Bolalarda kamqonlik rivojlanish belgilari

Bolalarda kamqonlik rivojlanish belgilari

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda maktabgacha yoshdagi 47,5 foiz va maktab yoshidagi 25,5 foiz bolalarda kamqonlik uchraydi.

Yurtimizda ham bu kasallik kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlar orasida keng tarqalgan.
Xo‘sh, buning asosiy sabablari nimada? Kamqonlik bolalar salomatligi uchun qanchalik xavfli?
SSV Matbuot xizmatining shu kabi savollariga Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Aziza Mahmudova javob berdi.
— Bolalarda uchraydigan kamqonlik haqida ma’lumot bersangiz.
— Bugungi kunda ekologiyaning yomonlashuvi, kundalik iste’mol qilinadigan mahsulotlarda kerakli vitamin va ozuqalarning yetishmasligi ko‘plab kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Ulardan biri kamqonlikdir.
Bilamizki, qon tarkibida temir moddasini o‘z ichiga olgan va qonga qizil tus beruvchi murakkab oqsil – gemoglobin moddasi butun tana bo‘ylab kislorod tashish vazifasini bajaradi. Agar gemoglobin yetishmovchiligi kuzatilsa, organizm kislorod “ochligi”ni boshdan kechiradi. Biroq bolalar bu o‘zgarishlarni doim ham sezavermasligi mumkin.
Kamqonlik bilan og‘rigan o‘g‘il-qizlar turli infeksion xastaliklarga chalinishga moyil bo‘ladi. Xususan, qon tarkibida organizmning o‘sishi uchun muhim bo‘lgan oziq moddalar yetishmasligi turli kasalliklarning rivojlanishiga yo‘l ochadi. Qolaversa, bunday bolalarda kamharakatlik, vazn yetishmasligi kuzatiladi.
Shu sababli ota-onalar farzandlaridagi o‘zgarishlarga, ularning sog‘ligiga doimo e’tiborli bo‘lishlari lozim.
— Bolalarda normal gemoglabin darajasi qanday?
— Bolalardagi me’yoriy gemoglobin miqdori kattalarnikidan farq qiladi.
O‘rtacha gemoglobin darajasini esa quyidagi raqamlarda ko‘rishingiz mumkin:
G/Ldagi normal gemoglobin darajasi (litr uchun gramm) yoshga bog‘liq:
• yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 180 dan 240 gacha;
• 1 oydan 5 yoshgacha – 110 dan 115 gacha;
• 5 yoshdan 12 yoshgacha – 110 dan 120 gacha;
• 12 yoshdan 15 yoshgacha – 120 dan 140 gacha.
— Kamqonlikning yuzaga kelishiga qaysi omillar sabab bo‘ladi?
— Bolalarda ushbu kasallik turli sabablarga ko‘ra rivojlanadi. Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda anemiya homiladorlik davridagi muammolar – qon ketish, homilaning tushish xavfi, onadagi yuqumli kasalliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, erta tug‘ilgan bolalarda ham bu xastalik ko‘p kuzatiladi.
Qolaversa, har qanday yoshdagi noto‘g‘ri va muvozanatsiz taomlanish anemiyaning keng tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. Ya’ni, to‘g‘ri ovqatlanmaslik bilan organizm yetarli miqdorda temir va uning so‘rilishi uchun zarur bo‘lgan C va B12 vitaminlarni o‘zlashtira olmaydi. Natijada kamqonlik yuzaga keladi.
Bundan tashqari, to‘yib ovqatlanmaslik, vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, muntazam qon ketishlar ham anemiyaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.


По данным Всемирной организации здравоохранения, сегодня во всем мире анемией страдают 47,5% дошкольников и 25,5% детей школьного возраста.

В нашей стране заболевание широко распространено среди юношей и девушек.
Итак, каковы основные причины этого? Насколько опасна анемия для здоровья детей?
На аналогичные вопросы пресс-службы ССВ ответила доктор медицинских наук, заместитель директора по научной работе Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра гематологии Азиза Махмудова.
— Расскажите об анемии у детей.
«Сегодня ухудшение состояния окружающей среды и нехватка витаминов и питательных веществ в нашем ежедневном рационе приводят ко многим заболеваниям». Одним из них является анемия.
Мы знаем, что гемоглобин, сложный белок, содержащий железо и придающий крови красный цвет, отвечает за транспортировку кислорода по всему телу. При дефиците гемоглобина организм испытывает кислородное «голодание». Но дети не всегда могут заметить эти изменения.
Мальчики и девочки с анемией более склонны к развитию различных инфекционных заболеваний. В частности, недостаток питательных веществ в крови, важных для роста организма, приводит к развитию различных заболеваний. Кроме того, такие дети малоподвижны и маловесны.
Вот почему родители должны всегда обращать внимание на изменения в их детях и их здоровье.
— Какой нормальный уровень гемоглобина у детей?
— Нормальный уровень гемоглобина у детей отличается от такового у взрослых.
Вы можете увидеть средний уровень гемоглобина в следующих цифрах:
Нормальный уровень гемоглобина в Г/л (грамм на литр) зависит от возраста:
• у новорожденных — от 180 до 240;
• от 1 месяца до 5 лет — со 110 до 115;
• от 5 до 12 лет — от 110 до 120;
• от 12 до 15 лет — от 120 до 140 лет.
— Каковы причины анемии?
— У детей заболевание развивается по разным причинам. Например, анемия у новорожденных может быть вызвана проблемами во время беременности – кровотечениями, риском выкидыша, инфекционными заболеваниями матери. Также чаще встречается у недоношенных детей.
Кроме того, плохое и несбалансированное питание в любом возрасте является одной из самых частых причин анемии. То есть без правильного питания организм не сможет усваивать достаточное количество железа и необходимых для его усвоения витаминов С и В12. Результат — анемия.
Кроме того, к анемии также может привести недоедание, недостаток продуктов, богатых витаминами, и регулярные кровотечения.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: