Raqamli iqtisodiyot haqida tushuncha

Raqamli iqtisodiyot haqida tushuncha

Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarda raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimi.

Uni ba’zida internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot, deb atashadi. «Raqamli iqtisodiyot” terminini esa birinchi bo‘lib, 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte amaliyotga kiritgan.

Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi nimada?

Masalan, qaysidir xaridorga poyabzal kerak. Uni bozorga tushib, o‘zi tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu an’anaviy iqtisodiyot sanaladi. Telegramdagi biror-bir savdo boti orqali o‘ziga ma’qul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to‘lov tizimi orqali to‘lash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olishga raqamli iqtisodiyot, deyiladi.

Aslida, hammamiz anchadan buyon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Xususan, oylik maoshimiz plastik kartaga tushadi, elektron to‘lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet hamda boshqa mahsulot va xizmatlarga to‘lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklarasiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo.

Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellarini yaratish, ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish, degani.

Belgilari:

* yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;

* elektron hujjat almashinuvi;

* buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integrasiyalashuvi;

* ma’lumotlarning elektron bazalari;

* CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi;

* korporativ tarmoqlar.

Qulayliklari:

  1. To‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘lkira va boshqa resurslar tejab qolinadi).
  2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi.
  3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyati kengayadi.
  4. Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
  5. Tezroq, sifatli, qulay tamoyili yorqin namoyon bo‘ladi.

Цифровая экономика – это система реализации, основанная на использовании цифровых технологий в экономических, социальных и культурных отношениях.

Иногда ее называют интернет-экономикой, новой экономикой или веб-экономикой. Термин «цифровая экономика» впервые был введен в 1995 году американским программистом Николасом Негропонте.

В чем разница между цифровой экономикой и нормальной экономикой?

Например, клиенту нужны туфли. Это традиционная экономика, если вы идете на рынок, выбираете его и покупаете за наличные. Это называется цифровая экономика, где вы можете выбрать понравившийся товар через любого торгового бота в Telegram, заплатить владельцу товара через электронную платежную систему и получить товар через службу доставки.

На самом деле мы все уже давно в цифровой экономике, пользуемся ее удобствами. В частности, наша месячная зарплата уходит на пластиковую карту, электронным платежом мы оплачиваем коммунальные услуги, телефон, интернет и другие товары и услуги, сдаем налоговые декларации в электронном виде, переводим деньги с карты на карту, заказываем еду на дом и так далее.

Цифровая экономика — это не что-то еще, что нужно создавать с нуля. Это означает создание новых технологий, платформ и бизнес-моделей, перевод существующих экономик на новую систему путем внедрения их в повседневную жизнь.

Знаки:

* высокий уровень автоматизации;

* электронный документооборот;

* электронная интеграция систем учета и управления;

* электронные базы данных;

* Наличие CRM (системы взаимодействия с клиентами);

* корпоративные сети.

Удобства:

Снижается стоимость платежей (например, экономятся поездки в банк и другие ресурсы).
Узнайте больше и больше о товарах и услугах.
Доступ товаров и услуг на глобальный рынок цифрового мира расширяется.
Товары и услуги быстро совершенствуются за счет быстрого получения обратной связи (мнения потребителей).
Четко виден принцип скорости, качества и удобства.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: