Bu markaz ham uchinchi Renessans poydevorlaridan biri — Shavkat Mirziyoyev

Bu markaz ham uchinchi Renessans poydevorlaridan biri - Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda.
Birinchi obyekt Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Geologiya fanlari universiteti boʻldi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 31-yanvar kuni ushbu yangi oliy oʻquv yurti qurilishiga tamal toshi qoʻygan edi. Bugunga kelib binolar ancha qad koʻtarib qoldi.
Loyiha doirasida 6 ta koʻp qavatli imorat barpo etilishi va 4 tasi rekonstruksiya qilinishi koʻzda tutilgan. Hozirgi birinchi bosqichda oʻquv korpusi, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Geologiya muzeyi binolari, kutubxona, yotoqxona bunyod etilmoqda.
Prezident bu yerga yana kelib, qurilish ishlari va rejalar bilan shaxsan tanishgani bejiz emas.
— Ilm bizning qonimizda, genimizda bor. Bu markaz ham uchinchi Renessans poydevorlaridan biri, — deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari joriy yil 24-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomada hamda 31-yanvar kuni ilm-fan vakillari bilan uchrashuvda geologiya sohasini rivojlantirishga doir dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. Shu asosda mamlakatimizda yangi geologiya tizimi yaratilmoqda. Prezidentimizning bu sohaga oid 4 ta qarori qabul qilingan.
Geologiya fanlari universiteti sohadagi ilmiy muassasalarni jamlagan yaxlit majmua boʻladi. Uning tarkibiga 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti kirgan. Ilgari ular tarqoq joylashgan edi. Shuningdek, bu yerga Geologiya muzeyi koʻchirib kelinadi. Sohadagi muassasalar bir joyda boʻlishi mutaxassislarning yaqin hamkorlikda ishlashi, talabalarning ilmiy laboratoriyalarda amaliyot oʻtashini taʼminlaydi. Bu esa binolarga xizmat koʻrsatish uchun ham qulay va tejamkor.
Davlatimiz rahbari shu yerda ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari bilan suhbatlashdi.
— Ilm-fan barcha sohalarni fundamental rivojlantirish uchun asos. Avvaldan eʼtibor berganimizda, geologiyaning hamma yoʻnalishlari boʻyicha 15-20 foiz aholini ish bilan taʼminlashimiz mumkin edi. Mana endi olimlarga sharoit yaratishga harakat qilyapmiz, intellektual mulkni asrab, qoʻllab-quvvatlayapmiz. Intellektual mulk uning egasiga ham, davlatga ham manfaat keltiradi, — dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev ushbu dargohda yaratiladigan sharoitlar bilan qiziqib, qurilish sifatli, laboratoriyalar yuqori texnologiyali boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
— Zamin mustahkam boʻlishi kerak. Biz bu universitetni kelajak uchun quryapmiz, — dedi davlatimiz rahbari.
Shu yerda loyihaning ikkinchi bosqichi taqdimot qilindi. Bu bosqichda Davlat geologiya qoʻmitasi binosi, Geologiya axborot markazi, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi, avtoturargoh barpo etilishi rejalashtirilgan.


Президент Шавкат Мирзиёев знакомится с творчеством в Ташкенте.
Первым объектом стал Университет геологических наук Мирзо-Улугбекского района.

31 января текущего года глава нашего государства заложил первый камень в строительство этого нового вуза. Сегодня здания намного выше.
Проектом предусмотрено строительство 6 многоэтажных домов и реконструкция 4 корпусов. В настоящее время ведется строительство учебного корпуса, Института геологии и разведки нефтяных и газовых месторождений, Института минеральных ресурсов, Института геологии и геофизики, Геологического музея, библиотеки и общежития.
Неслучайно Президент вновь приехал сюда и лично ознакомился со строительными работами и планами.
— Наука у нас в крови, в наших генах. Этот центр также является одной из основ третьего Возрождения, — сказал Шавкат Мирзиёев.
В своем обращении к Олий Мажлису 24 января и на совещании с представителями науки 31 января глава нашего государства поставил актуальные задачи по развитию геологической сферы. На этой основе в нашей стране создается новая геологическая система. Президент принял 4 постановления в этой области.
Университет геологических наук будет представлять собой комплекс научных учреждений в данной области. В его состав входят 4 научно-исследовательских института. Раньше они были рассеяны. Геологический музей также будет перемещен. Сосуществование институтов на местах позволяет специалистам тесно сотрудничать, а студенты проходят стажировку в исследовательских лабораториях. Также удобно и экономично обслуживать постройки.
Здесь глава государства встретился с руководителями научно-исследовательских институтов.
— Наука является основой для фундаментального развития всех областей. Как мы отмечали ранее, мы могли бы трудоустроить 15-20% населения во всех областях геологии. Сейчас мы пытаемся создать условия для ученых, сохранить и поддержать интеллектуальную собственность. Интеллектуальная собственность приносит пользу как ее владельцу, так и государству», — сказал Президент.
Шавкат Мирзиёев поинтересовался созданными в школе условиями и подчеркнул, что строительство должно быть качественным, а лаборатории – высокотехнологичными.
— Земля должна быть прочной. Мы строим этот университет на перспективу, — сказал глава государства.
Здесь был представлен второй этап проекта. На данном этапе планируется построить здание Государственного геологического комитета, Геолого-информационный центр, Центр геоинновационных технологий, автостоянку.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: