Yuridik universitetining xorijdagi ilk fakulteti ochildi

Yuridik universitetining xorijdagi ilk fakulteti ochildi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida qo‘shma fakultetni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati, mas’ul xodimlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan tadbirda oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilanganidek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish, mamlakatimizga xorijiy talabalar va investitsiyalarni jalb etish, TDYUUning xalqaro reytinglarga kirishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur fakultet universitetning xorijdagi ilk fakulteti ekani qayd etildi.

Qo‘shma fakultetda nafaqat Tojikiston Respublikasi, balki boshqa xorijiy mamlakatlarning fuqarolari ham o‘qishi mumkin. O‘qish xalqaro standartlarga muvofiq ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Fakultetda kadrlar tayyorlash «bakalavriat» bosqichida «3+1» va «magistratura» mutaxassisliklarida «1+1» ikki tomonlama diplom dastur doirasida amalga oshiriladi va bitiruvchi talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti diplomlarini qo‘lga kiritadi.

Yakunda ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida turli loyihalarni o‘tkazishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti Xo‘jand shahrida joylashgan bo‘lib, 6 ta fakultet, 3 ta o‘quv korpusi va 11 ta o‘quv laboratoriyalarini o‘z ichiga oladi. Universitetda 388 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 148 nafar fan nomzodi va doktori faoliyat yuritadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi


Ташкентский государственный юридический университет и Таджикский государственный университет права, бизнеса и политики подписали соглашение о создании совместного факультета.

В церемонии приняли участие руководство, официальные лица и преподаватели двух высших учебных заведений.

На мероприятии, проведенном через платформу ZOOM, была обозначена концепция развития системы высшего образования до 2030 года. Было отмечено, что данный факультет создан для обеспечения включения Ташкентского государственного университета в международные рейтинги и является первым факультетом вуза за рубежом. .

На объединенном факультете могут обучаться граждане Республики Таджикистан, а также других зарубежных стран. Язык обучения английский и русский.

Обучение на факультете осуществляется на уровне «бакалавр» по специальности «3+1» и «магистр» по двусторонней дипломной программе «1+1» и выпускники получают дипломы Ташкентского государственного юридического университета и Таджикского государственного юридического университета , бизнес и политика.

В итоге была достигнута договоренность о реализации различных проектов для дальнейшего развития сотрудничества двух университетов.

Таджикский государственный университет права, бизнеса и политики расположен в городе Ходженте и имеет 6 факультетов, 3 учебных корпуса и 11 учебных лабораторий. В университете работают 388 профессоров и преподавателей, в том числе 148 кандидатов наук и докторов наук.

Ташкентский государственный юридический университет
Департамент по связям с общественностью и СМИ

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: