8-mart tabriklari, 2024 eng sara tabriklar va tilaklar to‘plami

8-mart tabrik 2024-yil uchun eng sara tabriklar va tilaklar

2024-yil 8-mart xotin-qizlar bayrami uchun tabriklar, 8-mart eng sara tabrik va tilaklar, ayollar uchun bayramona tabriklar to‘plami.

2024 Yil Bayramingiz Muborak, Ayollar!

🌸🌷 Aziz ayollar, sizlarning mehr va g‘amxo‘rligingiz dunyomizni yoritadi. 2024 yil 8-mart Xotin-Qizlar Bayrami munosabati bilan sizlarga sog‘liq, baxt va muvaffaqiyatlar tilayman. Har kuni bayramdek shod va xursand bo‘ling!

🌟✨ Qadrli ayollar, sizlar hayotimizning ilhom manbaisiz. 2024 yil 8-mart munosabati bilan sizlarga kuch-quvvat, yangi yutuqlar va cheksiz muhabbat tilayman. Sizlar dunyoni o‘zgartirish quvvatiga egasiz!

🌈🚀 Go‘zal va iste’dodli ayollar, sizlarning orzu va maqsadlaringizga erishishingiz uchun 2024 yil omadli yil bo‘lsin. Xotin-Qizlar Bayramingiz bilan! Kelajagingiz yorqin va muvaffaqiyatlar bilan to‘la bo‘lsin.

Har bir tabrik sizning bayram ruhingizni ko‘taradi va sizga ilhom baxsh etadi deb umid qilaman!

ayollar uchun tabrik

Aziz va muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Sizlarni bahorning ilk ayyomi – 8 mart bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Barchangizga o‘zimning eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirib, hamisha oilangiz va yaqinlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish baxtini tilayman.

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelganini hech birimiz yodimizdan chiqarmaymiz.

Siz go‘zal va betakror, aziz ayollarimiz haqida juda iliq fikrlar aytish, ko‘plab ta’riflar keltirish mumkin.

Yana bir bor bayramingiz qutluq bo‘lsin!

Bu she’rlar sizga bag‘ishlanadi: Ayollar haqida she’rlar to‘plami. Ayollarga bag‘ishlangan she’rlar

Pedagog ayollar uchun bayram tabrigi

Aziz opa-singillar!

Aql-zakovatingiz, mehr-oqibatingiz, sabru qanoatingiz bilan barchamizga ibrat bo‘lib, yosh avlodga bilim berish borasida qo‘shayotgan beqiyos hissangiz va yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun Sizlardan cheksiz minnatdormiz.

«Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» deb nomlangan joriy yilda ham oldimizga qo‘yilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda, avvalo, Sizlarning bilim va ma’rifiy salohiyatingizga tayanamiz.

Ishonchim komilki, har biringiz qaysi hududda istiqomat qilishingiz, xalq ta’limi tizimining qaysi bo‘g‘inida ishlashingizdan qat’i nazar, yurtimizning barcha jonkuyar ayollari qatorida ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarimizga, ayniqsa, qizlarimizga ta’lim va tarbiya berishdek g‘oyat mashaqqatli, ammo olijanob ishga munosib hissangizni qo‘shasiz.

Aziz va mo‘tabar onaxonlar, munis opa-singillar!

Yana bir bor sizlarni va siz orqali yurtimiz xotin-qizlarini, dilbar ayollarimizni samimiy tabriklayman. Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman.

Zero, ayol degan ulug‘ xilqatda nozik ta’b va buyuk qalb, nazokatli ko‘ngil, betakror fidoyilik va ona jasorati mujassamdir.
Mana shunday fazilatlar egasi bo‘lgan har biringizga bayram muborak bo‘lsin!

Ustozlar uchun 8-mart tabrigi

8-mart bayram tabriklari, eng sara tabriklar
🌷Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz opa-singillar!

🌺 Sizlarni tobora yaqinlashib kelayotgan 8-mart -Xalqaro xotin- qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!
🌺 Siz azizlarga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik- salomatlik tilayman!
🌺Bayramingiz muborak bo‘lsin ! Barchangizga shogirdlar kamolini ko‘rib yurishlik nasib qilsin. Ayollik latofati va go‘zallik hech qachon tark etmasin. 💐💐💐

Ustozlar bayramiga tabriklar, tabrik she’rlar va tilaklar to‘plami

Xatin-qizlar uchun bayram tabrigi

Assalomu alaykum!
Kanalimizdagi aziz opalarimiz va singillarimiz!
Barchangizni kirib kelayotgan 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qilbamdan tabriklayman!
Barchaganingizga kelgusi ishlaringizga omad tilayman! Oilangiz baxtiga sog‘-omon bo‘ling!
Barcha o‘ylagan eng ezgu niyatlaringiz yeting!
Har ko‘rgan kuningiz siz uchun baxtli kun bo‘lsin!
O‘zbekistondek go‘zal diyorda yashaganimizdan, iboli, hayoli va andishali ayol-qizlarimiz borligiga Ollohga qancha shukrlar aytsak ham kam!
Barcha singillarimiz ilmga tashna va tirishqoq, ayol ustozlarimiz o‘z kasbiga fidoyi bo‘lib yursin!
Eng yuksak marralarga erishish nasib qilsin!

G‘am sizdan yiroq bo‘lsin,
Tabassum xamrox bo‘lsin
Bahordek pok umringiz,
Doim quvonchga to‘lsin
Kirib kelayotgan 8-Mart muborak bo‘lsin!

8-mart uchun ajoyib tabrik

YARATGUVCHI AYOLNI IJOD ETGANIDA FARISHTALAR XAYRON KOLDILAR:
Sung Uning ixtiyori ila Undan suradilar:
— Yo RABBIL OLAMIYN, uni nega gul kabi guzal yaratding?
— Uni erlar bir gul kabi avaylasinlar.
—Uni nega bunchalar munis yaratding, Yo RAB? —Odam bolalariga ONAlik kilsin.
Va farishtalar yana suradilar:
— Uning kuksini nega munchalik mexring ila tuldirding?
— Toki ular to kiyomatga kadar Yer yuzini mexrga tuldirsinlar !!!

Aziz munisa onaxonlarim , guzal ayollar , betakror opa singillarim , kirib kelgan baxor muborak.
Guzallik nafosat bayrami onalar bayrami latofatlar kuni 8 — mart bayrami muborak.
Sizlarni nazokat mexru shafoat tark etmasin!!
Dunyodagi jamiyki yaxshiliklar borki , jumladan baxt , soglik , tinchlik , kalb xotirjamligi , kuvonch , guzallikni , sevgini mexrni, e’tiborni , farzandni , sayoxatu ziyoratni , XOJI ONA bulishlikni , roxat farogatni , faravon xayotni , shularning barisin sizga tilayman !

Onalar uchun bayram tabrigi

Ota-onalar haqidagi eng yaxshi she’rlar bu yerda: Ota-ona haqida she’rlar to‘plami, eng ta’sirli she’rlar
Onajonim sizga bugun tilaklarim hammasi,
Shu vaqtgacha dil so‘zlarim aytolmadim chamasi,
Sizga bo‘lsin bor jahonim, mehrim va umrim,
Toki tirikdirman sizga bo‘lsin eng shirin so‘zim!

Onajonim, bugungi bayram bilan sizni chin dilimdan tabriklayman. Ilohim baxtimga hech kasa bo‘lmang, yuzingizdan nur, chehrangizdan tabassum arimasin.
Sizni juda yaxshi ko‘raman, onajon!

Opa-singillar uchun 8-mart tabrik

2024-yil 8-mart tabriklari, opa-singillar uchun eng zo'r tilaklar
🌹Assalomu alaykum, aziz onajonlar, muhtarama opa-singillar!
💐Siz azizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman! Aziz opa-singillar, yasharish va yangilanish fasli bo‘lgan bahor fasli sizdek aziz ayollarimiz bayrami bilan boshlanadi. Chunki sizdek latofatli va maftunkor opa-singillarni bahordan ayro tasavvur qilish qiyin. Har kuningiz bahor va har kuningiz bayramday o‘tsin!
🌹Azizlar! Doimo bahor fasliday gul-gul yashnab yurishlik hammangizga nasib etsin. Sizlarga sog‘lik, tinchlik va xotirjamlik, oilaviy baxt tilayman. Yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum arimasin!

8-MART KUNI TUG‘ILGAN ER YIGITLAR

8-mart uchun hazil she'rlar, tabrik va tilaklar
(hazil she’r)

Siz baxtlisiz, siz omadli, Yaratganning suygani,
Yaqinlarin mehrin dildan yana bir bor tuyganim,
Sizga sovg‘a saralagan yorginasi kuyganim,
O‘qiyotgan satrlarim hazillarga yo‘yganim,
Bu kun sizga olqish aytar yam-yashil baxmal qirlar,
Sakkizinchi mart kuni tug‘ilgan er yigitlar.

Sovg‘a kutib, pardoz birla o‘zga berib oroyish,
Sevganingiz yo yoringiz keltirmas sira tashvish,
Yo‘q sizda g‘am, do‘konlarda sargardon bo‘lib yurish,
Bugun ular zimmasida ko‘nglingizni xush etish.
Og‘rinsa-da, sezdirmayin istagingiz ne derlar,
Sakkizinchi mart kuni tug‘ilgan er yigitlar.

Vijdoningiz qiynalsa gar hisob-kitob deysiz teng,
Chunki siz yaralgansiz juda ham karami keng.
Qarashib ham qolasiz ba’zan shimarvolib yeng,
Chunki siz yigitlarning topilmasi eng va eng.
Hech bo‘lmasa, o‘qiysiz madh etib go‘zal she’rlar,
Sakkizinchi mart kuni tug‘ilgan er yigitlar.

Suyganingiz, yoringiz etmasin sira armon,
Ayyomlar ko‘p oldinda, boshingiz bo‘lsin omon.
Har kun bayram aslida oriq bo‘lmasa karmon,
Lek bir marta kelgansiz dunyoga bo‘lib inson.
Baribir oilasin tun-u kun g‘amin yerlar,
Sakkizinchi mart kuni tug‘ilgan er yigitlar.

Sarvara Eshonxonova

Bu sizga qiziq: Faqat o‘quvchilar uchun sara yangi latifalar xa xa xa!

Bayramingiz muborak aziz ayollar!

Poyingizga sochayin gullar ,
Mehringizdan yashnaydi dillar .
Onajonlar , opa -singillar ,
Bayramingiz muborak bo‘lsin !

Ey , dildagi ezgu xayollar ,
Ey , mo‘tabar , munis ayollar .
Yuzlari gul qoshi hilollar ,
Bayramingiz muborak bo‘lsin !

O‘ZBEK AYOLI

Dunyoda siz kabi latofatli kim ?
Dunyoda siz kabi matonatli kim ?
Dunyoda siz kabi sadoqatli kim ?
O, o‘zbek ayoli , o‘zbek ayoli !

Siz boylik yig‘maysiz , oltin- tillo zar ,
Sizni qiziqtirmas olmos yo gavhar .
Siz shunday suluvsiz , siz shunday dilbar ,
O, o‘zbek ayoli , o‘zbek ayoli !

Tog‘dan-da yuksakdir sizdagi bardosh ,
Ko‘zlari yulduzsiz , siz bag‘ri quyosh .
Ta’zimdaman mudom sizga egib bosh ,
O, o‘zbek ayoli , o‘zbek ayoli !

Jahongir Nomozov

Onalar uchun tabrik she’r

Onalar bor ekan, munavvar hayot,
Onalar bor ekan, g‘am yo‘q, alam yo‘q.
Shoir qalamidan to‘kilar bayot,
Onalar mehridan obod yer-u ko‘k.

Aslida bir kunlik bayram nisbiydir,
Onalar har kuni arzir qadrga.
Ona muhabbati suvdek tabiiydir,
Onadek bo‘lolmas hech kim sabrda…

Oilam, bolam deb, tinmaydi sira,
Qirqta jonini qirq mingga bo‘lib.
U bilan, boshlanar gulgun bahor ham,
O‘riklarning oppoq, guli ochilib…

Iloho, bor bo‘ling, mehringiz qadar,
Yig‘lamang sira ham chekmang qayg‘u-dard.
Yaxshiyam Siz borsiz, Siz sabab biz bor,
Har kuningiz bo‘lsin, 8-Mart!

Jahongir Nomozov

8-mart tabriklar

Aziz opa-singillar, muhtaram onajonlar!

Hammangizni go‘zallik va bahor ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz 🌸
Doim go‘zal, betakror, mehribon va yaqinlaringiz bahtiga sog‘lom bo‘ling.
Qalbingiz bahor gullariga to‘lsin, atrofingizda samimiy insonlar ko‘paysin. Mehr-muhabbat, baxt, quvonch yuragizni hech qachon tark etmasin 💐

Ayollarga bag’ishlangan qo’shiqlar

Ravshan Komilov — Muqaddas ayol

Eldido — Muqaddas ayol

Dildora Niyozova O‘zbek ayollari

Shahriyor — Farishta ayol

Malika Ravshanova — Bu mening onam

Ayollar va onalarga bag’ishlangan barcha qo’shiqlar bu yerda: Ayollar va onalar haqida sara qo‘shiqlar to‘plami

Ayollarga erkaklardan dil so‘zlar

Ismingizni aytsam, bo‘g‘zim lovullar,
Qog‘ozga yozgandim, qog‘oz ham kuydi.
Ismingiz eshitib tindi dovullar,
Yomg‘irlar siz bor deb yog‘mayin qo‘ydi.

Sizga soya tashlab xijolat bo‘lgan
Bulutlar osmonni tark etdi, qarang.
Siz ko‘z tashlamagan har nihol o‘lgan,
Siz boqqan har maysa ko‘k yetdi, qarang.

Siz kulgach, bir qo‘shiq boshladi qushlar,
Bulbul nolangizdan oldi andoza.
Sizni deb o‘ngidan kelmoqda tushlar,
Siz gullar ichida eng nafis, toza.

Sizni ko‘rib rassom mulzam bo‘ldi, rost,
Go‘zallik deb chizgan suratlar sindi.
Hofizlar o‘zicha qilardi parvoz,
Sizni ko‘rib barin ovozi tindi.

Qaydanam duch keldim sizga, azizam,
Ko‘zlarim ko‘r bo‘ldi, quloqlarim kar.
Hayotga qaytmayman sizni deb o‘lsam,
Muhabbat degani bor bo‘lsa agar.

Sizni qattiq sevdim Xudoyim guvoh,
Sizni sevmoq bordir faqat ilkimda?
Agar sizni sevish sanalsa gunoh,
Eng katta gunoh bor mening bo‘ynimda.

Shavkat Odiljon

O‘zbegim ayollariga bayram tabrigi

Kuyunchak, soddadil, mehribonlarim,
Opayu singillar- qadrdonlarim,
Qizaloqlar, dugonalar, onajonlarim,
O‘zbegim ayollari, bayram muborak!

Bahorday ko‘rkamu, bahorday go‘zal,
Odobi-ahloqi hammadan afzal,
Bugun sizga yana yozay yana bir g‘azal,
O‘zbegim ayollari,bayram muborak!
🍃
Qoshi o‘smaliyu ko‘zi surmali,
Ko‘ylaklari atlas, ko‘krakburmali,
Sochlari shokila, qirqta o‘rmali,
O‘zbegim go‘zallari, bayram muborak

O‘n qo‘li o‘n hunar, zo‘r chevarlarim,
Guldan nozik didli, gulsevarlarim,
Bahorni keltirolgan navbahorlarim,
O‘zbegim ayollari, bayram muborak!
🍃
Mehnatdan tolmasin nozik qo‘lingiz
Mudom porloq bo‘lsin,yurar yo‘lingiz,
Guldan go‘zal bo‘lsin, nozik dilingiz
O‘zbegim ayollari, bayram muborak!
🍃
Bahorning ilk bayrami, sizga atalgan,
Bugungi ilhomim sizga atalgan,
Guldastalar boylami sizga atalgan,
O‘zbegim go‘zallari, bayram muborak!
🍃
Rizqingiz mo‘l bo‘lsin, baxtingiz bekam.
Asli go‘zalliksiz, gullardan ko‘rkam.
Nozanin dilbarlar, qoshlari qalam,
Oydan suluvlarim,bayram muborak!

8-mart ayollar uchun tabriklar

8-mart ayollar uchun tabriklar va tilaklar guldastasi
🌹Assalomu alaykum, aziz onajonlar, muhtarama opa-singillar!
💐Siz azizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman! Aziz opa-singillar, yasharish va yangilanish fasli bo‘lgan bahor fasli sizdek aziz ayollarimiz bayrami bilan boshlanadi. Chunki sizdek latofatli va maftunkor opa-singillarni bahordan ayro tasavvur qilish qiyin. Har kuningiz bahor va har kuningiz bayramday o‘tsin!
🌹Azizlar! Doimo bahor fasliday gul-gul yashnab yurishlik hammangizga nasib etsin. Sizlarga sog‘lik, tinchlik va xotirjamlik, oilaviy baxt tilayman. Yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum arimasin!

Qoraqalpoqcha she’r tabrik uchun

BAYRAM MҮBARЕK

Shashaq oramaldi tag‘ip basina,
Aqliqlarin jiynap alip qasina,
Pensiyasi ilayiq yemes jasina,
Kempir-apalarim bayram mүbarek.

Uyqilarin tүni menen tөrt bөlgen,
Perzentlerin janinanda kөp kөrgen,
Jeti qabat tөsekli orniniz tөrden,
Әdio‘li analarim bayram mүbarek.

Үkelerin arqalap, sabaq үyretken,
Jaratilg‘an өzleri bao‘ir-bүyrekten,
Jan ashir tuo‘iskan, kүyer jүrekten,
Miyirman ajapamlar bayram mүbarek.

Xojaliqtiң xizmetine taq turg‘an,
Jasulkenniң sozlerine saq turg‘an,
Hәzil qilip qәynilerin lap urg‘an,
Quo‘naq jeңgelerim bayram mүbarek.

Keo‘illeri daryaday burqirap tasqan,
Qanlasta yemespiz, biraq tuo‘isqan,
Balaliqta oynap biraz quo‘isqan,
Jasliqtag‘i doslarim bayram mүbarek.

Otirispaqti qosiq penen qizdirgan,
Joralarg‘a shiqpas siziq sizdirg‘an,
Merekede oynap taban tozdirg‘an,
Qurbi qurdaslarim bayram mүbarek.

Qalxan kөrip ag‘alarin panalar,
Shiyrin sөzli, jүzlerinde nur janar,
Mehir menen kөzlerinen jas tamar,
Nazik qarindaslar bayram mubarek.

Salem berip, suo‘ aladi qoliңnan,
Tarbiyali, xasla kespes joliңnan,
Miyman bolsan tөsek salar qaliңnan,
Iybeli kelinler bayram mүbarek.

Sovg‘a kutar ayollar

Tinglab ko’ring: Ayollar haqida eng sara audio she’rlar to‘plami
Sakkizinchi mart kuni,
Quvnar yuzi hilollar,
Erlaridan nozlanib,
Sovg‘a kutar ayollar.

Hazillarga qorishib,
Unut bo‘lar tashvish, g‘am,
,, Senga eng katta sog‘va»,
O‘zimman der erlar ham.

Kimlar atir tutarlar,
Gul tutadi birovlar,
Qovoq solib jo‘rttaga,
Sir bermaydi kuyovlar.

O‘sma qo‘yib qoshiga,
Yuzi oydek to‘linlar,
O‘z holiga shunchaki,
Qo‘yib qo‘ymas kelinlar.

Olarmi deb tuhfamni,
Oshiq dilda alamlar,
Rad etib sovg‘alarni,
Nozlanar gul sanamlar.

Yashnab ketar ushbu kun,
Sevgi,mehr cho‘llari,
Sovg‘alarning eng zo‘ri,
Bu- muhabbat gullari.

Do‘stlar har bir kunimiz,
Bayramlarga yor bo‘lsin,
Tosh dillarni eritgan,
Xotin-qizlar bor bo‘lsin.

Ayolga baxt bering

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering
Gar ko‘zlari kulib tursada,
Bo‘g‘zining ostida necha ming hasrat
Oy yuzlari kulib tursada.
Ko‘nglini ko‘taring hech
bo‘lmaganda
Qo‘lini silashga sharofat toping.
Yig‘lab turganida hech bo‘lmaganda,
Yoshini artishga muruvvat toping.
Nogoh yerga tushsa oppoq ro‘moli,
Bosib o‘tmaslikka shafoat toping.
Ayolga baxt bering , saodat bering
Tog‘ qimirlab, toshlar so‘zga kirsada,
Ayolga baxt bering, saodat bering
Oltmishga kirsada, yuzga kirsada!

Bayramingiz muborak aziz ayollar!
Ayolni baxtli qilishning 15 usuli — erkaklarga shpargalka

Aziz ayollar, bugun sizga hamma narsaa mumkin

ASSALOMU ALAYKUM AZIZ AYOLLAR!!!
BUGUN SIZGA HAMMA NARSA MUMKIN. ISHGA HAM KECHIKIB BORAVERING☺️
BUGUN KECHKI PAYTDAN BOSHLAB ERTAGA TUNGACHA OSHXONANI ERKAKLARGA TOPSHIRAMIZ😂
GO‘ZALLIK SALONI, BAZMLAR BUGUN BIZNIKI….
ERKAKALARIMIZDAN AJOYIB MO‘ZILAR KUTIB KAYFIYATINGIZNI CHOG‘ QILING😊
HA, AYTMOQCHI 14 -YANVARDA NIMA EKKAN BO‘LSANGIZ SHUNI OLASIZ, AGAR UNI HAM O‘ZINGIZNING PLASTIGINGIZGA OLISHMASA😉😉

Ona sizni tabriklab keldim…

Erta tongda borib bozorga
Gul bozordan gullarni terdim
Sizni qumsab ona, mozorga
Ona sizni tabriklab keldim,

Bo‘ynimga dard tumorin osib
Iztirobga bag‘rimni berdim
Farzand bo‘lay sizga munosib
Ona sizni tabriklab keldim

Bugun bayram, hamma shodumon
Qanot yozib misoli yeldim,
Ko‘zimda yosh, qalb uyi vayron
Ona sizni tabriklab keldim,

Ko‘rdim kimdir onasin quchib,
Qutlamoqda, nima ham derdim,
Men bir uyum tuproqni quchib
Ona sizni tabriklab keldim,

Mehringizga bo‘ldim ko‘p mushtoq,
Qizg‘aldoqlar, lolalar terdim,
Jon tanimni bosib bir titroq
Ona sizni tabriklab keldim,

Armon bo‘lgan qalbim ardog‘i,
Armonlarga qorishib keldim,
Men ham boshqa dillar qatori
Ona sizni tabriklab keldim.

Muallif: Dilshod Nur

8-mart tabrigi

8-mart tabrigi, chiroyli qizlar uchun tabriklar
Assalomu alaykum. Aziz ayollar, opa-singillar!
Sizlarnii 8-mart bayrami bilan chin qalbdan samimiy qutlayman. Tilagim yuzingizdan kulgi tabassum arimasin, yaqinlar baxtiga doim sog‘-salomat bo‘ling.Faqat va faqat baxt va saodat yo‘llariga yo‘ldosh bo‘ling. Sizlarga dunyodagi jamiyiki ezgu istaklarni tilab qolaman.Ko’nglingizda g‘am, qalbingizda alam bo‘lmasin, sevib sevilish baxti nasib aylasin.

Bayram muborak ayollar!

Sizga quvonch ulashay bugun,
Quchog‘ingiz gullarga to‘lsin.
Gulga oshno guldek ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Bugun baxtdan yayrasin dillar,
Ko‘zingiz ham quvonchga to‘lsin.
Erkak ko‘rki, go‘zal ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Baxor go‘zal bayramlar fasli,
Yana shunday bayramlar bo‘lsin.
Tazimdamiz sizga ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Sizga baxtni tilayman mangu,
Bu dunyoda baxtingiz kulsin.
Chin yurakdan aytay ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

MUALLIF: QODIR QAXXOR

Qiziqib ko’ring: Erkaklar ayollar uchun qilmasligi kerak bo‘lgan 6 narsa

Bayramingiz muborak — aziz onajonlar, opa-singillar!

… Bisyor bo‘lsa agar, bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yorug‘ olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda Ona degan nom!

✍ Abdulla Oripov.

Mavzuga doir:
8-mart ayollar uchun tabriklar va tilaklar to‘plami

8-mart bayrami uchun she’rlar va tabriklar to‘plami

Ayollar haqida she’rlar to‘plami. Ayollarga bag‘ishlangan she’rlar

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Mushtariy

    :oops: :oops: :idea:Zoʻr gap yo

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: