Yangi yil tabrigi – turli sohalar uchun juda qiziq tabrik va tilaklar

Yangi yil tabrigi – turli sohalar uchun juda qiziq tabrik va tilaklar
Telegramda o'qish

Turli fan mutaxassislari nomidan yangi yil qutlovlari, tabrik va tilaklarini qabul qiling.

Psixologchasiga tabrik.😊

💜💜💜💜💜💜💜💜💜

Sizlarni kirib kelayotgan  yangi 2021  yil , ya’ni  amalga oshadigan  orzularingiz yili bilan tabriklayman.  Har doim ruhingiz tetik, asablaringiz tinch bo’lsin, kuchli energiyaga to’lib yuring.  Tuganmas mehr, pozitiv fikr, toza havo , chuqur nafas hamrohingiz bo’lsin. Atrofingizdagi negativ  zarbalar yo’q bo’lib ketsin,  aurangiz mustahkam bo’lsin! Ichingizdagi yig’ilib qolgan  toshlarni  ham eski 2020 yilga qarab otib yuboring. Ruhingiz bilan 2021 yil kemasida  orzularingiz sari   sayohat qiling. Kelajakda sizni  buyuk ishlar va muvaffaqiyatlar kutmoqda. 2021 yilda siz eng chiroyli ,  eng boy, eng baxtli, eng omadli , eng kuchli insonlardan biriga  aylaning,  toza  va samimiy qalb egasi bo’ling. Miyangizni  yangitdan yaxshi niyat bilan  dasturlang..To’lgan negativ xotiralarni udalit qivoring. 2021 yilni  ijobiy fikrlashdan boshlang.  Sizning ijobiy fikringiz tanangizdagi barcha organ va  kimyoviy elementlarni ong ostida boshqarish xususiyatiga ega bo’lsin.

Barchangizga  yangi yilda  ruhiy salomatlik tilab qolaman🤗

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

 

🎻Musiqiy tabrik🎻.

Aziz hamkasblar yangi yilda mumtoz kuylarday umringiz sermazmun bo’lsin, navo kabi ser jilo bo’lsin, estrada qo’shiqlariday sho’x shodon bo’lsin, fartpiano oq va qora  klavishkariday kuningiz va tuningiz osuda o’tsin, karnay va surnay ovozi kabi ishtiyoqingiz baland bo’lsin, doira dombira singari maktabimizda har kunimizda ham dabdabali bo’lsin doimo har kunimiz shunaqa bayramona bo’lsin.

🎸🎸🎸 BAYRAM MUBORAK AZIZ HAMKASBLAR🎸🎸🎸

 

FIZIKLARCHA TABRIK.

Kirib kelayotgan yangi 2021 yilda omad va baxt  mexanik harakatdek, eng asosiysi Broun xarakatidek doimo yoningizda to‘xtovsiz va tartibsiz harakat qilib yo‘ldoshingiz bo‘lsin. Butun olam tortishish qonunidek sizga baxt va omad ta‘sirlashib, Nyuton boshiga olma tushgandek sizning boshingizga Baxt qushi qo‘nib yursin. Yurtimizning Mustaqilligi va Tinchligi Abadiy dvigateldek abadiy bo‘lsin. Xalqimiz Diffuziya hodisasidek bir biri bilan birikib aralashib inoq totuv va axil bo‘lib yashasin.

HAPPY NEW YEAR.

С НОВЫМ ГОДОМ.

YANGI YIL BILAN.

 

BOSHLANG‘ICHLAR TABRIGI

2021-yilda  ishlaringiz  ALIFBO kabi tartibli,ALIFBE kitobidek mo‘jizali,ATROFIMIZDAGI OLAM kabi ko‘rkam,O‘QISH dek sermazmun,ONA TILI dek ma‘noli,MATEMATIKA dek  hisobli,JISMONAN sog‘lik,MUSIQIY kayfiyat,farzandlaring TARBIYA li,kamalakTASVIRIDEK  jilokor ,INGLIZlardek ta‘lim,RUSLARDEK biznesmen bo‘lishlaringni tilab qolaman.

Ko‘dingizmi biz BOSHLANG‘ICHlarni bag‘rimiz keng.Hech kimni esdan chiqarmaydi.

 

Boshlang‘ichchasiga tabrik.

-ko‘nglingiz  doim boladay yosh,

-baxtingiz sonlarday tugamas;

-hayotingiz alifbeday o‘qilmagan;

-har bir kuningiz harflarday  yangi;

-orzularingiz bo‘g‘inlarday bir-birini to‘ldiruvchi;

-umringiz to‘g‘ri chiziqday tekis va cheksiz bo‘lsin.

BAYRAM BILAN USTOZLAR!!!!

 

Boshlangʻich sinf ustozlaricha tabrik

Kirib kelayotgan YANGI YIL sizlarga birinchi sinf bolalaridek begʻuborlik va erkatoylik, savodxonlik bayrami kabi quvonch, bolalarcha ishonch , bizlardek bagʻrikenglik, yumshoq h dek yumshoqlik, qattiq x dek matonat, qoʻshish amalidek baraka, koʻpaytirishdek toʻkinlik, Alifboni har bir harfidan boshlangan yaxshilikni, tuganmas sonlardek boylik va sogʻlikni tilayman. Yangi yilingiz muborak boʻlsin!

 

Biologcha tabriknoma! 😁😁

Yangi yil bilan!!!🥳🥳

Iloyim tanu joningiz sog‘,  kayfiyatingiz doimo chog‘ bo‘lsin!

Organizmingizga cheksiz ATF lar, o‘pkangizga musaffo kislorod,  yuragingizga bir me‘yordagi ritm tilaymiz!

Iloyim boshingiz og‘riqni, yuragingiz miokardni, o‘pkalaringiz koronovirusni, jigaringiz gepatitni umuman ko‘rmasin!

Doimo qon bosimingiz 120/70 bo‘lsin!

Yurakdagi minutlik hajmingiz 5 litrdan , o‘pka tiriklik sig‘imingiz 8-9 litrdan , eritrotsitlaringiz 5 mln.dan, leykotsitlaringiz 6-8 mingdan,  trombotsitlaringiz 300-400 mingdan kam bo‘lmasin!

(Hursandchiliklar, jismoniy mashqlar vaqtida bemalol bu ko‘rsatgichlarni o‘zgartirishingiz mumkin😜)

Pulsingiz faqat hursandchilikda ko‘tarilsin!

Tomirlardan oqayotgan qoningiz hech qanday to‘siqlarga uchramasin!

Ko‘zlaringiz Golovin jadvalidagi 1,0 dan keyingi qatorlarni 50 yoshdan keyin ham o‘qiy olsin!

Hech qanday mikrob, virus, bakteriya va zamburug‘lar sizni yenga olmasin!

 

Filologcha tabrik🥳

Assalomu alaykum aziz antroponimlar☺️ kirib kelayotgan yangi yil barcha kishilik va o’zlik olmoshlariga qutlug’ kelsin. 2021-yil «Kim?» so’rog’iga javob bo’luvchi hamma «Ism»larga baxtning uyushgani, omadning murakkab qo’shma gap shakli, sog’lik-salomatlik uch nuqta shaklida, quvonch-shodliklar undov gap bo’lib hayot kundaligingizga muhrlansin! Labingizni tabassum-la bezaguvchi mazmunli xabar mayli omonim, sinonim, paronim tarzida kirib kelsin umr eshigingizdan☺️ Barchaga umidli 2021-yil MUBORAK!

 

Adabiyotchilardan tabrik!!!

Shirindek go’zal, Layli misol vafodor , Kumush yanglig’ oqila ayollar -u Otabekdek ziyoli,Majnundek sadoqatda tengsiz , Anvardek o’ktam yigitlar!!

Yangi yilingiz muborak bo’lsin!!

Olloh sizga «Avesto» umrini, «Qutadg’u bilig»  nurini ato etsin. Qadringiz

» Shohnoma» misol baland, martabangiz «Xamsa»dek  buyuk bo’lsin.Navoiydek uluglik, Boburdek jasorat ,  Nodiradek go»zallik, Mashrabdek qalbi poklik, Yassaviydek kamtarinlik umringizni bezasin!!

Tanosubdek   ajdodlarga loyiq bo»ling,ta’did misol yutuqlarga erishing, talmeh misol chaqnab yuring!

«Daftar hoshiyangizdagi 2021 — yil bitiklar «Ikki eshik orasidagi» ma’nili umringizni bezasin! Mashaqqat bilan «O’t gan kunlar» ingizning  «Kecha va kunduz»i  shodlik lahzalariga aylansin!!!

Bayram muborak bo’lsin!!!

 

Ona tili ustozlaridan tabrik

Yangi yilda turmush o‘rtog‘ingiz bilan ega ~kesimdek bahamjihat bo‘ling, atrofingizda o‘g‘il ~qizlaringiz hol, to‘ldirivchi,aniqlovchiday hamisha parvona bo‘lsin. To‘ldiruvchi hayotingizni baxtga to‘ldirsin. Fe’lingiz doim keng bo‘lsin. Tashvishlaringizga nuqta qo‘yilib, omadingiz vergulga to‘lsin.

 

Kitobxonlardan tabrik

Assalomu alaykum, qadri va qaddi baland qadrdonim! Hademay ostonada turgan Yangi yil jilmayib kirib keladi. 2020 — yil o’zining «Jimjitlig»i bilan «Shaytanat » olami vakillarini qalblarimizdan olib ketsin. «Dunyoning ishlari»ni qarangki, virus «Talvasa»lari «Ishonch ko’priklari»mizni buza olmadi, har lahza «Ufq bo’sag’asida » ekanimizni his qilib yashadik.  O’tayotgan yil butun insoniyatga «Karvon qo’ng’irog’i» yanglig’ olisdan jaranglab, o’ziga chorlayotgan sharqona «Diyonat»imizga qaytardi.

Ilohim, Yangi yil «Yangi ariq » kabi qaqragan «Ko’ngil «larga Farhod muhabbatini, Shirin sadoqatini, Otabek zakosi- yu Kumushbibi hayosini olib kelsin!

Yangi yilda xalq cho’ntagiga qo’l solib kelgan «O’g’ri»lar «Sobiq»qa aylansin. «Bemor «larga Allohim shifo bersin. Topganlarimiz «To’ylar muborak «ka, «Haj daftari»ni to’ldirishga, «Qiyomat»da «Jannatga yo’l » ochishga nasib etsin!

Yangi yilingiz muborak bo’lsin, azizlar!

 

Informatiklar TABRIGI.

Kirib kelayotgan yangi 2021 yilda omad va baxt Googldek tez harakat, Facebookdek yorqinlik, 💯 terrabayt bagʻrikenglik, Paython kabi mukammal va aniq rejali hayotni,   Yaratgandan soʻrab qolaman, Yurtimizning Mustaqilligi va Tinchligi windowsdek abadiy bo‘lsin. Tinchligimiz va mustaqilligimizga koʻz tegmasin👩‍💼

HAPPY NEW YEAR.

С НОВЫМ ГОДОМ.

YANGI YIL BILAN.

🤝🎅🌲⛄️

😁😁😁😁😁

 

Matematiklarcha tabrik🤩🤩

Umringiz «ILDIZ»day uzun,

Qadringiz «DARAJA»dek yuqori, Muxabbatingiz «FORMULA»dek kuchli, Do’stlaringiz «SONLAR»dek ko’p bo’lsin. Sizga «MINUS CHEKSIZLIK» dan «PLYUS CHEKSIZLIK» gacha baxt tilayman. Hayotingiz davomida «NOMA’LUM IKS» larga o’rin qolmasin. Mashaqqatli hayot yo’lingizda »TO‘G‘RI CHIZIQ» day cheksiz sabr-toqat,  »AYLANA» day uzilmas mehr, obro’-e’tibor  »FUNKSIYASINING MAKSIMAL QIYMATI» ni tilayman. Ushbu sharafli yo’lingizda hech bir muammoning yechimi  »BO‘SH TO‘PLAM» bo’lmasin. Orzular aslo  ‘ildiz ostida irratsional» boʻlib qolmasin. Yangi yilingiz muborak boʻlsin

 

Tarixchilarcha tabrik!

Kirib kelayotgan 2021-yil yilda sog’ligingiz Misr ehromlaridek mustahkam,

Umringiz Buyuk Xitoy devoridan ham uzun va koranavirusdan himoyada bo’lsin (xunnlardan himoya qilgani kabi),

Qadringiz Eyfel minorasidan ham baland,

Har bir o’tgan lahzangiz Tojmahal va Parfenon kabi go’zal va har xil tusda tovlanadigan,

Eng asosiysi Sin Shi Xuandi maqbarasidek joningiz yer ostidan ham but-butun chiqadigan bo’lsin.

Shuningdek baxt va omad giyohingizni Gilgamishnikidek o’g’irlab ketishmasin.

Ilmingiz Behistun yozuvlaridek toshga bitilganidek xotirangizga bitilsin.

Yangi yilda sizga…. To’marisning matonatini, Shiroqning botirligini,

Sezarning qobiliyatini, Makedonskiyning shijoatini, Muhammad payg’ambarning e’tiqodini,

Medichilar ehtiromini,

Bismarkning diplomatiyasini,

Napaleonning hujumkorligini,

Motsartning sho’xligini,

Baxning irodasini,

Xorazmiyning zehnini, Farg’oniyning chirog’ini, Farobiyning zakovatini, Beruniyning universalligini, Chingizxonning dovrug’ini, Manguberdining jasoratini, Temurbekning mardligini,

Ulug’bekning tilsimini, Boburning vajoxatini, Navoiyning ilmini,

Olimxonning boyligini,

Jadidlarning ma’rifatini,

Madaminbekning qaysarligini,

Leninning falsafasini,

Stalinning obro’sini,

Gitlerning nutqini,

Kastroning omadini,

Szedunning murosasini,

Vilsonning ayyorligini,

Rashidovning tayyorligini,

Putinning siyosatini,

Karimovning chehrasini,

Mirziyoyevning donoligini,

Arxeologlarning sabrini,

Jahon tarixining mukammalligini,

O’zbekiston tarixining milliyligini,

Manbashunoslarning mehrini

Messining driblingini,

Ronaldoning mehnatini

chin dildan tilab qolaman.

YANGI YIL BARCHANGIZGA QUTLUG’ KELSIN?

 

Tarixchilardan yana bir tabrik

Kirib kelayotgan 2021-yil yilda!!!

🛕Sog’ligingiz Misr ehromlariday mustahkam,

🈵 Umringiz Buyuk Xitoy devoridan ham uzun va 🦠koranavirusdan🦠 himoyada bo’lsin (xunnlardan himoya qilgani kabi),

⛩ Qadringiz Eyfel minorasidan ham baland,

🕌🕌 Har bir o’tgan lahzangiz Tojmahal va Parfenon kabi go’zal va har xil tusda tovlanadigan,

🈵 Eng asosiysi Sin Shi Xuandi maqbarasidek joningiz yer ostidan ham but-butun chiqadigan bo’lsin.

❤️ Shuningdek baxt va omad giyohingizni Gilgamishnikidek o’g’irlab ketishmasin.

📕Ilmingiz Behistun yozuvlaridek toshga bitilganidek xotirangizga bitilsin.

YANGI YILINGIZ MUBORAK BOʻLSIN !!!

 

FIZIKLARCHA TABRIK.

Kirib kelayotgan yangi 2021 yilda omad va baxt  mexanik harakatdek, eng asosiysi Broun xarakatidek doimo yoningizda to‘xtovsiz va tartibsiz harakat qilib yo‘ldoshingiz bo‘lsin. Butun olam tortishish qonunidek sizga baxt va omad ta‘sirlashib, Nyuton boshiga olma tushgandek sizning boshingizga Baxt qushi qo‘nib yursin. Yurtimizning Mustaqilligi va Tinchligi Abadiy dvigateldek abadiy bo‘lsin. Xalqimiz Diffuziya hodisasidek bir biri bilan birikib aralashib inoq totuv va axil bo‘lib yashasin.

HAPPY NEW YEAR.

С НОВЫМ ГОДОМ.

YANGI YIL BILAN.

 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: