Ikkinchi xotinmi yo birinchi farzand. Qay biri qadrliroq?

Ikkinchi xotinmi yo birinchi farzand. Qay biri qadrliroq

Turmushga chiqyapsiz! Balki turmush o‘rtog‘ingiz sizgacha ma’lum hayotiy tajribaga ega, uylangan va hatto, birinchi nikohdan farzandlari ham bordir.

Xotin sobiq bo‘lishi mumkin, ammo farzandlar emas. Siz buni yaxshi tushunasiz. Ammo nazariy jihatdan tushunish boshqayu, shu sharoitning ichida yashash boshqa. Tabiiyki, qator muammolar yuzaga keladi. Quyida ulardan ayrimlarini hayotiy misollar asosida ko‘rib chiqamiz.
«ERIM O‘G‘LIDAN ORTMAYDI»
— Turmushga chiqayotganimda erimning birinchi nikohdan o‘g‘li borligini bilardim. Ammo uni sevganim uchun bunga u qadar e’tibor bermaganman. Erim to‘ydan oldinoq farzandini juda yaxshi ko‘rishini va undan hech qachon voz kechmasligini aytgandi. To‘ydan bir hafta o‘tar-o‘tmas u o‘g‘lini tanishtirish uchun olib keldi. Erim u bilan ko‘p vaqtini o‘tkazadi, ikki gapining birida uni eslaydi, dam olish kunlari uning oldiga chopadi. Men yangi kelinchak esa qaynona-qaynotamning xizmatidan ortmayman. Erim bilan bir joyga sayr uchun chiqish ham orzu. Chunki uning butun bo‘sh vaqti o‘g‘li bilan band. Nima qilsam ekan-a?
MALOHAT, Toshkent shahri
SUG‘DIYONA: Nima qilishingiz kerakligini balki ruhshunos yoki oilashunos mutaxassis aytar. Men oddiy bir ayol sifatida eringiz yaxshi ota ekanini ta’kidlay olaman, xolos. O‘zingiz ham farzandli bo‘lsangiz, bilingki, eringiz hech qachon uni tashlab qo‘ymaydi va undan voz kechmaydi.
RUHShUNOS: Albatta, to‘ygacha bir-biringizga ko‘proq e’tibor bergansiz. Ammo birga yashay boshlagach, hayot o‘z oqimiga tushadi. Endi ish, ro‘zg‘or tashvishlari, ota-ona, qarindosh-urug‘, farzandlar va do‘stlar uchun vaqt ajratish kerak. Siz bir umrga turmush o‘rtog‘ingiz uchun olamning markazi bo‘lib qolmaysiz-ku. Agar eringizning o‘g‘li bilan uchrashishi siz uchun muammo darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, demak, siz uni qizg‘onayapsiz. Yosh bolaga rashk qilyapsiz. Aytish mumkinki, bu noo‘rin rashk. Turmush o‘rtog‘ingizning hayotida sizning µam, o‘g‘lining µam o‘z o‘rni bor. Bu ikki o‘rin hech qachon bir-biri bilan raqobatlasholmaydi. Yaxshisi, u bolaga mehr berishga urinib ko‘ring. Axir, to‘ygacha uning borligini bilgansiz-ku.
«BOLA BAHONA, DIYDOR G‘ANIMAT»…
— Erimning birinchi turmushdan ikki farzandi bor. To‘yimizdan keyin ularni ko‘rgani uncha ko‘p bormasdi. Aliment to‘lardi, kattaroq xarajatlari chiqqanda qarashib yuborardi. Yana tug‘ilgan kunlarida sovg‘alar… Xullas, hammasi me’yorda edi. Oradan bir necha yil o‘tdi, men ham ikkita farzand ko‘rdim. Bu orada qaynonam bilan muammolar paydo bo‘ldi. Erim esa negadir bolalarini tez-tez yo‘qlaydigan, ular bilan ko‘p vaqt o‘tkazadigan bo‘lib qoldi. Nazarimda, u bola bahona birinchi xotini bilan uchrashyapti. Chunki tunov kuni ularning allaqaysi kafeda bir dugonam ko‘ribdi. Bolalar bilan tushlik qilishayotgan ekan. Nahotki erim meni tashlab, birinchi xotiniga qaytsa?
FARIDA, Samarqand shahri
SUG‘DIYONA: Ko‘pchilik ayollar erlarining birinchi turmushidagi farzandlari bilan muloqot qilishini istashmaydi. Sabab, bola bahona eri birinchi xotini bilan muloqot qiladi, deb o‘ylashadi. Farzandlarning ahvolini so‘rashlar, betob bo‘lsa, birga kasalxonada  tong ottirishlar, bola uchun muhim tadbirlar, sanalar (maktabni bitiruv kechasi, institutga imtihon topshiradigan kun…)da uning yonida birga bo‘lishlari… Ammo bir bolaning ota-onasi bo‘lgach, uchrashmaslikning, bir-birini yo‘q deb hisoblashning µam iloji yo‘q.
RUHShUNOS: Eringizga ishonasizmi? Agar ishonmasangiz, sizga faqat vaqt va tiyrak aql yordam berishi mumkin. Lekin tabiatan rashkchi ayol bo‘lsangiz, eringizning ahvoliga voy. Siz uni nafaqat birinchi ayoliga, umuman, hamma ayollarga rashk qilishingiz tayin. Bu yerda bolalarning hech aybi yo‘q. Ular sabab ham, bahona ham bo‘lolmaydi. Haddan ortiq badgumonligingizning sabablaridan yana biri – o‘zingizga nisbatan ishonchning yetishmasligi. O‘ziga ishongan ayol eri uni tashlab, birinchi xotiniga qaytishi mumkinligini xayoliga ham keltirmaydi. Agar jozibangiz va maftunkorligingizga shubhangiz bo‘lsa, o‘zingizni parvarishlang, shirinso‘z bo‘ling, qaynonangiz bilan munosabatlaringizni yo‘lga qo‘ying, xullas, ortiqcha vahimalar bilan eringizni uydan bezdirmang.
«TUG‘IShINGNI ISTAMAYMAN!»
— Har kim oila qurayotganida uvali-juvali bo‘lishni orzu qiladi. Men ham shunday niyatlar bilan turmushga chiqqandim. Ammo birinchi turmushim befarzandlik tufayli uzoqqa bormadi. Ikkinchi bor uch farzandi bilan ajrashgan odamga tegdim. Oz fursat o‘tmay, homilador bo‘ldim. Quvonchim cheksiz edi. Ammo erim kutilmaganda seni tug‘mas ayol deb o‘ylab uylangandim. Menga uch farzand yetadi, bolani oldirasan deb turib oldi. Qanaqasiga onalik baxtidan voz kechishim mumkin? Boshqa tomondan, aytganini qilmasam, erim meni qo‘yib yuboradi, bolam otasiz o‘sadi. Meni yomon ko‘rsanglar ham aytay, erimning farzandlarini ko‘rgani ko‘zim yo‘q! O‘shalar bo‘lmaganida, erim bolamni tug‘ilmayoq nobud qilish fikriga tushmasdi.
GULBAHOR, Denov shahri
SUG‘DIYONA: Oila qurayotganingizda eringiz sizga nima uchun uylanayotganini bilmaganmidingiz? U aynan tug‘masligingiz uchun sizni tanlaganini aytmaganmidi? Agar aytmagan bo‘lsa, umuman nomard odam ekan. U farzandingizga otalik qilishga arzimaydi. Bu mening shaxsiy fikrim. Xo‘sh, mutaxassis nima derkin?
RUHShUNOS: Albatta, ahvolingizni tushunaman. Eringizning farzandlarini yoqtirmasligingiz tabiiy va bunga hammadan ham turmush o‘rtog‘ingiz aybdor. Ammo to‘ydan oldin shu masalani ko‘tarib, muhokama qilib olish kerak edi. Boshqa tomondan olib qaraganda,  farzandingiz dunyoga kelgach, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Eringiz bolalarini yaxshi ko‘rar ekan, tug‘ilajak go‘dak ham uning farzandi. Ko‘rgach mehri tushadi, albatta. Sizni bola bilan tashlab qo‘ymaydi. Faqat bolam tug‘ilsa erim u farzandlaridan soviydi, deb xomta’ma bo‘lmang. Ha, u sizning bolangiz bilan ko‘proq vaqtini o‘tkazadi, chunki sizlar bilan birga yashaydi. Ammo to‘ng‘ichlarini avvalgidek sevishda davom etaveradi. Nima bo‘lganda ham, sizni bo‘lajak onalik baxti bilan tabriklayman va eringizning tug‘ilajak farzandiga munosabati o‘zgarishidan umidvorman. Balki u ikki oiladagi farzandlar o‘rtasida sarson bo‘lib qolishdan qo‘rqayotgandir. Erkaklar bu masalada shunaqa qo‘rqoq bo‘lishadi. Biroq ishonchim komilki, bu o‘tib ketadi va hammasi yaxshi bo‘ladi.
«SIZ VA UNING BOLALARI»
— Modomiki, turmush o‘rtog‘ingiz birinchi oilasidan farzandlarini juda yaxshi ko‘rar va ular bilan aloqani uzmas ekan (buning yomon tomoni yo‘q, aslida), siz oilaviy muhitni yaxshilash va turmush o‘rtog‘ingizga muhabbatingizni namoyon etish uchun uning farzandlari bilan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishingiz kerak. Busiz iloji yo‘q. Ammo hammasida me’yor va samimiylik bo‘lishi kerak. Ularga ortiqcha mehribonlik va soxta e’tibor ko‘rsatmang, bola buni sezadi, sizdan ko‘ngli soviydi. Yaxshisi, asta-sekin u bilan til topishishga harakat qiling. Darslari, kelajakdagi rejalari bilan qiziqing. Faqat qimmatbaho sovg‘alar berib, bolaning mehrini sotib olishni aslo o‘ylamang. Bu bilan kichkintoyda o‘zingizga nisbatan iste’molchi munosabatini shakllantirasiz. Ya’ni u sovg‘alar uchun siz bilan muloqotda bo‘ladi, xolos. Qo‘lingizdan kelsa, uni yaxshi ko‘ring. Unutmang, ma’lum bir yoshga yetgach, u hammasini tahlil qilib ko‘radi va sizning niyatingizu intilishlaringizni to‘g‘ri baholab, minnatdor bo‘ladi.


Вы выходите замуж! Может быть, ваш супруг имеет некоторый жизненный опыт до вас, женат и даже имеет детей от первого брака.

Жена может быть бывшей, но не дети. Вы прекрасно это понимаете. Но теоретическое осмысление другое, жизнь в этих условиях другая. Естественно, возникает ряд проблем. Вот несколько примеров из реальной жизни.
«МОЙ МУЖ НЕ БОЛЬШЕ, ЧЕМ ЕГО СЫН»
«Когда я вышла замуж, я знала, что у моего мужа есть сын от первого брака». Но я не обращал на это особого внимания, потому что мне это нравилось. Перед свадьбой муж сказал, что очень любит своего ребенка и никогда от него не откажется. Через неделю после свадьбы она привела сына, чтобы представить его. Мой муж проводит с ней много времени, вспоминает ее в одном из своих двух выступлений, бегает к ней по выходным. А я, новая невеста, всего лишь служанка моей свекрови. Я тоже мечтаю выйти погулять с мужем. Потому что все свободное время она проводит с сыном. Что я могу сделать?
МАЛОХАТ, г.Ташкент
Сугдиёна: Может быть, психиатр или семейный эксперт подскажут, что делать. Как обычная женщина могу только сказать, что ваш муж — хороший отец. Если у вас есть собственные дети, знайте, что ваш муж никогда их не бросит.
ПСИХОЛОГ: Конечно, перед свадьбой вы уделяли друг другу больше внимания. Но как только они начинают жить вместе, жизнь продолжается. Теперь пришло время работы, домашних дел, родителей, родственников, детей и друзей. Вы не будете центром мира для своего супруга на всю жизнь. Если знакомство с сыном мужа стало для вас проблемой, значит, вы его ревнуете. Вы завидуете маленькому ребенку. Можно сказать, что это зависть. И вы, и ваш сын должны сыграть свою роль в вашем браке. Эти два места никогда не смогут конкурировать друг с другом. Вместо этого переключите свое мышление на хорошие вещи в жизни. В конце концов, вы знали, что он был там до свадьбы.
«БОЛА БАКСОНА, ДИДОР ГАНИМАТ»…
— У моего мужа двое детей от первого брака. Вскоре мы увиделись с ними после нашей свадьбы. Он будет платить алименты и позаботится о более крупных расходах. Подарки на день рождения… Так что все обошлось. Через несколько лет у меня родилось двое детей. Тем временем у меня были проблемы со свекровью. Почему-то мой муж часто навещал своих детей и проводил с ними много времени. По-моему, он встречается со своей первой женой под предлогом ребенка. Потому что в день шоу я увидел друга в одном из их кафе. Они обедали с детьми. Уйдет ли мой муж от меня и вернется к своей первой жене?
ФАРИДА, г.Самарканд
Сугдийона: Большинство женщин не хотят, чтобы их мужья общались с их детьми от первого брака. Причина,ребенок думает, что отговорка в том, что муж общается с первой женой. Расспрашивать о состоянии детей, не больны ли они, вместе проводить утро в больнице, важные для ребенка события, быть с ним на свиданиях (выпускной вечер, день экзамена в институте…)… Но родители ребенка Ведь невозможно не встречаться и не считать друг друга несуществующими.
ПСИХОЛОГ: Вы доверяете своему мужу? Если вы не верите, вам могут помочь только время и острый ум. Но если ты по натуре ревнивая женщина, горе твоему мужу. Вы обязательно заставите его ревновать не только к первой жене, но и вообще ко всем женщинам. Дети не виноваты. Они не являются ни причиной, ни оправданием. Еще одна причина вашей самоуверенности — неуверенность в себе. Уверенная в себе женщина не думает, что муж может ее бросить и вернуться к первой жене. Если вы сомневаетесь в своей привлекательности и обаянии, берегите себя, будьте милы, стройте отношения со свекровью, чтобы не раздражать мужа лишней паникой.
«Я НЕ ХОЧУ, ЧТОБЫ ВЫ РОДИЛИСЬ!»
«Каждый хочет жениться, когда выходит замуж». Я был женат с теми же намерениями. Но мой первый брак не зашел далеко из-за бездетности. Второй раз коснулась разведенного мужчины с тремя детьми. Вскоре я забеременела. Моя радость была безгранична. Но вдруг мой муж подумал, что ты бесплодная женщина. У меня достаточно троих детей, он настоял на том, чтобы вы убили ребенка. Как отказаться от счастья материнства? С другой стороны, если я не буду делать то, что он говорит, муж отпустит меня, и мой ребенок будет расти без отца. Даже если вы меня ненавидите, я не могу видеть детей своего мужа! Без них моему мужу и в голову не пришло бы убить своего ребенка до его рождения.
ГУЛЬБАХОР, Денау
Сугдийона: Когда вы вышли замуж, разве вы не знали, почему ваш муж женится на вас? Разве он не сказал, что выбрал вас, потому что вы не родились? Если нет вот новый продукт только для вас! Он не достоин быть отцом твоего ребенка. Это мое личное мнение. Так что же говорит эксперт?
ПСИХОЛОГ: Конечно, я понимаю вашу ситуацию. Для вас естественно не любить детей мужа, и в этом виноват ваш супруг. Но перед свадьбой этот вопрос нужно было поднять и обсудить. С другой стороны, ситуация может измениться, когда родится ребенок. Пока ваш муж любит своих детей, у него будет ребенок. Это душераздирающе, конечно. Он не оставит вас с ребенком. Не думайте, что мой муж выйдет из себя только потому, что у него есть ребенок. Да, он больше времени проводит с вашим ребенком, потому что живет с вами. Но он по-прежнему любит своего первенца. В любом случае,Поздравляю вас с будущим материнством и надеюсь, что отношение вашего мужа к будущему ребенку изменится. Может быть, она боится разрываться между детьми двух семей. Мужчины так трусливы в этом. Но я уверен, что это пройдет и все будет хорошо.
«ТЫ И ЕГО ДЕТИ»
— Пока ваш супруг любит своих детей из первой семьи и не расстается с ними (что на самом деле неплохо), вы можете использовать их для улучшения семейной обстановки и показать свою любовь к своим супруга, вам нужно наладить отношения с детьми. Без этого невозможно. Но во всем должна быть умеренность и искренность. Не дарите им слишком много ласки и фальшивого внимания, ребенок это почувствует, а вы будете разочарованы. А еще лучше постарайтесь найти с ним общий язык. Интересуйтесь своими уроками, своими планами на будущее. Не стремитесь к меньшему, чем ваш полный потенциал. Это заставит вас выглядеть моложе, чем вы есть на самом деле. То есть он общается с вами за подарки. Люби, если сможешь. Помните, когда вы достигнете определенного возраста, он все проанализирует и оценит ваши намерения и стремления.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: