Savol: Allohning muhabbatiga qalb mas’ulmi yo aql? Qur’onda zikr qilingan qalbning ma’nosi aqlmi? Yoki aql Allohning muhabbatiga yetkazuvchi vosita, qalb esa uning makonimi?
Javob: Mahbub kim bo‘lishidan qat’i nazar, muhabbatning makoni qalbdir. Ammo qalb ba’zan Qur’onda aql ma’nosida ham ishlatilgan. Misol uchun, Alloh taolo aytadi: “Jahannam uchun jinlar va insonlarning ko‘pchiligini yaratganmiz. Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan “anglamaydilar…”. Bu o‘rinda “qalb” “aql” ma’nosida kelgan.
Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy
“Saralangan fatvolar”
Manba: Azon.uz
Калбан хис килиб акл билан харакат килиш ва меьерда булиши лозим.