DTM: 2020-2021 imtihon topshiriqlari soddalashtiriladi

Joriy yil qabul test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari o‘tgan yillarda foydalanilgan test topshiriqlariga nisbatan soddalashtiriladi.

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ma’lumki, 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovlari jarayonida Tarix va Geografiya fanlaridan yozuvsiz xarita, jadval, rasmli test topshiriqlari qo‘llanilgan edi.
Abituriyentlarning test topshiriqlarini tez anglay olishi, fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida endilikda yana chet (ingliz, nemis, fransuz) tillaridan ham holatni ifodalashda rasmli test topshiriqlari shakllantirilmoqda. Bu odatdagi talabdan ancha oson bo‘ladi, deganidir.
Shuningdek, Biologiya va Kimyo fanlaridan rasmli test topshiriqlari soni ko‘paytirilmoqda.
Bulardan tashqari, Ona tili va adabiyotdan mustaqil o‘qish uchun tavsiya qilingan badiiy asarlardan va fanga oid chizmali test topshiriqlari sonini ko‘paytirish ustida harakatlar olib borilmoqda.
Kimyo fanidan shakllantirilayotgan test topshiriqlari tarkibida nazariy savollar sonining oshirilishi va laboratoriya ishlariga oid test topshiriqlarini yaratish jarayonlari davom etayapti.
Soddalashtirish ishlari Fizika fani bo‘yicha ham amalga oshirilmoqda va bu quyidagi ko‘rinishda aks etadi:
— o‘tgan yillarda o‘tkazilgan qabul test sinovlarining mazkur fan bo‘yicha natijalari tahlili hamda fuqarolar murojaatlari inobatga olingan holda Fizika fanidan birinchi qiyinlik darajasidagi (eng oson) test topshiriqlari soni 6 tadan 10 tagacha ko‘paytiriladi;
— jami test topshiriqlari tarkibida nazariy test topshiriqlarining ulushi oshiriladi;
— abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida “Doimiy fizik kattaliklar jadvali” ishlab chiqildi va u test sinovlari jarayonida taqdim etiladi.
Qayd etish joizki, umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirishda keltirib o‘tilgan o‘zgarishlar keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar o‘rganilgan, tahlil qilingan holda, ularning istaklariga muvofiq joriy etiladi.


Тестовые задания, используемые на вступительных экзаменах в этом году, будут упрощены по сравнению с тестовыми заданиями, использовавшимися в предыдущие годы.

Об этом сообщается на официальном сайте Государственного испытательного центра.
Известно, что в процессе испытаний при поступлении в высшие учебные заведения в 2019/2020 учебном году использовались неписаные карты, таблицы, наглядные проверочные задания по истории и географии.
Чтобы помочь абитуриентам быстрее понять тестовые задания и развить мыслительные способности, сейчас разрабатываются тесты с картинками для выражения ситуации на иностранных языках (английском, немецком, французском). А это значит, что это будет самое бредовое время года.
Количество контрольных работ по биологии и химии также увеличивается.
Кроме того, предпринимаются усилия по увеличению количества художественных и научно-обоснованных рисуночных тестов, рекомендуемых для самостоятельного чтения на родном языке и в литературе.
Продолжается процесс увеличения количества теоретических вопросов в структуре тестовых заданий по химии и создания тестовых заданий, связанных с лабораторными работами.
Упрощения делаются и в области физики, что выражается в следующем:
— количество тестов первого уровня сложности (самого легкого) по физике будет увеличено с 6 до 10 с учетом анализа результатов вступительных испытаний по данному предмету в предыдущие годы и обращений граждан;
— будет увеличена доля теоретических тестов в общем количестве тестовых заданий;
— Для удобства абитуриентов разработана «Таблица постоянных физических величин», которая будет представлена ​​в процессе тестирования.
Следует отметить, что изменения в формировании тестовых заданий по общеобразовательным предметам изучаются, анализируются и реализуются в соответствии с пожеланиями широкой общественности.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 5
  1. Guloro Hamroqulova

    Assalom-u aleykum.Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonida 5ta fan emas,faqat 2ta mutaxasislik fanlaridan bo‘lib o‘tadi degan gap bor.Savolim:
    bu ma’lumotlar qanchalik rost yoki yolg‘on?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, bu ma’lumotlar hozircha tasdiqlanmagan.

  2. Naraliev Bobirbek Nodirbekovich

    Ассалому алайкум укам хозирда Москва да ишламокда 1993 йил тугилган. Имтихонда онлайн топширса буладими? Иложи булса тартиби кандай булди. Тест марказнинг телефон рака лари кутармаябти, илтимос ердам беринг.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, Otmga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin, ammo imtihonlar belgilangan vaqtda, belgilangan obektlarda o‘tkaziladi. Bunda abituriyentlar o‘rtasidagi masofa 3 metr bo‘lishi ta’minlanadi.

  3. Marqayev SHoxrux

    Assalomu alaykum ismim shoxrux bu yil abiturentlarga qanday qulayliklar bor har qanday yonalishgA ham ikkita fandan test boladimi va nechta joyga topshirish mumkin

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: