Chet elda o‘qish uchun nima qilish kerak?

Chet elda o‘qish uchun nima qilish kerak

Xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni xohlamaydigan abituriyent bo‘lishi mumkin emas. Ishonamanki, saytimiz foydalanuvchilarining har biri ham qaysidir xorijiy o‘quv yurtida o‘qib kelishni qachondir orzu qilgan.

Umuman, ingliz tilini ta’limiy maqsadlarda o‘rganishga kirishgan har bir abituriyent ingliz tilida jonli muloqot, darslar va seminarlar o‘tkaziladigan xorijiy davlatlarda oz muddatga bo‘lsa ham borib, tahsil olishni xohlaydi.

Abituriyentlarning xorijiy davlatlar o‘quv yurtlariga qabul qilinishining asosiy ikki yo‘li bor: to‘liq to‘lov-kontrakt shartnomasi asosidagi o‘qishga ketish va o‘qish xarajatlari to‘liq universitet yoki boshqa biror tashkilot tomonidan qoplanadigan imtiyozli grant dasturlari yordamida tahsil olish uchun xorijga borish.

Albatta, puldan muammo bo‘lmasa, xorijning deyarli har qanday o‘quv yurtiga hech qanday muammosiz o‘qishga qabul qilinish mumkin. Odatda xorijiy universitet va institutlar talabalarning bir yillik o‘qishlari uchun to‘lovlari ichiga talabalarning yil davomida yotoqxona (campus)da yashashlari, qo‘shimcha darslarga qatnashishlari (zaruriy holatlarda), kitoblardan foydalanishlari va boshqa xarajatlarni kiritgan holda ko‘rsatishadi. Hozirgi narxlarda Yevropa davlatlaridagi o‘rtacha nufuzga ega bo‘lgan, oddiy universitetda o‘qishning bir yillik narxi tahminan 60 000 – 120 000 dollar oralig‘idagi summani tashkil qiladi. Avvalroq aytib o‘tilganidek, bu narx talabaning bir yillik yashashi, kitoblardan foydalanishi va boshqa xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

To‘liq o‘zining hisobidan, pul to‘lab o‘qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun universitetlar mahsus grant dasturlar (scholarships)ni joriy qilgan bo‘lishi ham mumkin. Bunda talabalar mahsus imtihondan o‘tkaziladi, o‘zlarining mutaxassisliklari asosida sinaladi va muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar to‘lov-kontrakt summasining ma’lum bir qismini to‘lamaslik (chegirma) sharti bilan o‘qishga qabul qilinadi. Misol uchun, grantsiz talabalar bir yil o‘qish uchun 60 ming dollar to‘lashlari talab qilinsa, mahsus imtihonlardan o‘tib, o‘z bilimini namoyish eta olgan talabalar 45-55 ming dollar atrofidagi kamaytirilgan summani to‘lash asosida universitega qabul qilinishi mumkin. Odatda bunga o‘xshash chegirmalarning imtihonlari qiyin bo‘lishiga qaramasdan, chegirib tashlanadigan summa ahamiyatli darajada katta bo‘lmaydi. Ammo xalqaro talabalar uchun har qancha arzonlashtirilgan narx ham juda katta yordam bo‘lishi mumkin.

Xorijiy universitetlarda o‘qishning yana bir erishish juda qiyin bo‘lgan, ammo shu bilan birga juda hayajonli imkoniyati – bu o‘qish xarajatlari to‘liq universitet tomonidan qoplanadigan imtiyozli grantga ega bo‘lish asosida o‘qishdir. Bu turdagi imkoniyatni qo‘lga kiritgan talabalar universitetlarda butunlay bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ular o‘qish davrida har qanday to‘lovlardan ozod etilishadi va ba’zan, talabaning vatanidan universitet joylashgan shahargacha hamda o‘qish so‘ngida universitet joylashgan shahardan talabaning vatanigacha bo‘lgan avia bilet (uchish harajatlari) ham universitet tomonidan to‘liq qoplanadi. Bunday yaxshi ta’lim imtiyoziga ega bo‘lish uchun talabalarga juda katta talablar qo‘yiladi. Ular bir necha bosqichli imtihonlardan o‘tib, talab etilgan sohada o‘zlarining ilmli ekanliklarini namoyish etishlari, ularga ajratilayotgan grant summasiga haqiqatdan ham munosib darajada bilimli ekanliklarini isbotlashlari kerak bo‘ladi. Hamma xorijiy universitetlar ham bunday imkoniyatni taqdim etavermaydi. Ko‘p hollarda universitetlar emas, balki xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlar xalqaro talabalar uchun shunday grant dasturlarni taklif qiladi.

Siz xorijda o‘qishni xohlaysi va yuqorida aytib o‘tilgan ikki usuldan biri asosida xorijga o‘qish uchun ketishga ahd qildingiz. Imtiyozli grantlar va chegirmalarni qayerdan topish mumkin?

Birinchi navbatda o‘zingiz o‘qishni xohlagan, yoki shunchaki o‘qishga qiziqayotgan universitetni tanlab oling. Buning uchun erinmasdan Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa joylardagi nufuzli universitetlarning rasmiy saytlarini ko‘rib chiqing. Universitetlar ro‘yxati va har birining rasmiy saytlari haqidagi ma’lumotni mana bu yerdan olasiz:

AQShdagi barcha universitetlar ro‘yxati, ular haqida to‘liq ma’lumot va rasmiy sayti

Angliyadagi barcha universitetlar ro‘yxati, ular haqida to‘liq ma’lumot va rasmiy sayti

Avstraliyadagi barcha universitetlar ro‘yxati, ular haqida to‘liq ma’lumot va rasmiy sayti

Malayziyadagi barcha universitetlar ro‘yxati, ular haqida to‘liq ma’lumot va rasmiy sayti

O‘zingizga ma’qul bo‘gan universitetni topib olish uchun universitet rasmiy saytining “International Students” (“Xalqaro talabalar”), yoki “Scholarships” (“Imtiyozli grantlar”) bo‘limlaridagi ma’lumotlarni o‘qib chiqing. Bu bo‘limlarda chegirma olishni xohlovchi talabalar uchun ma’lumotlar, chegirma shartlari, to‘liq imtiyozli grantlar (agar bo‘lsa), o‘qish uchun qancha pul to‘lanishi kerakligi (aniq summalarda), to‘lov o‘z ichiga nimalarni olishi va hokazo foydali ma’lumotlar berilgan bo‘ladi.

Misol uchun, Angliyadagi Brighton Universiteti rasmiy www.brighton.ac.uk saytiga tashrif buyuramiz. Ilk sahifadanoq, asosiy menyuda “International Students” bo‘limining borligini ko‘ramiz. Bu yerda universitetga turli chet davlatlardan kelib o‘qishni xohlagan talabalar uchun barcha kerakli ma’lumotlar berilgan.

Xorijiy davlatlarda to‘lovsiz, to‘liq imtiyozli grant asosida o‘qishga ketishning yana bir yaxshi usuli, shu turdagi imtiyozni beruvchi grant dasturlarni xorijiy davlatlar elchixonalari saytining xalqaro ta’limiy aloqalarga ajratilgan bo‘limidan qidirishdir. Bu juda oson: o‘zingiz o‘qishni xohlagan davlatning O‘zbekistondagi elchixonasi saytiga kirasiz va shu davlatda o‘qish imkoniyatini beruvchi grant dasturlar bilan tanishib chiqasiz. Odatda elchixona saytida faqat to‘liq imtiyozli grantlarga imkoniyat yaratib beruvchi dasturlar o‘rin oladi. Sizning qiladigan ishingiz elchixona saytiga kirish, grant dasturlarining shartlari bilan tanishib chiqish va agar mos kelsangiz, belgilangan vaqtgacha o‘zingiz tanlagan grant dasturiga barcha shartlarni qanoatlantirgan holda xujjatlarni topshirish bo‘ladi. Xorijiy davlatlarning Toshkentdagi elchixonalari saytlarini Google saytida “XXX embassy in Tashket” deb qidirish orqali topishingiz mumkin. “XXX” o‘rnida istalgan xorijiy davlat nomini yozing. Masalan, “Australia embassy in Tashkent”.

Toshkentdagi AQSh va Angliya elchixonlarining rasmiy saytlari:

AQSh elchixonasi sayti: uzbekistan.usembassy.gov

Angliya elchixonasi sayti: www.gov.uk/government/world/organisations/british-embassy-tashkent

O‘zingizga ma’qul bo‘lgan grant dasturini tanlang va uning shartlarini qanoatlantirish hamda xorijda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun imkoningiz boricha harakat qiling. O‘zingiz istagan xorijiy o‘quv yurtida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishingizga tilakdoshman!


Невозможно быть абитуриентом, который не хочет учиться в престижных зарубежных вузах. Я уверен, что каждый пользователь нашего сайта всегда мечтал учиться в зарубежном вузе.

В общем, каждый абитуриент, который начинает изучать английский язык в учебных целях, хочет учиться, пусть и непродолжительное время, в чужой стране, где проходят живые беседы на английском, занятия и семинары.

Существует два основных способа поступления абитуриентов в зарубежный вуз: обучение на очной договорной основе и обучение по льготным грантовым программам, стоимость которых полностью покрывается вузом или другой организацией.

Конечно, если с деньгами проблем нет, можно без проблем поступить практически в любой зарубежный вуз. Как правило, зарубежные университеты и институты включают в студенческую плату год обучения, который включает в себя проживание студентов в кампусе, посещение дополнительных занятий (при необходимости), пользование книгами и другие расходы. В текущих ценах среднегодовая стоимость обучения в среднестатистическом университете Европы составляет от 60 000 до 120 000 долларов. Как упоминалось ранее, эта цена включает в себя проживание студента в течение одного года, использование книг и другие расходы.

За свой счет вузы могли вводить специальные стипендиальные программы для иностранных студентов, желающих обучаться на платной основе. В этом случае студенты сдают специальный экзамен, проходят тестирование по своей специализации, и студенты, успешно сдавшие экзамен, зачисляются при условии невыплаты (скидки) определенной части суммы контракта. Например, если по грантам требуется платить 60 000 долларов в год, студенты, способные продемонстрировать свои знания на специальных экзаменах, могут быть приняты в университет по льготной плате в размере около 45 000–55 000 долларов. Хотя экзамены на такие скидки обычно сложны, сумма франшизы незначительна. Но для иностранных студентов любая скидка может стать большим подспорьем.

Еще одна очень сложная, но очень увлекательная возможность обучения в зарубежном вузе – обучение на основе льготного гранта, стоимость которого полностью покрывается вузом. Студенты, которые воспользуются такой возможностью, получат возможность учиться в университетах бесплатно. Они освобождены от любых сборов во время учебы, а иногда иавиаперелет (расходы на перелет) из страны проживания студента в город, где расположен университет, и в конце периода обучения из города, где расположен университет, в страну проживания студента также полностью покрываются университетом. Есть много требований к студентам, чтобы иметь такую ​​хорошую образовательную привилегию. Им придется сдать ряд экзаменов, чтобы продемонстрировать свои знания в нужной области, доказав, что они действительно компетентны на сумму выделенного им гранта. Не все зарубежные университеты предлагают такую ​​возможность. Во многих случаях такие грантовые программы для иностранных студентов предлагают не университеты, а иностранные государственные и неправительственные организации.

Вы хотите учиться за границей и решили поехать учиться за границу одним из двух способов, упомянутых выше. Где найти льготные гранты и скидки?

Прежде всего, выберите университет, в котором вы хотите учиться или просто заинтересованы в учебе. Для этого не стесняйтесь заглянуть на официальные сайты престижных университетов Европы, Америки, Австралии и других стран. Список университетов и официальные сайты каждого из них можно найти здесь:

Список всех университетов США, полная информация о них и официальный сайт

Список всех университетов Великобритании, полная информация о них и официальный сайт

Список всех университетов Австралии, полная информация о них и официальный сайт

Список всех университетов Малайзии, полная информация о них и официальный сайт

Чтобы найти интересующий вас вуз, ознакомьтесь с информацией на официальном сайте вуза в разделе «Иностранные студенты» или «Стипендии». В этих разделах размещена информация для студентов, желающих получить скидку, условия предоставления скидки, полные льготные гранты (если есть), сколько платить за обучение (в точных суммах), оплата, что брать и т.д. будет дана полезная информация.

Например, мы посещаем официальный сайт Брайтонского университета в Великобритании, www.brighton.ac.uk. С первой страницы мы видим, что в главном меню есть раздел «Иностранные студенты». На нем представлена ​​вся необходимая информация для студентов, желающих учиться в университете из разных стран.

Еще один хороший способ учиться за границей на бесплатной, полноценной грантовой основе – искать грантовые программы, предлагающие данный вид привилегий, в разделе о международных образовательных связях на сайте иностранных посольств. Это очень просто: зайдите на сайт посольства страны, которую вы хотите обучать в Узбекистане, и ознакомьтесь с грантовыми программами, которые позволяют вам учиться в этой стране.Обычно на сайте посольства предлагаются только программы, позволяющие получить полные льготные гранты. Все, что вам нужно сделать, это посетить веб-сайт посольства, ознакомиться с условиями грантовых программ и, если применимо, подать документы в выбранную вами грантовую программу до установленного срока. Вы можете найти веб-сайты иностранных посольств в Ташкенте, выполнив поиск «XXX посольства в Ташкенте» в Google. Введите название любой другой страны вместо «XXX». Например, «Посольство Австралии в Ташкенте».

Официальные сайты посольств США и Великобритании в Ташкенте:

Сайт посольства США: uzbekistan.usembassy.gov

Веб-сайт посольства Великобритании: www.gov.uk/government/world/organisations/british-embassy-tashkent.

Выберите подходящую вам грантовую программу и постарайтесь выполнить ее условия и получить возможность учиться за границей. Желаю тебе возможности учиться в любом зарубежном вузе!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 12
  1. Asliddin

    Yordam kerak o‘qishga topshirolmadim

  2. Лола

    Укишга топширмоксиман англия га. Нархи жуда баланд

  3. Rahmatulloh Abuzarov

    :idea:

  4. Rahmat

    :idea:

  5. Mahliyo Sherqobilova

    Mening angliyaga oqishga topshirish niyatim bor faqat qanday qilib grant asosida òqishim mumkin shu savol qiynayapti :?:

    1. Zebo

      Men ham uqimoqchiman nima qilsam buladi grant asosida uqish uchun chet davlatda

  6. Aziza Yuldasheva

    Men germaniyada o’qish uchun nima qilsam boladi va qanday onlayn ariza qilishni bilmayabman

  7. Dinara

    O’qishga topshirishga yordam berolidiganla bormi chet elga

  8. Kumush Erkinjanovna

    Chet elga oqiishga topshirmoqchiman va Grant. Asosida. Oqimoqchiman. NIMA qilsam boladi qande topshiraman

  9. Nozanin

    QANDAY qilib grand asosida uqish mumkin

  10. Shahnoza

    Man buyuk britaniyaga oqishga topshirmoqchiman lekin narxlari judayam qimmat ekan

  11. Mehroj

    Qanaq qb grant asosida oqisa boladi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: