Test boshlanmoqda, abituriyentlar uchun muhim eslatmalar

Test boshlanmoqda, abituriyentlar uchun muhim eslatmalar

Bugun 2-sentabrdan boshlab test sinovlari hamda ayrim yo‘nalishlarga ijodiy imtihonlar boshlanadi. 1 yarim million talabgorlar bilimda o‘z omadini sinab ko‘rishadi.

Shunga ko‘ra, Xushnudbek Xudoyberdiyev abituriyentlar uchun eng muhim eslatmalarni tayyorladi:

test sinovlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi:

1-smena — 08:00 dan 11:00 gacha;

2-smena — 17:00 dan 20:00 gacha.

abituriyentlarni testga kiritish:

1-smena — 06:30 dan;

2-smena — 15:30 dan boshlanadi.

Abituriyentlar testga kamida 1 soat vaqtliroq borgani o‘zlari uchun foydali.

kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi;

testga kirish uchun atigi 2 ta hujjat kifoya qiladi:

1) pasportning originali;
2) abituriyent ruxsatnomasi.

Pasport nusxasi (kopiya), haydovchilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar o‘tmaydi. Albatta pasportning originali bo‘lishi kerak;

abituriyent ruxsatnomasini abitur.dtm.uz saytidagi abituriyentning shaxsiy kabinetidan yuklab olish mumkin (yo‘riqnoma);

agar shaxsiy kabinetga kira olmayotgan bo‘lsangiz, unda yanada osonroq yo‘li abitur.dtm.uz/allow manzilidan ham yuklab olsa bo‘ladi;

abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan bo‘ladi;

abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qog‘ozga chop etib olish kerak. Oq-qora rangda chop etsa ham bo‘ladi, rangli printerdan chiqarish shartmas;

Abituriyent ruxsatnomasi abituriyent qayd varag‘i bilan almashtirmaslik kerak. Hujjatning yuqori qismida «ABITURIYENT RUXSATNOMASI» degan yozuv bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik «ABITURIYENT QAYD VARAQASI» degan hujjat bilan adashtirib qo‘yyapti;

testlar qaysi stadion va xiyobonlarda bo‘lishi hamda ularning joylashgan joyini mana bu sahifa orqali ko‘rish mumkin:
https://uzbmb.uz/page/stadionlar_2020

testga ruchka olib borish shart emas, o‘sha yerda tarqatishadi;

testga kirish uchun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yo‘q. Abituriyentlar o‘ziga qulay ko‘rinishda kiyinishlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas;

testda 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta savol beriladi. 1-fan uchun 3,2 ball, 2-fan uchun 3,1 ball. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball — 189 ball.

testga jami 3 soat vaqt beriladi (javoblarni bo‘yash shuning ichida). Xorijiy tilda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarga 1 ta fan uchun 1 yarim soatvaqt beriladi (javoblarni bo‘yash shuning ichida);

karantin talablari sababli joriy yilda test sinovlarida ota-onalar uchun kutib turish joylari qilinmaydi, shu sababli imkon qadar kuzatuvchilarsiz borishga harakat qiling;

uzoq tumanlardan viloyat markazlariga testga borib-kelish uchun maxsus avtobuslar tashkil qilinadi. Bu avtobuslar majburiy emas,istaganlar shaxsiy mashinasida yoki taksida borishi ham mumkin;

test jarayonlarini test2020.uz sayti (hozir ham ishlab turibdi) yoki maxsus telekanal orqali onlayn tomosha qilish mumkin.

Eng asosiysi test sinovlaridan qo‘rqmang. Hayajon bo‘ladi, bu tabiiy, hayajon bo‘lgani bir hisobdan yaxshi ham. Ammo bu vahimaga aylanib ketmasin. Xotirjamlikni yo‘qotmang, diqqatingizni bir yerga jamlang, ichingizda o‘zingiz sevgan duolarni qaytaring, o‘z bilimingizga ishoning.

Barcha bilimli abituriyentlarga omad tilayman!

Eslatib o‘taman, test jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq videoyo‘riqnomani ko‘rishni istasangiz ushbu sahifaga o‘ting


Зачеты и творческие экзамены по некоторым направлениям стартуют сегодня, 2 сентября. 1,5 миллиона абитуриентов попытают счастья в образовании.

Соответственно Хушнудбек Худойбердиев подготовил самые важные заметки для абитуриентов:

Испытания проводятся в 2 смены:

1-я смена — с 08:00 до 11:00;

2 смена — с 17:00 до 20:00.

Допуск абитуриентов к тесту:

1-я смена — 06:30 и;

2 смена — начало в 15:30.

Абитуриентам рекомендуется сдавать тест как минимум на 1 час раньше.

опоздавшие абитуриенты не будут допущены к тесту;

Для прохождения теста достаточно всего 2 документов:

1) оригинал паспорта;
2) Разрешение заявителя.

Такие документы, как копия паспорта, водительского удостоверения или военного билета, приниматься не будут. Паспорт должен быть оригиналом;

Разрешение заявителя можно скачать в личном кабинете заявителя на сайте abitur.dtm.uz (инструкция);

Если у вас нет доступа к личному кабинету, вы можете скачать его с abitur.dtm.uz/allow;

в путевке заявителя будут указаны дата, время, место, номер сектора и группы проведения испытания;

разрешение заявителя должно быть напечатано на бумаге. Его можно распечатать в черно-белом режиме без использования цветного принтера;

Разрешение заявителя не должно заменяться регистрационной формой заявителя. В верхней части документа должно быть написано «РАЗРЕШЕНИЕ ЗАЯВИТЕЛЯ». Многие путают «Форму регистрации заявителя» с документом;

Посмотреть, на каких стадионах и площадях будут проходить тесты и где они расположены, можно на этой странице:
https://uzbmb.uz/page/stadionlar_2020

на пробу ручку брать не надо, ее там раздают;

Для теста не требуется специальной униформы. Кандидаты могут удобно одеться, независимо от цвета платья;

Всего тест состоит из 60 вопросов из 30 по 2 специальностям. 3,2 балла за 1-й предмет, 3,1 балла за 2-й предмет. Максимально возможная оценка – 189 баллов.

Тест занимает в общей сложности 3 часа (включая раскрашивание ответов). Абитуриентам с преимуществом по иностранному языку дается 1,5 часа на 1 предмет (включая раскрашивание ответов);

в связи с требованиями карантина зон ожидания для родителей на зачете в этом году не будет, поэтому старайтесь по возможности обходиться без наблюдателей;

из отдаленных районов в областные центры будут организованы специальные автобусы для тестирования. Эти автобусы не являются обязательными, и любой желающий может поехать на личном автомобиле или такси;

За процессами испытаний можно следить в режиме онлайн на сайте test2020.uz (еще работает) или на специальном телеканале.

Главное, не бойтесь проходить тест. Это захватывающе, это естественно, это захватывающе. Но не позволяйте этому превратиться в панику. Не теряйте самообладания, оставайтесь сосредоточенными, повторяйте любимые молитвы, верьте в свои знания.

Удачи всем знающим соискателям!

Обратите внимание, если вы хотите посмотреть видеоурок о том, как организовать процесс тестирования, перейдите на эту страницу

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: