Yangilik, Maktablarda «Ona tili» va «O‘qish» fanlari birlashtiriladi

Yangilik, Maktablarda «Ona tili» va «O‘qish» fanlari birlashtiriladi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Maktablarda «Ona tili» va «O‘qish» fanlari birlashtirilib, «Ona tili va o‘qish savodxonligi» fani joriy etilishi, o‘quv soatlari esa qisqarmasligi aytilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, «Ona tili» va «O‘qish» fanlari ko‘proq grammatika qoidalarini yodlashga qaratilgani va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirmasligi natijasida o‘quvchilarda fikrni og‘zaki va yozma bayon qilish va savod bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirdi. Shuningdek, «O‘qish» fanida «Ona tili» «Atrof olam» va «Odobnoma» darsliklaridagi mavzu va matnlarning aynan takrori ham ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lib kelgan.

Pedagoglar va ota-onalarning takliflarini inobatga olib, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida, Milliy o‘quv dasturi asosida «Ona tili» va «O‘qish» fanlari birlashtirilib, «Ona tili va o‘qish savodxonligi» fani joriy qilinmoqda.

«Ona tili va o‘qish savodxonligi» fanida matnni o‘qish, uning asosida mashq va topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchida o‘qish ko‘nikmasi rivojlanib, ona tiliga doir bilimlar shakllanadi.

YUNISEF ekspertlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirokida yaratilayotgan yangi Milliy o‘quv dasturida asosiy vazifa etib o‘quvchilarda o‘qib va tinglab tushunish, fikrini bayon etish, yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish belgilangan. Respublikamiz yaqin yillarda ishtirok etadigan PIRLS, PISA baholash dasturida ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligi mazkur mezonlar asosida baholanadi.

Finlyandiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Turkiya, shuningdek qo‘shni Qozog‘iston va Tojikiston tajribalaridan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflarda “integratsiyalashgan dastur asosida “Ona tili va o‘qish savodxonligi fani joriy etilishi belgilangan.

«Ona tili» va «O‘qish» fanlaridan bitta o‘qituvchi dars berishini inobatga olsak, «Ona tili va o‘qish savodxonligi» fanining joriy etilishi o‘quv soatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Tasdiqlangan tarmoq jadvaliga asosan yangi fan uchun darslik bilan bir qatorda, o‘qituvchi metodik kitobi, o‘quvchi daftari va fan multimedia ilovalari yaratiladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: