Farzandlarni uyda dars tayyorlashga o’rgatishning sirli formulasi

Ibratli ota-ona

Karantin kunlarida ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabat yanada yaqinlashadi.

O’qituvchilar o’quvchilarning bajarayotgan vazifalarini masofadan turib onlayn tarzida baholamoqdalar. Hozirda o’quvchilarning vazifalarni bajarishlari va fanlarni o’zlashtirishlari ko’prok ota-onalarga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ular  o’qituvchilik vazifasini o’z zimmalariga olib, farzandlarining darslarini muntazam nazorat qilish barobarida darslarini o’z vaqtida o’zlashtirishiga astoyidil harakat qilmoqdalar. Ular o’qituvchilik ma’suliyatini oson emasligini yanada anglab yetayotgani hech kimga sir emas. Bu borada Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti o’qituvchisi G. Baykunusovaning tavsiyalarini e’tiboringizga havola etamiz.

 

Uyga vazifaning muhimligining besh sababi:

— Maktabda olgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlaydi

— O’quvchida yanada ma’suliyatni oshiradi.

— Xotirani tiklaydi va diqqatning to’plashga yordam beradi.

— O’z-o’zini nazorat qilish va mustaqil fikrlashga ega bo’ladi.

— O’ziga bo’lgan ishonch hissini oshiradi.

 

Ota-onalar o’g’il-qizlari uchun dars tayyorlashida faollik ko’rsatsagina, ularda o’qishiga nisbatan faollik ortadi. Sababi, ularning muhim ish bilan shug’ulanayotganlik hissini beradi. Ota-onalar farzandlariga dars tayyorlashiga ko’maklashishi degani, soatlab birga dars qilish kerak degani emas. Aksincha, darslarni tashkil etish bilan bog’liq ko’nikmalarni o’rgatish, qiyin vaziyatlarda ularga tushuntirish va yutuqlarga erishishida yordamlashish.

 

Tavsiyalar:

  1. Farzandingizning ustozi bilan doimo aloqada bo’ling. Sinf majlislarida faol qatnashing. Doimo uyga berilgan vazifalarini nazorat qilib turing.
  2. Uyda dars tayyorlashga sharoit yarating. yorug’likning kerakli miqdorda tushishiga e’tiborli bo’ling. E’tiborni jalb etmaydigan dars stoli bo’lsin.
  3. Dars tayyorlashning doimiy vaqtini belgilang. Darslarni tayyorlash vaqtini bolaning xohishiga qarang va zerikib qolmasligi uchun orada qiziqarli mashg’ulotlar bajarishiga imkoniyat bering. Xolerik tipdagi bolalarga ayniqsa, turli o’yinlardan so’ng dars qildirish ma’qul ko’rinadi. Flegmatik tipdagilar esa ko’p vaqtini shoshilmasdan dars qilishni xohlashadi. Melanxolik tipdagi bolalarga tez-tez charchab qolishini hisobga olib, ularga sokin dam olish muhitini yaratish zarur hisoblanadi. Darslarni bajarishida bolalarning xarakter jihatlari ham muhim o’rin tutishini unutmang.
  4. Farzandlaringiz o’zi bajaradigan ishlari uchun reja tuzib olshiga o’rgating. Bu ulardagi ma’suliyatni yana ham oshirishga yordam beradi.
  5. Farzandingiz dars tayyorlashida e’tiborini tortadigan baland musiqa va televizor ovozini aslo balandlatmang. Dars tayyorlashida bolaga salbiy ta’sir etadi va fikrni chalg’itadi.
  6. Siz farzandingizga namuna bo’ling. Ular ayniqsa ota-onalariga taqlid qilishni yaxshi ko’radi. Ular uchun siz “ko’zgu” ekanligingizni unutmang! Biz kitob o’qisak, “Darsingni qil!” deyishimizga umuman hojat qolmaydi, albatta!
  7. Farzandingiz bajargan ishlarini va tirishqoqligini o’z vaqtida maqtang va rag’batlantiring. Rag’bat o’ziga bo’lgan ishonch hissini yanada  oshirishga yordam beradi.
  8. “Sobiq-o’quvchi” sindromidan voz keching. Ko’pincha ota-onalarga farzandining olgan bahosi muhim hisoblanadi. Bu aslida xato fikr. Muhimi uning bahosi emas, balki olgan bilimi ekanligidadir. Bunday fikrlashga bolalik xotirasi va hadiksirash hissi undaydi. YA’ni, bajarilmagan uy vazifasi uchun uyat hissi farzandimizda hammasi “ideal” bo’lish kerak degan tuyg’uga olib keladi. Lekin, bunda biz o’z o’tmishimiz bilan farzandimiz kelajagini alishtirib qo’yamiz. Aslida bolaning o’qishidagi xatosi, bu uning shaxsiy xatosi va tajribasi ekanligini anglab yeting!
  9. Farzandingiz uchun ham motivator ham monitor bo’ling. Monitor bo’lish u bilan doim qiziqib, uni doim nazorat qilishni anglatadi.

 

Qanday qilib bolada motivatsiyani oshirish mumkin?

Farzand doim ota-onasidan o’rnak oladi. Sizning ota-ona sifatidagi vazifangiz uni hayotda eng zo’r bo’lishga undashdan iborat. Keling, bu borada ham psixologni ba’zi maslahatlariga quloq tutamiz.

  1. Bolaga kichik va katta maqsadlarni o’z oldiga qo’yishni o’rgating. Ota-ona sifatida Siz bu maqsadlar haqiqatda mehnat natijasida erishishini tushuntiring.
  2. Farzandingiz muvaffaqiyatini birgalikda nishonlang va doim mehnatini qadrlang va maqtang.
  3. Farzandingizni kelajakda bajarmoqchi bo’lgan ishiga ishonch hissini orttiring. SHubha va hadiklardan voz keching.
  4. Farzandingiz qiziqishlari haqida ko’proq biling. Bu Sizni g’amxo’rlik qilayotganingizni ko’rsatadi.
  5. Farzandingiz uchun doim Siz ijobiy va to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi bo’lib qoling. Farzandingiz sizda qo’rqinch va shubhani ko’rmasin, shunda o’ziga nisbatan ishonchi ortadi.

 

Aytishlaricha, uy vazifasini bajarish bilan bog’liq ota-onaning talabi va bolaning mas’uliyati o’rtasidagi nomutanosiblik doimo saqlanib qoladi. Siz uchun bergan maslahatlarimiz Siz aziz ota-onalar va bolalaringiz o’rtasida bunday nomutanosiblikni kamayishiga yordam beradi deb o’ylamiz. Doimo o’g’il – qizlarning bilim olishida ota-onalarning hissalari va ma’sulyatlari katta ekanligini hech ututmasligimiz kerak. Hozirgi davrda ularning masofadan turib ta’lim olishida vazifalarimiz ko’p va muhim ekanligini unutmaylik.


В дни карантина отношения между родителями и детьми становятся более тесными.

Учителя дистанционно оценивают успеваемость учащихся онлайн. В настоящее время способность учащихся выполнять задания и изучать предметы в большей степени зависит от родителей. Они берут на себя роль учителей и искренне стремятся к тому, чтобы их дети учились вовремя, при этом регулярно контролируя их уроки. Не секрет, что они все больше осознают, что ответственность преподавания непроста. В связи с этим предлагаем вашему вниманию рекомендации Г. Байкунусовой, преподавателя факультета педагогики и психологии Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами.

Пять причин, почему домашнее задание важно:

— Закрепляет знания и навыки, полученные в школе

— Повышается ответственность ученика.

— Восстанавливает память и помогает сконцентрироваться.

— Обрести самообладание и независимое мышление.

— Повышает уверенность в себе.

Только когда родители активно готовят уроки для своих сыновей и дочерей, они будут более активны в учебе. Потому что это дает им чувство выполненного долга. То, что родители помогают своим детям подготовиться к школе, не означает, что они должны часами заниматься вместе. Вместо этого научите их организовывать уроки, объясняйте им в трудных ситуациях и помогайте им добиться успеха.

Рекомендации:
Оставайтесь на связи с учителем вашего ребенка. Принимайте активное участие в собраниях класса. Всегда контролируйте выполнение домашних заданий.
Создайте условия для домашнего задания. убедитесь, что свет падает на нужное количество. Иметь ненавязчивый стол.
Установите постоянное время для подготовки к уроку. Выделите время для подготовки к урокам и позвольте ребенку тем временем заниматься интересными делами, чтобы он не скучал. Дети-холерики, в частности, предпочитают учиться после различных игр. Флегматики, напротив, хотят больше времени уделять учебе. Учитывая, что дети меланхолического типа часто устают, необходимо создать для них спокойную обстановку отдыха. Помните, что детские личности также играют важную роль на уроках.
Научите своих детей планировать то, что они будут делать. Это сделает их более ответственными.
Никогда не увеличивайте громкость при громкой музыке или телевизоре, которые отвлекают ребенка во время занятий. Это негативно влияет на ребенка при подготовке к урокам и отвлекает.
Будьте образцом для подражания для своего ребенка. Особенно им нравится подражать своим родителям. Помните, вы для них зеркало! Когда мы читаем книгу, мы говорим: «Сделай домашнее задание!» Излишне говорить, конечно!
Своевременно хвалите и поощряйте ребенка. Поощрение помогает обрести уверенность в себе.
Избегайте синдрома бывшего студента. Родители часто дорожат оценками своего ребенка. На самом деле это заблуждение. Важна не ценность его, а знания, которые он приобрел. Такое мышление подпитывается детскими воспоминаниями и чувством страха. Ю.А., чувство стыда за невыполненное домашнее задание заставляет нашего ребенка чувствовать, что все должно быть «идеально». Но при этом мы обмениваем наше прошлое на будущее нашего ребенка. Поймите, что ошибки чтения вашего ребенка на самом деле являются его или ее собственными ошибками и опытом!
Будьте и мотиватором, и наблюдателем для своего ребенка. Быть монитором — значит всегда интересоваться этим и постоянно следить за ним.

Как повысить мотивацию у ребенка?

Ребенок всегда следует примеру своих родителей. Ваша работа как родителя состоит в том, чтобы поощрять ее быть лучшей в жизни. Прислушаемся к совету психолога.

Научите ребенка ставить маленькие и большие цели. Как родитель, объясните, что эти цели на самом деле достигаются упорным трудом.
Отмечайте успехи вашего ребенка вместе и всегда цените и хвалите его или ее тяжелую работу.
Дайте ребенку уверенность в том, что он или она хочет делать в будущем. Избегай сомнений и ересей.
Узнайте больше об интересах вашего ребенка. Это показывает, что вы заботитесь.
Всегда будьте позитивным и позитивным проводником для своего ребенка. Не позволяйте ребенку видеть ваши страхи и сомнения, это повысит вашу уверенность в себе.

Говорят, что всегда существует несоответствие между требованием родителей выполнять домашнее задание и ответственностью ребенка. Мы надеемся, что наши советы для вас помогут уменьшить такие несоответствия между вами, дорогие родители и дети.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: