DTM Bu yil maksimal ball olganlar nega ko‘p bo‘lganligini izohladi

DTM Bu yil maksimal ball olganlar nega ko‘p bo‘lganligini izohladi

2020-2021-o‘quv yilida o‘tkazilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 240 614 (95,1%) nafar abituriyent ishtirok etdi. Ular orasida maksimal ball (189 ball) olganlar ham ko‘p kuzatildi.

Buni ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda bir yoqlama talqin qilish holatlari kuzatilmoqda. Shulardan kelib chiqqan holda holatga aniqlik kiritish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Bo‘lib o‘tgan test sinovlari natijalarini tahlil qilish davomida maksimal ball olgan abituriyentlar soni avvalgi yillarga qaraganda ko‘payganligi aniqlandi. Buning bir necha sabablari bor. Ma’lumki, mamlakatimizda pandemiya sharoitida joriy etilgan karantin cheklovlari davrida boshqa sohalar kabi ta’limda ham, jumladan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va abituriyentlarning puxta tayyorgarlik ko‘rishlarida murakkab vaziyatlar yuzaga keldi.

Holatlarni hisobga olgan holda va abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz rahbarligida, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan bir qator yig‘ilishlarda kirish imtihonlarini soddalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi hamda muhim qarorlar qabul qilindi. Shulardan kelib chiqib, kirish imtihonlari jarayonida abituriyentlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratildi. Ularga to‘xtalib o‘tamiz:

👉 2019-yildan boshlab umumta’lim fanlaridan test savollari to‘plami nashr etildi va ushbu to‘plamda ishlatilgan savollar bazasining 20 foizidan ko‘prog‘i kirish test jarayonlarida foydalanildi.

👉 Telegram tarmog‘ida e-sinov tizimidan abituriyentlarga bepul foydalanish imkoniyati yaratildi (test sinovlariga qadar 1,4 mlndan ortiq abituriyent ushbu xizmatdan bepul foydalandi).

👉 Test topshiriqlari soddalashtirildi. Bunda avvallari qo‘llanilgan 4-daraja qiyinlikdagi (eng qiyin) savollar umuman olib tashlandi, bu yil ular ishlatilmadi, 3-darajali savollar soni kamaytirildi va 1-darajali savollar soni tegishli ravishda oshirildi (12 ta savol – 1 darajali, 12 ta savol – 2 darajali, 6 ta savol – 3 darajali). Shuningdek, barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha nazariy savollarning soni ko‘paytirildi, o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlariga oid, rasmli, xaritali va jadvalli test topshiriqlari soni oshirildi.

👉 Milliy va xalqaro sertifikatlarning tegishli darajasiga, pandemiya davrida ishlab chiqilgan IELTS Indicator sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun ham maksimal ball berish belgilandi.

👉 Xalq ta’limi vazirligi va Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun “Onlayn repetitor” teledasturlari muntazam efirga uzatildi.

👉 Joriy yil uchun istisno tariqasida test sinovi topshiriladigan 5 ta fandan 2 ta mutaxassislik fani qoldirildi.

👉 Har bir to‘g‘ri deb topilgan javobga ball berish tizimi o‘zgartirilib, birinchi va ikkinchi fan uchun mos ravishda 3,2 hamda 3,1 balldan berildi, oldingi yillardagi kabi 1,1 ball berish qo‘llanilmadi.

👉 Test sinovlarini topshirish uchun ajratilgan vaqt me’yori oshirilib, amaldagi tartibda ko‘rsatilgan 2 soat o‘rniga 3 soat etib belgilandi.

Test sinovi qanchalik murakkab jarayon bo‘lmasin, qayd etilgan o‘zgarish va taqdim etilgan imkoniyatlar abituriyentlarning yuqori natijaga erishishiga asosiy sabab bo‘lib xizmat qildi.


В 2020-2021 учебном году 1 240 614 (95,1%) абитуриентов сдавали вступительные экзамены в бакалавриат государственных высших учебных заведений. Среди них отмечен самый высокий балл (189 баллов).

В некоторых социальных сетях существует однобокая трактовка этого. Исходя из этого, считаем целесообразным внести ясность в ситуацию.

Анализ результатов испытаний выявил, что количество абитуриентов, набравших максимальный балл, увеличилось по сравнению с предыдущими годами. На это есть несколько причин. Известно, что во время введенных в нашей стране карантинных ограничений в условиях пандемии, как и в других сферах образования, в том числе при подготовке и проведении вступительных экзаменов в бакалавриат в высшие учебные заведения, у абитуриентов возникали сложные ситуации.

С учетом сложившихся обстоятельств и в целях поддержки абитуриентов на ряде совещаний, проведенных под руководством Президента, Администрации Президента и Кабинета Министров даны поручения по упрощению вступительных экзаменов и приняты важные решения. Исходя из этого, было создано больше возможностей для абитуриентов во время вступительных экзаменов. Вот некоторые из них:

👉 По состоянию на 2019 год опубликован набор тестовых вопросов по общеобразовательным предметам, и более 20% базы вопросов, используемых в этом наборе, использовано в процессах вступительных испытаний.

👉 Сеть Telegram предоставляет бесплатный доступ к системе электронного тестирования для абитуриентов (до тестирования сервисом бесплатно воспользовались более 1,4 млн абитуриентов).

👉 Упрощены тестовые задания. При этом ранее использовавшиеся вопросы 4-го уровня сложности (самые сложные) были удалены вообще, в этом году они не использовались, количество вопросов 3-го уровня уменьшено и соответственно увеличено количество вопросов 1-го уровня (12 вопросов — уровень 1, 12 вопросов — Уровень 2, 6 вопросов — Уровень 3). Также увеличено количество теоретических вопросов по всем общеобразовательным предметам, увеличено количество рисуночных, картографических и табличных тестовых заданий, связанных с учебно-лабораторной работой.

👉 Также установлены максимальные баллы для абитуриентов, имеющих соответствующий уровень национальных и международных сертификаций, а также сертификат IELTS Indicator, разработанный во время пандемии.

👉 Министерство народного образования и Государственный центр тестирования регулярно транслируют телепередачи «Онлайн-репетиторство» для подготовки абитуриентов к тестированию.

👉 В виде исключения в этом году 2 предмета специальности из 5-ти предметов, подлежащих тестированию, были исключены.

👉 Система начисления баллов за каждый правильный ответ была изменена на 3,2 и 3,1 балла по первому и второму предметам соответственно, а 1,1 балла не использовались, как в предыдущие годы.

👉 Время, отведенное на прохождение теста, увеличено до 3 часов вместо нынешних 2 часов.

Каким бы сложным ни был процесс тестирования, отмеченные изменения и предоставленные возможности стали основными причинами высоких результатов абитуриентов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: