Finlyandiya ta’lim tizimida muvaffaqiyatni ta’minlayotgan 7 asos

Finlyandiya ta’lim tizimida muvaffaqiyatni ta’minlayotgan 7 asos
Telegramda o'qish

Finlyandiya ta’lim tizimi sifat va samaradorlik bo‘yicha dunyoda peshqadam sanaladi. U yerda hamma ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim quyidagi 7 asosiy jihatga tayanadi:

    1. Hamma narsada tenglik. Masalan, ularda eng yaxshi yoki eng yomon maktab degan tushuncha yo‘q. Barcha ta’lim muassasalari bir xil jihozlanadi, bir xil moliyalashtiriladi. Tenglik tamoyili maktabda ham aks etadi. Ya’ni, barcha fanlar bir xilda o‘qitiladi, biri boshqasiga qaraganda chuqurroq o‘rgatilmaydi. O‘quvchining ota-onasi qayerda, kim bo‘lib ishlashi muhim emas, hamma o‘quvchi teng, degan qarash ham bor. O‘qituvchilarga o‘quvchilardan ota-onasi, ularning ish joyi haqida so‘rash taqiqlangan. Bundan tashqari, o‘quvchilar bir-biriga taqqoslanmaydi: yaxshi o‘qiydigan bolaga ham, fanlarni yomon o‘zlashtiradigan o‘quvchi ham bir xilda qaraladi.

    2. Bepul ta’lim. Finlyandiya maktablari mutlaqo bepul. Bundan tashqari, ovqatlanish, ekskursiyalar, maktab taksisi, darsliklar, ofis, jihozlar va hatto planshet-noutbuklar ham bepul.

    3. Individuallik. Fin maktabida har bir bola individual o‘quv dasturiga muvofiq o‘qib o‘rganadi. Har bir o‘quvchining o‘z darsliklari, vazifalari, mashqlari mavjud. Bitta sinfning o‘zida, bir darsda bolalar bir xil emas, har xil murakkablikdagi mashqni bajarishadi. Har bir bola o‘z vazifasini bajaradi va alohida baholanadi. Bolalarni o‘zaro taqqoslashga yo‘l qo‘yilmaydi.

    4. Amaliylik. Bu narsa ko‘proq hayotga tayyorlov yondashuvidan kelib chiqadi. Ya’ni, maktablarda nafaqat turli fanlardan saboq beriladi, balki hayotga foydali bo‘lgan narsalar ham o‘rgatiladi. Masalan, ular meros solig‘i yoki ish haqi miqdorini hisoblab, bir necha chegirmalardan so‘ng mahsulot narxi qancha bo‘lishini taqqoslab ham berishadi.

    5. Ishonch. Mamlakatda ta’lim dasturi bir xil. U faqat umumiy tavsiyalarni ifodalaydi. Har bir o‘qituvchi o‘ziga tegishli, o‘zi ma’qul ko‘rgan uslubni qo‘llagan holda dars o‘tadi. Ishonch tamoyili bevosita o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarda ham aks etadi. Masalan, dars davomida o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi mumkin. Eng muhimi, u o‘ziga nima kerakligi, qaysi biri foydali ekanligini yaxshi biladi.

    6. Ixtiyoriy ta’lim. Bolani o‘qish va o‘rganish uchun majburlash yo‘q. Qiziqish, o‘rganish ishtiyoqi bo‘lmasa, u majburlanmaydi, balki amaliy jihatdan foydali bo‘lgan, o‘zi qiziqqan kasbga yo‘naltiriladi. Bolaning nimaga qiziqishi, qaysi kasbga moyilligi “kelajak o‘qituvchisi” tomonidan test va suhbat orqali aniqlanadi.

    7. Mustaqillik. Finlar har bir narsada mustaqillik bo‘lishi, maktab bolasiga istiqbolli mustaqil hayotni o‘rgatish kerak, deyishadi. O‘qituvchi muayyan mavzular haqida uzundan-uzoq gapirib o‘tirmaydi. Axir ularning hammasi kitobda bor! Eng muhimi, mavjud muammolarni hal qilish uchun zarur resurslarni bilish, ya’ni internet va kalkulyatordan foydalanish qobiliyatini o‘stirish kerak.

Internet materiallari asosida tayyorlandi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: