Yuridik universitetga o‘qishni ko‘chirish uchun necha ball to‘plash kerak? (Jadval)

Yuridik universitetga o‘qishni ko‘chirish uchun necha ball to‘plash kerak? (Jadval)

2021/2022 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirish bo‘yicha o‘tish balli test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 56 foizi etib belgilandi.

Yuridik universitetga o`qishni ko`chirish uchun necha ball to`plash kerak (Jadval)
Ma’lumot uchun, 2020/2021 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti fakultetlarining kirish ballari o‘zbek guruhlariga 170 balldan hamda rus guruhlari 150 balldan yuqori bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, 2020/2021 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali 100 ball etib belgilangan. Mazkur o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassalaridan Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishni ko‘chirishni so‘rab 391 nafar fuqarolar murojaat qilgan bo‘lib, bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalaridan 65 nafar fuqarolardan o‘qishni Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirish bo‘yicha kelib tushgan.
Ma’lumot o‘rnida: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi yuridik fakultetlar mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari, ya’ni Termiz davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Namangan davlat universiteti hamda Qoraqalpoq davlat universitetiga xorijdan yoki O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 35 foizi etib belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyundagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Filialda ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini Filialga ko‘chirish mumkin emas.


В 2021/2022 учебном году проходные баллы по переводу обучающихся из зарубежных высших учебных заведений, а также филиалов и негосударственных высших учебных заведений, действующих на территории Республики Узбекистан, в Ташкентский государственный юридический университет 56% от максимально возможного балл за комплекс и последовательность дисциплин.

Для сведения, в 2020/2021 учебном году вступительные баллы на факультеты Ташкентского государственного юридического университета были выше 170 баллов для узбекских групп и 150 баллов для русских групп.

Следует отметить, что в 2020/2021 учебном году проходной балл при переводе из зарубежных высших учебных заведений в Ташкентский государственный юридический университет установлен на уровне 100 баллов. В текущем учебном году в зарубежные высшие учебные заведения для перевода на обучение в Ташкентский государственный юридический университет обратились 391 гражданин, а также 65 граждан из государственных высших учебных заведений Республики Узбекистан зимой в Ташкентский государственный юридический университет.
Для справки: Высшие учебные заведения с юридическими факультетами в системе Министерства высшего и среднего специального образования, т.е. Термезский государственный университет, Самаркандский государственный университет, Наманганский государственный университет и Каракалпакский государственный университет Переводной балл при переводе из негосударственного высшего образования учреждений в Узбекистане устанавливается на уровне 35% от максимально возможного балла.
Также в соответствии с Положением о порядке приема в Специализированный филиал Ташкентского государственного юридического университета, утвержденным постановлением Кабинета Министров от 12 июня 2019 года № 490, студенты, обучающиеся в Филиале, могут переводиться в другие высшие учебные заведения, а также студенты других высших учебных заведений не могут быть переведены в Филиал.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. oydin tuxliboyeva

    grandga qabul qilinadiganlar sonini kopaytirsa yaxshi bolar edi

  2. Go'zal

    Yuridik universitetda qizlar ham o’qisa bo’ladimi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: