Yozning issiq kunlarida qanday ovqatlanish kerak? Muhim tavsiyalar

Yozning issiq kunlarida qanday ovqatlanish kerak? Muhim tavsiyalar

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab yuqori havo harorati kuzatilmoqda. Tabiiyki, bunday jazirama iqlimda organizm lohas bo‘lib, ko‘pchilikning ishtahasi pasayadi. Biroq issiq ob-havo bir necha kun yoki haftalar davom etishini inobatga olsak, taomlanmaslik salomatlikka zarar yetkazishi hech gap emas.

Xo‘sh, shunday ekan, saraton kunlarida qanday ovqatlanish kerak? Kunlik taomnomada qanday yeguliklar bo‘lishi maqsadga muvofiq?
Bu haqda Toshkent tibbiyot akademiyasi Ovqatlanish gigiyenasi va bolalar, o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi professori Guli Shayxova tavsiyalarni berdi.
— Jazirama havoda ko‘pincha inson organizmida suv-tuz almashinuvining buzilishi, terlashning kuchayishi, buning natijasida muhim vitaminlar va minerallarning yo‘qotilishi kuzatiladi, — deydi shifokor.
— Albatta bunday sharoitda to‘g‘ri ovqatlanish nafaqat tanani issiqdan sovutishga, balki uni suv va foydali mikroelementlar bilan to‘yintirishga ham katta yordam beradi. Ya’ni, suvsizlanish, oftob urishi va boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldini oladi.
Shu bois yoz kunlari ko‘proq taomnomaga ho‘l mevalar va xom holatdagi sabzavot hamda ulardan tayyorlangan salatlarni kiritish lozim. Chunki bu mahsulotlarning ko‘pchiligi chanqoqni qondiradi hamda organizmni kerakli mineral moddalar va vitaminlar bilan to‘yintiradi. Lekin ularning kaloriyasi kam va kuni bilan sarf qilingan quvvatning o‘rnini bosa olmaydi. Organizmga esa doimiy oqsil moddalari zarur.
Buning uchun go‘sht va uning o‘rnini bosuvchi ba’zi (dukkakli) mahsulotlarni iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Biroq, qovurilgan, yog‘li mahsulotlarning hazm bo‘lishi ancha qiyin ekani sababli qaynatilgan va umuman yengil hazm bo‘ladigan go‘shtli taomlarni yeyish tavsiya qilinadi. Xususan, issiq kunlarda mastava, qaynatma sho‘rva (yog‘siz), manpar va shunga o‘xshash yengil hazm bo‘luvchi taomlarni yeyish kerak.

Shuningdek, yoz faslida ovqatlanish vaqtini biroz o‘zgartirish tavsiya qilinadi. Demak, ertalabki nonushta soat 7:00 da qilinishi, unda oqsil, yog‘ va uglevodga boy va yuqori kaloriyali mahsulotlar (tvorog, qaymoq, sutli choy, meva, sabzavot, suvda pishirilgan go‘sht va shunga o‘xshash mahsulotlar) bo‘lishi va bu jami kunlik ratsionning 35 foizini tashkil etishi lozim. Tushlikda yengil hazm bo‘luvchi birinchi taom, ya’ni moshxo‘rda, mastava, manpar, suvda yoki bug‘da tayyorlangan kotletlardan iborat bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur.
Dasturxonimizda, albatta, sabzavot va mevalar, ulardan tayyorlangan salatlar, bodring, pomidor, piyoz, ko‘k piyoz, ko‘katlar bo‘lishi kerak. Ho‘l mevalardan tayyorlangan sharbatlar tarkibida esa shakar imkon qadar kam yoki umuman bo‘lmasligi lozim.
Yozning issiq kunlarida sho‘r baliq, dudlangan go‘sht, konserva, tuzli mahsulotlarni iste’mol qilish umuman tavsiya etilmaydi. Chunki ular chanqash holatini yanada kuchaytiradi.
Qolaversa, yog‘li go‘sht, achchiq yeguliklarni taomnomadan chiqarib tashlash maqsadga muvofiq. Chunki ular tanada issiqlik ishlab chiqarishni yanada kuchaytirib, hazmni qiyinlashtiradi. Bu esa organizmning issiqlik bilan kurashish va metabolik jarayonlarni tartibga solish o‘rniga, hazm uchun energiya sarflashiga olib keladi.
Kechki taomlar ham juda yengil hazm bo‘ladigan suyuq ovqatlardan iborat bo‘lishi kerak. Buning uchun qatiq, olma, turli sabzavotlar va shunga o‘xshash uglevodlarga boy bo‘lmagan mahsulotlarni iste’mol qilish lozim.
Qovun va tarvuz esa tushlik vaqtida yeyilsa yaxshi bo‘ladi. Chunki ular uglevodlarga boy va organizmga quvvat beradi. Ayniqsa, tarvuz chanqoqni bosadi.


В эти дни на всей территории нашей страны наблюдается высокая температура воздуха. Естественно, в таком жарком климате организм становится вялым, у многих пропадает аппетит. Однако, если учесть, что жара длится несколько дней или недель, не исключено, что не есть вредно для здоровья.

Итак, как следует питаться в дни рака? Какие продукты должны быть включены в ежедневное меню?
Рекомендации по этому поводу дала профессор кафедры гигиены питания и гигиены детей и подростков Ташкентской медицинской академии Гули Шайхова.
«В жаркую погоду часто происходит нарушение водно-солевого обмена в организме человека, повышенное потоотделение, в результате чего теряются важные витамины и микроэлементы», — говорит врач.
— Безусловно, правильное питание в таких условиях помогает не только охладить организм от жары, но и насытить его водой и полезными микроэлементами. То есть предотвращает обезвоживание, солнечные ожоги и другие неприятные ситуации.
Поэтому в летние дни необходимо включать в меню больше влажных фруктов и сырых овощей и приготовленных из них салатов. Ведь большинство этих продуктов утоляют жажду и насыщают организм необходимыми минералами и витаминами. Но их калорийность невелика и не может заменить потраченную в течение дня энергию. Организм постоянно нуждается в белковых веществах.
Для этого желательно есть мясо и некоторые (бобовые) продукты, его заменяющие. Однако, поскольку жареные, жирные продукты перевариваются труднее, рекомендуется употреблять отварные и легкоусвояемые мясные блюда. В частности, в жаркие дни следует есть маставу, вареный суп (без масла), манпар и тому подобные легкоусвояемые продукты.

Летом также рекомендуется изменить время приема пищи. Итак, утренний завтрак должен быть в 7 часов утра, и он должен состоять из белковых, жирных и богатых углеводами и калорийных продуктов (творог, сливки, чай с молоком, фрукты, овощи, мясо, сваренное на воде и подобные продукты). , а она должна составлять 35 процентов от всего суточного рациона. Если первый прием пищи в обед легкоусвояемый, то есть котлеты, приготовленные в мошхоре, маставе, манпаре, воде или паре, это отличный легкий на свете.
На нашем столе непременно должны быть овощи и фрукты, приготовленные из них салаты, огурцы, помидоры, лук, зеленый лук, зелень. Соки из влажных фруктов должны содержать как можно меньше сахара или вообще не содержать его.
В жаркие летние дни не рекомендуется есть соленую рыбу, копчености, консервы, соленые продукты. Потому что они усиливают состояние жажды.
Кроме того, желательно исключить из меню жирное мясо и острую пищу. Потому что они увеличивают выработку тепла в организме и затрудняют пищеварение.Это заставляет организм использовать энергию для пищеварения вместо борьбы с жаром и регулирования метаболических процессов.
Ужин также должен состоять из легкоусвояемых жидких продуктов. Для этого необходимо есть йогурт, яблоки, различные овощи и тому подобные продукты, не богатые углеводами.
Дыню и арбуз хорошо есть в обеденное время. Потому что они богаты углеводами и дают энергию организму. Арбуз особенно хорошо утоляет жажду.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: