Kirish imtihonlari yakunlanmoqda. Mandat arafasida abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?

Kirish imtihonlari yakunlanmoqda. Mandat arafasida abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?

2–13 sentabr kunlari respublika bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda 1,5 millionga yaqin abituriyent OTMlardagi 140 mingga yaqin o‘rin uchun kurashdi.

Bugun, 13 sentabr kuni esa OTMlarga kirish imtihonlarining oxirgi kuni hisoblanadi. Quyida Kun.uz nashri tomonidan tayyorlangan abituriyentlardan eng ko‘p kelib tushayotgan savollarga javoblarni keltirib o‘tamiz.

Natijalar qachon aniq bo‘ladi?

Ayni paytda abituriyentlar o‘zlari to‘plagan ballarini imtihonning ertasigayoq bilib olishmoqda. Biroq abituriyent qaysi o‘rinda turganini bilish imkoniyati hali yaratilmadi.
Agar ob-havo sharoiti to‘siq bo‘lmasa, tana harorati yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar uchun 17 sentyabrda alohida imtihon tashkillashtirib beriladi.
Istisno tariqasida tashkillashtiriladigan imtihon 17 sentyabrda tugasa, kamida o‘sha kuni yoki undan oldinroq abituriyentlar to‘plagan baliga ko‘ra qaysi o‘rinda ekanini bilib olishi mumkin bo‘ladi.
18 sentyabrdan boshlab esa natijalar umumlashtirilib, tartiblash ishlari boshlanadi.
So‘ng bir hafta ichida – 24 sentyabrgacha bo‘lgan vaqtda tanlov natijalari, ya’ni abituriyentlarning talabalikka qabul qilingani haqidagi natijalarni e’lon qilish rejalashtirilgan.

Natijasidan norozi abituriyent nima qiladi?

Test sinovlari natijasidan norozi abituriyentlar Davlat komissiyasi belgilagan muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bilim va malakalarni baholash agentligi apellyatsiya shikoyatlarini ham onlayn qabul qilish ustida ishlanayotganini ma’lum qilgan.
Apellyatsiya uchun arizalar test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 10 kun muddatda qabul qilinadi. Abituriyent apellyatsiyaga xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi talab etiladi.
Apellyatsiya jarayonida abituriyentga u tomonidan bajarilgan test materiallari taqdim etiladi. Taqdim etilgan materiallar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.
Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.
Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bundan tashqari, agar abituriyent imtihon vaqtida test kitobchasidagi nuqsoni bor savollar haqida vaqtida nazoratchilarni ogohlantirmagan bo‘lsa, uning da’vosi apellyatsiyada inobatga olinmaydi.

Talabalikka qabul qilinganlar uchun qachondan o‘qish boshlanadi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi birinchi kurs talabalari uchun darslar 2 oktyabrdan, onlayn tarzda boshlanishini ma’lum qilgan.
Lekin o‘qishlar qachondan an’anaviy shaklga o‘tkazilishi hali noma’lum. Vazirlik matbuot xizmati boshlig‘i Farhod Babashev an’anaviy ta’limga 2-semestrdan boshlab qaytilishi mumkinligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil respublika OTMlarida kunduzgi shaklda o‘qiyotgan talabalar uchun 10 foiz chegirma e’lon qilingan.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga OTMlar 4 mln so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatishi, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan 4 mingdan ortiq talabaga kontraktning 35 foizi to‘lab berilishi ma’lum qilingan.


Вступительные экзамены прошли по всей стране со 2 по 13 сентября. Около 1,5 млн абитуриентов боролись за около 140 000 мест в вузах.

Сегодня, 13 сентября, последний день вступительных экзаменов в вузы. Ниже представлены ответы на наиболее часто задаваемые вопросы абитуриентов, подготовленные Kun.uz.

Когда будут результаты?

Абитуриенты теперь могут узнать свои баллы на следующий день после экзамена. Однако пока невозможно узнать, где находится заявитель.
Если погода не будет плохой, 17 сентября будет проведен специальный экзамен для абитуриентов с повышенной температурой тела.
В виде исключения, если экзамен завершится 17 сентября, как минимум в этот день или ранее, абитуриенты смогут узнать, где они находятся, исходя из своих баллов.
С 18 сентября будут подведены итоги и начнется сортировка.
Итоги конкурса планируется объявить в течение недели, до 24 сентября, т.е. результаты приема абитуриентов.

Что делает соискатель, недовольный результатом?

Абитуриенты, недовольные результатами тестирования, имеют право обратиться в письменной или электронной форме в Апелляционную комиссию, созданную при Государственном центре тестирования, в срок, установленный Государственной комиссией.
Государственный центр тестирования заявил, что также работает над приемом апелляций онлайн.
Апелляции принимаются в течение 10 дней после завершения теста. Заявитель обязан явиться к заявителю со своим паспортом и разрешением заявителя в день, указанный в уведомлении.
В процессе апелляции заявителю предоставляются материалы испытаний, выполненные им. На основании предоставленных материалов абитуриент письменно изложит свои ответы на каждое тестовое задание, которые он считает неверными.
Жалоба рассматривается апелляционной комиссией только в присутствии заявителя на основании его письменных ответов.
В случае неподтверждения письменных ответов поступающего апелляционная комиссия принимает решение оставить результаты испытаний без изменений и отказать в удовлетворении апелляции.
Кроме того, в случае, если абитуриент своевременно не уведомит руководителей о каких-либо вопросах в тестовой книжке, допущенных во время экзамена, его претензия не будет рассматриваться в апелляционном порядке.

Когда начинается зачисление?

Министерство высшего и среднего специального образования объявило, что 2 октября занятия для первокурсников начнутся онлайн.
На данный момент неизвестно, что он будет делать после ухода с поста. Пресс-секретарь министерства Фарход Бабашев заявил, что со второго семестра он может вернуться к традиционному обучению.
Следует отметить, что в этом году объявлена ​​скидка 10% для студентов очной формы обучения в высших учебных заведениях республики.
Также сообщалось, что вузы предоставят до 4 млн сумов материальной помощи студентам, нуждающимся в социальной защите, а более 4000 студентов, прошедших службу в Вооруженных Силах, получат 35% от суммы контракта.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: