Ta’lim krediti haqida barcha savollarga javoblar

Umumta’lim muassasalarida psixolog kadrlarning maoshi qancha?Ta’lim krediti haqida barcha savollarga javoblar
Telegramda o'qish

Ta’lim kreditini olish uchun huquqiy asos, kredit miqdori, to’lash muddati, foizi, kimlarga beriladi, kredit ta’minoti qanday, qanday hujjatlar kerak kabi savollarga javob topasiz.

Huquqiy asos:

Vazirlar Mahkamasining 26.07.2001 yildagi “Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlari berish to’g’risida”gi 318-sonli qarori

Kredit miqdori:

Talaba va OTM o’rtasida tuzilgan to’lov-kontrakt shartnomasi miqdorida

Muddati:

Bakalavr bosqichi uchun — 10 yilgacha, magistratura bosqichi uchun — 5 yilgacha.

Foizi:

Ikki xil kategoriya bo’yicha turli foizlarda beriladi:

a) chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga — nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);

b) talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo’lmagan miqdorda (hozir 16%).

Kimlarga beriladi:

OTMlarga to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o’zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga.

Kredit ta’minoti:

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilardan biri yoki bir nechtasi taqdim etilishi mumkin:

a) mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlarni garovga qo’yish;

b) bankning kafolati;

d) uchinchi shaxsning kafilligi;

e) sug’urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi;

f) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin yetimlar va «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun).

Qanday hujjatlar kerak?

Ta’lim kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;

b) talaba va OTM o’rtasidagi shartnoma (kontrakt);

d) mahalladan yashash joyi to’g’risida ma’lumotnoma:

e) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to’g’risida hujjat;

f) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar tegishli tasdiqlovchi hujjat.

Ariza qancha vaqtda ko’rib chiqilishi kerak?

Ariza bank tomonidan 10 ish kunida ko’rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar kredit berilmasligi to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko’rsatilgan yozma xulosa berishi lozim. Sizga shunchaki og’zaki rad javobi berishlariga yo’l qo’ymang. yozma ariza qoldiring va banklar albatta asoslangan yozma javob berishsin. Bu kelgusida asossiz rad qilinganlik uchun shikoyat qilish huquqini beradi.

Kredit qachon to’lanadi?

Ta’lim kreditlari bo’yicha mablag’lar har yarim yilda yillik kontrakt miqdorini ikki teng qismga bo’lish yo’li bilan o’tkaziladi. Bunda, 1-kurslar uchun 1-yarim yillikda 1 oktyabrgacha, 2-yarim yillikda 15 martgacha to’lanishi mumkin. 2-kursdan boshlab sentyabr va mart oyining 5-sanasidan kechiktirilmasdan to’lanadi.

Kam ta’minlanganlar uchun imtiyoz bormi?

Kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan talabalar uchun kredit bo’yicha qo’shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’laridan to’lanadi.

Maxsus sirtqi, kechki va sirtqi ta’lim uchun ham ta’lim krediti olsa bo’ladimi?

Nizomga ko’ra, ta’lim krediti faqat kunduzgi bo’limlarda o’qiyotgan talabalarga beriladi. Shunga ko’ra, maxsus sirtqi, kechki va sirtqi bo’limlar uchun ta’lim krediti ajratish nazarda tutilmagan.

Xorijlik fuqarolar ham ta’lim krediti olishi mumkinmi?

Yo’q. Nizomga ko’ra, ta’lim krediti faqat O’zbekiston fuqarolariga beriladi. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ham Nizomda nazarda tutilmagan.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi?

Yo’q. Lekin banklar super-kontrakt uchun kattaroq foizlarda oddiy kredit berishi mumkin. Buni o’zlari hal qiladi.

Agar talaba talabalar safidan chetlatilsa nima bo’ladi?

Agar talaba o’qish davri tugamasdan talabalar safidan o’chirilsa, OTM rahbariyati rektor (direktor)ning buyrug’i chiqqan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida bu haqda bankka xabar berishi kerak, qarz oluvchi esa o’z navbatida uch oy muddatda ta’lim krediti va unga qo’shilgan foizlar bo’yicha qarzlarni to’liq qaytarishi lozim. Talabaning talaba safidan chiqarilishi OTM tomonidan bankka o’z vaqtida ma’lum qilinmagan taqdirda, OTM ushbu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka to’lashga majbur.
Faqat ushbu shartlar shartnomada aks etgan bo’lishi kerak.

Kreditni muddatidan oldin yopsa bo’ladimi?

Ha, kreditni muddatdan oldin qaytarish mumkin.


Вы найдете ответы на такие вопросы, как юридическое основание для получения студенческого кредита, сумма кредита, срок выплаты, проценты, кому он предоставляется, чем обеспечивается кредит, какие документы необходимы.
Законное основание:
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26.07.2001 г. № 318 «О выдаче образовательных кредитов на оплату обучения в высших учебных заведениях».
Величина займа:
В размере договора возмездного оказания услуг между студентом и университетом
Продолжительность:
Для бакалавриата – до 10 лет, для магистратуры – до 5 лет.
Процент:
Разные проценты даны в двух разных категориях:
а) для настоящих сирот, детей, воспитывающихся в «детских домах», и детей-инвалидов I и II групп — беспроцентная ставка (беспроцентная ссуда);
б) для остальных категорий обучающихся — в размере, не превышающем действующую ставку рефинансирования Центрального банка (в настоящее время 16%).
Кому дается:
Студентам, их родителям или опекунам, поступающим в вузы на платной основе.
Обеспечение кредита:
В качестве залога по кредиту может быть предоставлено одно или несколько из следующих:
а) залог имущества или ценных бумаг;
б) банковская гарантия;
г) гарантия третьей стороны;
e) страховой полис, которым страховая компания страхует заемщика от риска неисполнения обязательств;
е) гарантии органов самоуправления граждан (только для детей-сирот и детей, воспитывающихся в детских домах, детей-инвалидов I и II групп и из малообеспеченных семей).
Какие документы мне нужны?
Для получения образовательного кредита в банк необходимо предоставить следующие документы:
а) заявление;
б) договор между обучающимся и университетом;
г) справка с места жительства из махалли:
д) подтверждение погашения кредита;
f) Лица, имеющие право на получение льготных кредитов на образование.
Сколько времени занимает обработка заявки?
Заявление должно быть рассмотрено банком в течение 10 рабочих дней с подписанием кредитного договора. В случае принятия решения об отказе в предоставлении кредита заявитель должен предоставить письменное заявление с указанием причин отказа в предоставлении кредита. Не позволяйте им просто на словах отвергнуть вас. Оставьте письменную заявку и позвольте банкам ответить письменно на основе курса. Это дает вам право обжаловать необоснованный отказ в будущем.
Когда будет погашен кредит?
Финансирование студенческих кредитов перечисляется каждые шесть месяцев путем деления годовой суммы контракта на две равные части. В этом случае студенты 1 курса могут получать оплату до 1 октября в 1 семестре и до 15 марта во 2 семестре. Начиная со 2-го года она будет выплачиваться не позднее сентября и 5 марта.
Есть ли льготы для бедных?
Студентам из малообеспеченных семей 50% процентов по кредиту выплачивается районными Центрами занятости и социальной защиты населения из средств Государственного фонда содействия занятости населения.
Можно ли получить студенческий кредит на специальное заочное, вечернее и заочное обучение?
По регламенту образовательные кредиты выдаются только студентам очной формы обучения. Соответственно, не предусмотрен образовательный кредит для специальных заочных, вечерних и заочных отделений.
Могут ли иностранцы также получить кредит на образование?
Нет. По регламенту образовательные кредиты выдаются только гражданам Узбекистана. Лица без гражданства также не подпадают под действие Хартии.
Можно ли получить студенческий кредит по суперконтракту?
Нет. Но банки могут предоставлять простые кредиты по более высоким процентным ставкам для суперконтрактов. Они сами решат.
Что будет, если студента отчислят?
В случае отчисления студента до окончания срока обучения администрация вуза должна уведомить об этом банк в течение 10 рабочих дней со дня издания приказа ректора (директора), а заемщик, в свою очередь, должен пройти обучение в течение трех месяцев. должен полностью погасить кредит и проценты по нему. Если об отчислении студента не будет своевременно уведомлен банк университетом, университет обязан уплатить банку проценты за этот период.
Только эти условия должны быть отражены в договоре.
Можно ли погасить кредит досрочно?
Да, кредит можно погасить досрочно.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Mardanov Ilhom

    Meni farzandim Xitoy davlatida o’qiydi, men bolamni o’qitish uchun ta’lim krediti olishim mumkinmi?

  2. Xamdamova Durdona

    Opam va men ikkimiz shartnoma asosida o’qishga kirganmiz. Hozirda 2 kurs talabasimiz ikkimiz ham. Pandimiya sababli kontrakt pulini yo’lolmaymiz va nima qilishimizni ham bilmaymiz,sababi dadam ham karonavirusga chalinganligi sababli axvollari yaxshi emas. Bunday oaytda biza nima qilishni gam bilmayapmiz. Chunki opam ikkimiz ham ishlamaymiz. Oilada faqat dadam ishlar edila. Ta’lim krediti olsak imtiyozlar berishadimi.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Murojaat qilib ko’ring, noumid bo’lmaslik kerak

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: