Qiz bolaning sevish-sevmasligini bilish usullari

Qiz bolaning sevish-sevmasligini bilish usullari

Ayol tabiati shunchalik beqarorki, uning qanday tuyg‘uni his etayotganligini tushunish juda qiyin. Ayniqsa, erkaklar uchun. Ko‘ngil qo‘ygan qizingiz bir kuni sizni mehr-muhabbat bilan qarshi olsa, ertasi kuni qor malikasiga aylanadi. Biroq, baribir, ularning ba’zi odatiga qarab munosabati jiddiy yoki havas ekanligini bilib olish qiyin emas.

Demak, agar qiz sizni yaxshi ko‘rsa…

 

Sovg‘alar berib turadi

Qanchalik g‘alati tuyulmasin, qizlar faqat sovg‘a olishni emas, berishni ham yaxshi ko‘rishadi. Ayniqsa, sevgan insoniga. O‘zidan malika yasab, «Yigit kishi atrofimda sovg‘alar bilan parvona bo‘lishi kerak», deydigan qizlar hech qachon sevmagan bo‘ladi. Qiz bola sizga sovg‘a berdimi, demak, u sizni quvontirishni istayapti. Bu esa jiddiy munosabatdan darak. Xullas, sevib qolganda ayollarning xudbinligi ikkinchi o‘ringa tushib qoladi.

 

U sizga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qiladi yoki SMS yozadi

Qo‘ng‘iroqlar qizning sevgisi haqiqiyligini oshkor qiladigan asosiy omillardan biri. Agar qiz siz bilan muloqot o‘rnatish istagida bo‘lsa va butun bo‘sh vaqtini sizga bag‘ishlasa, demak, unga yoqasiz. Aksincha, uchrashish uchun yigit doim birinchi qadamni o‘zi tashlasa va ko‘pincha rad javobini olsa, qiz u bilan uchrashishga unchalik ham shoshilmayotgan bo‘ladi. Qizlar ham xuddi yigitlar kabi bo‘sh vaqtini juda qadrlaydi. Shunday qadrli vaqtini tez-tez siz uchun qurbon qilib turibdimi, xotirjam bo‘lishingiz mumkin, u sizni sevadi.

 

«Yo‘qolib qolsangiz», qattiq xavotir oladi

Biror ish bilan chalg‘ib, qo‘ng‘iroq yoki SMSlariga javob berolmay qolsangiz, bundan qattiq siqiladi. Ya’ni bu holatni sevib qolgan qiz juda og‘ir qabul qiladi. O‘zini yigitga kerak bo‘lmay qolgandek his etadi, hammasi ko‘ngilxushlik ekan-da, deb o‘ylaydi. Agar uzoq vaqt «yo‘qolib qolgan»ingizda xavotir olib, yana SMS yoza boshlasa yoki qo‘ng‘iroq qilsa, so‘zlar o‘pka va ginalardan iborat bo‘lsa, xotirjam bo‘lavering. Bu yaxshi alomat. Vaqt-soati etganda bu reaksiya o‘tib ketadi.

 

His-tuyg‘ularini ayamaydi

U sizdan xavotir oladi va g‘amxo‘rlik qiladi. Kuningiz qanday o‘tgani u uchun juda muhim, barcha muammolaringizni u bilan bo‘lishishingizni istaydi. Agar qiz siz bilan faqat kayfiyatingiz yaxshi bo‘lgandagina uchrashishni istasa, siqilishlaringizga parvo qilmasa, demak, munosabatlaringizni jiddiy qabul qilmayapti. Chunki g‘amxo‘rlik va mehribonchilik — sevgida juda muhim omil sanaladi.

 

U sizdan ilhomlanadi

Qiz bola sevib qolganini qanday bilish mumkin? Juda oddiy. Har bir uchrashuvingizdan keyin uning kayfiyati ko‘tariladi, sizdan minnatdor bo‘ladi, vaqtini juda yaxshi o‘tkazganini ta’kidlaydi. Agar uchrashuvdan so‘ng qizning kayfiyati ko‘tarilib, energiyasi oshib ketsa, bu juda yaxshi alomat. Demak, siz uni hissiy quvvatlantiryapsiz. Bu tuyg‘uni his etmaslik mumkin emas, u munosabatlarni rivojlantiradi.

 

U hech qachon boshqa yigitlarga noz-karashma qilmaydi

Qizlar ruhida muhabbat atalmish tuyg‘u bosh ko‘tardimi, ularda avtomatik ravishda sadoqat ham paydo bo‘ladi. Boshqa yigitlarga qaramaydi, noz-karashma qilmaydi, shunchaki u uchun boshqa yigitlar mavjud bo‘lmay qoladi. Agar bir vaqtlar yoqtirgani bo‘lsa ham uni mutlaqo esidan chiqaradi. U barcha mehr va e’tiborni faqat sizdan ko‘rishni istaydi. Faqat va faqat sizning yoningizda bo‘lishi kerak. Aralash davrada o‘tirganda, sevgan qizingizni kuzatib ko‘ring, agar u boshqa yigitlarga gap tagida gap qo‘yib gapirsa yoki moyillik bildirsa, bu munosabatdan yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Agar u sizdan ko‘z uzmay, doim yoningizda qolishni istasa, boshqalarga e’tibor bermasa, demak, sevadi.

 

U sizni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqadi

Janjalli vaziyatlar bo‘lganida u hech qachon «Bo‘ldi, orani ochiq qilamiz!» demaydi. Turli sabablar topib bo‘lsa ham vaziyatni yumshatishga urinadi. Nima bo‘lganda ham munosabatlarni saqlab qolish lozim. Agar qiz doim o‘zini haq deb hisoblasa va sizning gapingizni bir tiyinga olmasa, bu uning xudbinligi hamda o‘zini yaxshi ko‘rishi alomati. Ertaga ajrashib ketsangiz ham unga, baribir. Biroq agar qiz vaziyat qaltislashganda, o‘z aybini darhol tan olib, ziddiyatni bartaraf etishga urinsa, unda sizni sevib qolgan.

 

«Men», «siz» deb emas, «biz» deb gapiradi

Agar qiz sizni yaxshi ko‘rsa, uning uchun «meniki» yoki «seniki» degan tushunchalar yo‘qolib, ularning hammasini umumiydek qabul qiladi. Hamkoringizga aylanib, kuchi etguncha yordam beradi. Hatto hech nima qila olmagan taqdirda ham siz uning ma’naviy qo‘llab-quvvatlashini his etib turasiz. Muammoli vaziyatlarda doim yoningizda bo‘ladi va hech qaerga ketib qolmaydi. Bu, ishonavering, qiz bola uchun katta qurbonlik.

 

U sizni rashk qiladi

Qizlar qalbida sevgi tug‘ilganda, u bilan birga, albatta, rashk ham tug‘iladi. Agar ish hali iqrorgacha borib etmagan bo‘lsa, qiz bola ko‘pincha rashkini yashirishga harakat qiladi. Biroq bu kuchli tuyg‘uni batamom yashirishning iloji yo‘q. Siz, baribir, sezib turasiz. Bir-ikkita qizga yaxshi gapirib, sevgilingizning reaksiyasini kuzating, o‘zini qancha qo‘lga olishga harakat qilsa ham kayfiyati tushib ketsa, demak, sizga befarq emas. Umuman rashk qilmasa, demak, munosabatingiz hali do‘stona.

 

Barcha kamchiliklaringizga ko‘z yumadi

Agar qiz bola sizni sevsa, doimiy kech qolish, ishingiz chiqib qolishi yoki ba’zi zararli odatlaringizni kechiradi. U sizni boringizcha qabul qiladi: yaxshi va yomon jihatlaringiz bilan birga. Sizni hadeb egovlayvermaydi, unga yoqmagan jihatlaringizni xotirjamlik bilan o‘zingizga tushuntiradi. Bu shunchalik muloyimlik bilan amalga oshiriladiki, ko‘nglingizga zarracha og‘ir botmaydi. Chunki u sira xafa bo‘lishingizni istamaydi.

 

U sizga yolg‘on gapira olmaydi

Agar uning kayfiyati buzilsa, buni sizga bildiradi. Unday emasligini isbotlash uchun yolg‘on to‘qiyvermaydi. Sobiq yigiti bezovta qilsa ham darhol sizga aytadi. Chunki u sizga hatto eng mayda detallar borasida ham yolg‘on gapirishni istamaydi. Sevgi bor joyda yolg‘onga o‘rin yo‘q. Agar siz tez-tez uni yolg‘on ustida tutib olsangiz, demak, munosabatlaringizni jiddiy deb hisoblamaydi. U uchun shunchaki vaqtinchalik ko‘ngilxushlik, xolos.

 

Sizga juda ishonadi

Bu juda muhim jihat, chunki ishonch bo‘lmasa, boshqa hech narsa bo‘lmaydi. Sizni chinakam sevadigan qiz telefoningizni tekshirmaydi, ish yoki o‘qishda ushlanib qoldim, desangiz, ortingizdan poyloqchilik qilmaydi. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringizni titib yurmaydi, yozishmalaringizni o‘qimaydi. Chunki u sizga ishonadi va tushunadi. Sizni tanlab, sevishga ulgurdimi, demak, shubhalanishga asos yo‘q deb o‘ylaydi. O‘z navbatida o‘zi ham barcha hissiyotlarini siz bilan o‘rtoqlashadi, hech nimani yashirmaydi. Siz uchun eng yaqin insonga aylanadi.

Yuqoridagi xulosalarni o‘qib, ko‘ngil qo‘ygan qizingiz sizni sevish-sevmasligini bemalol bilib olishingiz mumkin. Munosabatlaringizda omad tilaymiz.

Ozoda HALIMOVA tayyorladi


Женская натура настолько непостоянна, что трудно понять, что она чувствует. Особенно для мужчин. Однажды ваша возлюбленная встретит вас с любовью, а на следующий день она станет снежной королевой. Однако нетрудно узнать, серьезное у них отношение или завистливое, в зависимости от некоторых их привычек.

Итак, если девушка вас любит…

Дарит подарки

Как ни странно, девушки любят не только получать подарки, но и дарить. Особенно тому, кого ты любишь. Девушки, которые делают из себя принцессу и говорят: «Парень должен быть пропеллером вокруг меня с подарками», никогда не влюбятся. Если девушка дарит вам подарок, значит, она хочет сделать вас счастливым. Это признак серьезных отношений. Поэтому, когда дело доходит до влюбленности, женский эгоизм стоит на втором месте.

Он будет первым, кто позвонит или напишет вам

Звонки – один из главных факторов, раскрывающих истинную природу любви девушки. Если девушка хочет с тобой встречаться и проводит с тобой все свободное время, значит, она тебе нравится. Наоборот, если парень всегда делает первый шаг навстречу ей и часто получает негативный ответ, девушка не будет спешить с ним навстречу. Девочки ценят свое свободное время так же, как и мальчики. Вы можете быть уверены, что он жертвует своим драгоценным временем ради вас и любит вас.

«Если ты заблудишься», он беспокоится

Если вы чем-то отвлечены и не можете ответить на звонки или текстовые сообщения, будет сложнее. То есть девушка, которая в него влюбится, воспримет его очень серьезно. Она больше не чувствует, что она нужна, она думает, что все это весело. Если вы давно переживаете, что «потерялись» и снова начинаете писать или звонить, а слова полны гнева и обиды, успокойтесь. Это хороший знак. Со временем эта реакция пройдет.

Он не щадит своих чувств

Она заботится о тебе и заботится о тебе. Для него очень важно, как он проводит свой день, он хочет, чтобы вы делились с ним всеми своими проблемами. Если девушка хочет встречаться с вами только тогда, когда вы в хорошем настроении и ее не волнуют ваши разочарования, то она не воспринимает ваши отношения всерьез. Потому что забота и доброта – очень важные факторы в любви.

Он вдохновлен тобой

Как понять, что девушка влюблена? Очень простой. После каждой встречи он будет чувствовать себя лучше, поблагодарит вас и скажет, что отлично провел время. Если после встречи у девушки хорошее настроение, это очень хороший знак. Таким образом, вы эмоционально поддерживаете его. Это чувство невозможно не испытать, оно развивает отношения.

Она никогда не флиртует с другими парнями

Когда у девушки есть чувство любви в душе, они автоматически становятся верными.Она не смотрит на других парней, не флиртует, у нее просто нет других парней. Даже если она ему когда-то понравилась, он напрочь об этом забудет. Он просто хочет видеть всю вашу любовь и внимание. Это просто должно быть с тобой. Когда вы находитесь в смешанном кругу, понаблюдайте за своей девушкой, и если она сплетничает или склоняется к другим парням, ничего хорошего от таких отношений ждать не приходится. Если он хочет быть с тобой все время, если ему плевать на других, значит, он тебя любит.

Она боится тебя потерять

Во время конфликта он никогда не сказал бы: «Хорошо, давайте откроем брешь!» не говори. Он пытается облегчить ситуацию, даже если находит разные причины. В любом случае отношения нужно поддерживать. Если девушка всегда думает, что она права, и не верит вам на слово, это признак ее эгоизма и себялюбия. Неважно, разведетесь ли вы завтра. Но если девушка, когда ситуация накаляется, сразу признает свою вину и пытается урегулировать конфликт, значит, она влюбилась в вас.

«Я» говорит «мы», а не «ты»

Если девушка тебя любит, она потеряет понятие «мое» или «твое» и примет их все в целом. Станьте вашим партнером и помогайте, чем можете. Даже когда он ничего не может сделать, все равно чувствуется его духовная поддержка. Он всегда рядом с вами в сложных ситуациях и никуда не денется. Это, поверьте, большая жертва для девушки.

Он заставляет тебя ревновать

Когда в сердце девушки рождается любовь, вместе с ней рождается и ревность. Если дело еще не признано, девушка часто пытается скрыть свою ревность. Но полностью скрыть это сильное чувство невозможно. Вы все равно это почувствуете. Поговорите с парой девушек и понаблюдайте за реакцией своего парня, и как бы он ни старался себя контролировать, если у него плохое настроение, вам все равно. Если он совсем не ревнует, то ваши отношения по-прежнему дружеские.

Он закрывал глаза на все твои недостатки

Если девушка тебя любит, она всегда будет опаздывать, пропускать работу или прощать какие-то твои вредные привычки. Он примет вас таким, какой вы есть: вместе с вашими хорошими и плохими аспектами. Он не беспокоит вас, он спокойно объясняет вам, что ему не нравится. Это делается настолько аккуратно, что вас не побеспокоят. Потому что он не хочет, чтобы вы расстраивались.

Он не может лгать тебе

Если он расстроен, он даст вам знать. Он не лжет, чтобы доказать обратное. Даже если ваш бывший парень вас раздражает, он сразу же вам об этом скажет. Потому что он не хочет лгать тебе даже в мельчайших деталях. Там, где есть любовь, нет места лжи. Если вы часто ловите его на лжи, тоне воспринимает ваши отношения всерьез. Это просто временное развлечение.

Он очень тебе доверяет

Это достойный поступок, и на этом все должно закончиться. Девушка, которая вас искренне любит, не будет проверять ваш телефон и не будет преследовать вас, если вы скажете, что вас застали на работе или в школе. Он не просматривает ваши страницы в социальных сетях и не читает вашу переписку. Потому что он доверяет и понимает вас. Он думает, что если он решит любить вас, то нет причин сомневаться. Он, в свою очередь, делится с вами всеми своими чувствами и ничего не скрывает. Станьте для себя самым близким человеком.

Вы можете легко узнать, любит ли вас девушка, которая вам небезразлична, прочитав приведенные выше выводы. Удачи в ваших отношениях.

Подготовила Озода ХАЛИМОВА

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: