что его способность делать это через сердце ослабла.
Интуиция (знание сердца) работает настолько хорошо, что большинство из нас лично убедились в ней и не могут этого отрицать. Если вам не хочется что-то делать, если вы никуда не ступаете или если что-то внутри вас говорит вам что-то сделать, тогда ваше сердце говорит с вами. Мать чувствует, что ее ребенок возвращается из дальнего путешествия. Некоторые люди, напротив, заранее знают, что их жизнь подходит к концу, и начинают к этому готовиться.
То, что может познать сердце, не будет ограничено ни во времени, ни в пространстве. Уму, с другой стороны, нужен инструмент для получения информации (например, глаза, уши и другие органы чувств). Ум не может знать того, чего не знает ум, но сердце знает то, чего не знает ум. Следовательно, интуитивное знание всегда верно.
В этом мире нет никого, кто знает больше или меньше других — у каждого из нас есть бесконечный источник знаний — у нас есть сердце. Если мы учимся у учителя мира и читаем больше из учебника сердца, этого достаточно для счастья.
Мои слова могут показаться способствующими безумию. Но моя цель не в том, чтобы заставить вас сойти с ума. Правда, сумасшедший живет счастливо, потому что не знает, не понимает горя. Но помните, он даже не может осознать, что живет счастливой жизнью.
Величие животных и растений в том, что они не знают своего величия и не гордятся им. Наше счастье в том, что мы можем осознанно чувствовать счастливые моменты своей жизни, мы можем быть благодарны за это. Может быть, в этом наше единственное величие…

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: