Xalq ta’limi vaziri hokim va sektorlarga murojaat qildi

Xalq ta’limi vaziri hokim va sektorlarga murojaat qildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mutasaddilarga murojaat yo‘lladi.

Nahotki ba’zi joylardagi mutasaddilar o‘zining bugungi muammosini hal qilaman deb, Prezident siyosatiga xiyonat qilayotganini tushunmasa!

Prezidentimiz bu yil birinchi bor “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramida o‘zlari chiqib tabrik so‘zi bilan murojaat qildilar. Ta’lim-tarbiya tizimini yaxshilash bo‘yicha Farmon loyihasini tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdilar, keyin yana qo‘shimcha selektor o‘tkazib, har bir hokim endi kamida 30-40 foiz vaqtini maktabga yordam berishga qaratsin deb aytdilar va hurmatli hokimlarimizdan bu masalaga chin dildan yondashishni, kundalik topshiriq sifatida qabul qilmaslikni so‘radilar.

Kuni kecha Farmonga imzo qo‘yishdan oldin yana bir bor ta’limni ko‘tarish muhimligini qat’iy ta’kidladilar.

Bugun ertalabdan esa joylardan shunday yangiliklarni o‘qib turibmiz…

Bunday holatlarni, nafaqat Prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab Davlat Rahbarini imidjini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak va har bir bunday holat bo‘yicha joylardagi mutasaddilarni kerak bo‘lsa jinoiy javobgarlikka tortishgacha olib borish zarur deb hisoblaymiz.

Hurmatli hokimlar va sektor rahbarlaridan xalq ta’limi tizimi xodimlarini faqat ta’lim sifati bo‘yicha ishlashlariga sharoit yaratishda yordam berishingizni so‘raymiz! Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang!

PS. Bunday qo‘shimcha ishlarga, adashmasam, Mehnat vazirligidagi alohida fonddan mablag‘ olib joylardagi ishsizlarni jalb qilsa bo‘ladi, — deyiladi vazir xabarida.


Министр народного образования Шерзод Шерматов обратился к чиновникам на своей странице в социальной сети.

Если только чиновники кое-где не поймут, что они предают политику президента, пытаясь решить сегодняшнюю проблему!

Впервые в этом году Президент обратился с поздравлением по случаю Дня учителя и тренера. Поручили подготовить проект Указа о совершенствовании системы образования, потом провели дополнительный отбор и сказали, что каждый губернатор теперь должен уделять не менее 30-40 процентов своего времени помощи школе, и попросили наших уважаемых губернаторов заняться этим вопросом. просил подойти искренне, не воспринимать это как повседневную задачу.

Вчера перед подписанием Указа еще раз подчеркнули важность повышения уровня образования.

А сегодня утром читаем такие новости с мест…

Считаем, что подобные случаи следует рассматривать не только как предательство политики Президента, но и как намеренную попытку опорочить имидж Главы государства, и в каждом случае привлекать к ответственности местных чиновников, если это необходимо.

Уважаемые акимы и руководители секторов, просим вас помочь создать условия для работников народного образования, чтобы они работали только над качеством образования! Если вы не можете помочь, пожалуйста, не беспокойтесь!

PS. Если не ошибаюсь, такие дополнительные работы могут финансироваться из специального фонда Минтруда для привлечения безработных, сказал министр.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: