1-sinflarda informatika ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladimi?

1-sinflarda informatika ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladimi?

Yangi o‘quv yilidan 1-sinf o‘quvchilari uchun Informatika fani joriy etilsa, sinf ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladimi?

Savol: Ma’lumki, «Informatika va axborot texnologiyalari» fani ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fan hisoblanadi. Agar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu fanni o‘tishni boshlasa, unda ushbu fanni ikki guruhga bo‘lib o‘qitamizmi?

Savolga Ulug’bek Po’latov quyidagicha javob berdi:
Yangi o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etilmoqda.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 15 may kungi «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida»gi 125-sonli buyrug‘ida nazarda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi nizomning 4-bob, 29-bandida o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan taqdirda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladigan fanlar ro‘yxati keltirilgan.

Ushbu bandda esa «Informatika va axborot texnologiyalari» fani faqat 5-11 sinflarda o‘tilgan taqdirdagina bo‘lib o‘qitish mumkinligi ko‘rsatilgan. Ya’ni, ushbu nizom kuchga kirgan vaqtda 1-sinf o‘quvchilari uchun «Informatika va axborot texnologiyalari» fani joriy etilmagandi.

❕Shu sababli, mazkur o‘quv yilidan boshlab 1-sinf o‘quvchilari uchun «Informatika va axborot texnologiyalari» fani joriy etilsa, sinf ikki guruhga bo‘lib o‘qitilmaydi.

Shuni ham alohida aytib o‘tish lozimki, keyinchalik «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, 1-sinflarga Informatika fanini bo‘lib o‘qitishga ruxsat berish ehtimoli ham yo‘q emas.

Ammo hozircha ushbu nizom talablariga amal qilgan holda 1-sinf o‘quvchilari uchun «Informatika va axborot texnologiyalari» fani ikki guruhga bo‘lib o‘qitilmaydi.

Mavzuga doir:
Bo‘lib o‘qitiladigan fan o‘qituvchilari sinf rahbarlik qilolmaydimi?

Qanday holatda sinf ikkiga bo‘lib o‘qitiladi?

Boshlangʻich sinflarda qiyin darslar nechanchi soatga qo‘yilishi kerak?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: