O‘quvchilarning moliyaviy savodxonligi oshiriladi

Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida “Butunjahon jamg‘arish kuni” (31 oktyabr) munosabati bilan aholining, xususan, pedagog xodimlar hamda o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularda moliyaviy resurslarni jamg‘arish va oqilona boshqarish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Mazkur chora-tadbirlar asosida joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari respublikamizning bir qator umumta’lim muassasalarida tijorat banklarining hududiy filiallari bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etiladi. Buning uchun respublikamizning barcha hududlaridan 132 ta bank filiallari umumta’lim maktablariga biriktirildi.
Tadbir doirasida respublikamizning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklarining malakali mutaxassislari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Omonatlar nima va nima uchun ularga ehtiyoj bor?”, “Naqd pulsiz to‘lovlardan foydalanishning afzalligi” kabi dolzarb mavzularda ochiq darslar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, tadbir davomida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun tijorat banklarida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘quvchilarning moliyaviy savodxonligi hamda ularning iqtisodiy-moliyaviy bilimlarga qiziqishini yanada oshirish maqsadida maktab miqyosida turli tanlovlar tashkil etiladi. Jumladan, 10-14 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida “Nima uchun mablag‘laringizni tejayapsiz?”, 14-18 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida “Nima uchun jamg‘arish zarur?” mavzularida insholar tanlovi, 8-10 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida “Pul: Nima uchun mablag‘ to‘plashni xohlayman?”, “Mening orzular bankim”, “Mening biznes g‘oyam” kabi mavzularda rasmlar tanlovini o‘tkazish belgilangan. Bolalar tomonidan qo‘l mehnati bilan yasalgan eng yaxshi pul to‘plagichlar alohida baholanadi.
Tadbirlar davomida eng bilimli, ijodkor o‘quvchilar sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.


Совместно с Министерством народного образования и Центральным банком Республики Узбекистан по случаю «Всемирного дня сбережений» (31 октября) по повышению финансовой грамотности населения, в частности, учителей и учащихся Составлен план мероприятий разработаны для дальнейшего развития навыков.
На основе этих мероприятий 30-31 октября текущего года в ряде общеобразовательных школ страны совместно с региональными филиалами коммерческих банков будут организованы мероприятия. С этой целью к общеобразовательным школам были прикреплены 132 отделения банков из всех регионов страны.
В рамках мероприятия квалифицированные специалисты коммерческих банков, работающих в разных регионах страны, организуют открытые занятия в общеобразовательных школах по таким актуальным вопросам, как «Что такое вклады и зачем они нужны?», «Преимущества использования безналичных расчетов». » .
Кроме того, в рамках мероприятия планируется провести «День открытых дверей» в коммерческих банках для старшеклассников.
В целях повышения финансовой грамотности учащихся и их интереса к экономическим и финансовым знаниям по всей школе организуются различные конкурсы. Например, среди учащихся 10-14 лет «Почему вы откладываете деньги?», а среди учащихся 14-18 лет «Зачем экономить?» конкурс сочинений, учащиеся 8-10 лет проведут конкурс рисунков на такие темы, как «Деньги: почему я хочу собрать деньги?», «Банк моей мечты» и «Моя бизнес-идея». Отдельно ценятся лучшие детские поделки.
В ходе мероприятия самые знающие, творческие ученики будут награждены призами.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: