14-yanvar vatan himoyachilari kuniga tabriklar va tilaklar to’plami

14-yanvar vatan himoyachilari kuniga tabriklar va tilaklar to’plami
Telegramda o'qish

14-yanvar vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sara tabriklar va tilaklarni qabul qiling.

Eslatib o’taman, vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan she’rlar to’plamini ushbu sahifada o’qishingiz mumkin: 14-yanvar vatan himoyachilari kuniga she’rlar to’plami

 

 

Vatan himoyachilariga tabrik!

Yurtimizning muhtaram posbonlari! Barchangizni yaqinlashib kelayotgan 14-Yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz! Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash — har bir erkakning Vatani oldidagi muqaddas burchidir! Vatanimizning munosib o‘g‘lonlari, barchangizga eng ezgu istaklarimizni tilab qolamiz!

 

Vatan posbonlariga tabrik va she’r

Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlar! Mana bugun 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni. Shu fursat bilan barcha yigitlarni muborakbod etaman. Sizlar borsizlar tinchligimiz bardavom, qadrimiz baland. Ko’nglimdagi barcha ezgu va samimiy tilaklarim sizlarga. Bayramingiz muborak!

 

Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki

Naslning javhari, davlat tayanchi,

Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,

Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.

Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,

Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,

Qizlar kulgusida avju daromad,

Chollar uyqusida jannat, farog‘at.

Biringiz ugilsiz, biringiz yorsiz,

Biringiz inimiz, ishda xamkorsiz.

Ogirimiz yengil kilib doimo,

Yaxshi xamki baxtimizga siz borsiz.

Muxtojlik sezamiz ximoyangizga,

Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.

Yer va kukka sizni ishonmay,

Doim aylanurmiz xamsoyangizga

 

Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Hurmatli askar va serjantlar, ofiser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug` sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 29 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga mustahkam sog’lik, oilaviy tinchlik, ulkan quvonch tilab qolaman. Shuni unutmangki, biz sizlar bilan doim faxrlanib yuramiz.

 

14- yanvar Vatan himoyachilari kuniga tabrik she’r

Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,

Soatga qarasam, ikkimi yo uch.

(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,

Tashqariga tortdi allaqanday kuch.

 

Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,

Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,

“Havf, havf”, deya bor ovozicha

Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.

 

Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,

Shukrki, hammayoq tinch va osuda.

Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,

Farzandlarim yotar qator uyquda.

 

Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,

Bir-birin raqsga tortar xazonlar.

Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,

Boshini tebratar gulu rayhonlar.

 

Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,

Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.

Va ayni paytda qanchadan qancha,

Bedor nigohlarning sharofati – bu.

 

Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,

Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,

Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,

Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.

 

Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,

Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.

Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,

Dunyoni alishmam tabassumiga.

 

Senga ko‘ngildagi borini aytay,

Sabru sabot tilay ayni choqda man.

Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,

Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.

 

Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,

Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.

Endi dilbandlarim yoniga kirib,

Uyquga ketaman, shirin uyquga.

 

14-yanvar kuniga yigitlarga tabrik

Kuchli, mard va jasur kasb egalarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz ! Har bir kuningiz – omadli, har bir qadamingiz – munosib, har bir so’zingiz – qattiq, har bir harakatingiz – ishonchli bo’lsin. Sizlarga salomatlik va g’alabalarni tilab qolamiz !

 

Vatan himoyachilariga qizlardan tabrik

Xalqimizda «Yigit omon bo’lsa, qo’rg’on salomat» degan gap bor. Shunday ekan doimo bu oltin boshingiz toshdan bo’lsin, hamda biz ojizalarni doimo himoya qilishga hozir-u nozir bo’ling.

Yurtimizda qat’iyatli, mard, jasur, oriyatli yigitlar bor ekan — biz hech kimdan va hech qachon qo’rqmaymiz.

Jannatmakon O’zbekistonimiz, xalqimiz, oila a’zolaringiz hamda sevimli yorlaringiz baxtiga doimo sog’-salomat yuringlar.

 

Tabrikdan quvongan askar so’zi

Siz ayollar, qizlar borki, biz bormiz

Yurt tinchligin asrashga doim shaymiz

Himoya qilmoqdur bizning burchimiz

Lekin she’rni o’xshatib yozolmaymiz . . . :)

 

Bayramga qisqa she’r

Sizlar bizning g’ururimiz, orimiz,

Sizlar borki, yo’qolmas viqorimiz.

Oila tayanchi, yurtning ishonchi,

Bo’ling doim bizning iftixorimiz

 

Bayramga qanday sovg’a olishni o’ylayotgan qiz

O’n to’rtinchi yanvarda,

Biz ham o’yga tolamiz.

Dovyurak yigitlarga,

Kanday sovg’a olamiz.

 

Mablag bulsa mayliga,

Pul bulmasa netamiz.

Chorasini topolmay,

O’yga tolib ketamiz.

 

«Armani» ko’ylagimi,

Yonida-chi bo’yinbog.

Juda ko’p o’ylar kelur,

Mayli, kilmay istilox.

 

Ularga yaxshi sovg’a-

Avvalambor o’zimiz.

Go’zal tabassumimiz,

Shiringina so’zimiz.

 

Barcha erkaklar uchun tabrik she’r

Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir,

Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.

Ayollar qudrati mulki-erkakdir,

Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.

 

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,

Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.

Oila butundir ular boridan,

Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.

 

Dasturxon qutligi — ular mehnati,

Ustimiz butligi — ular himmati.

Farzandlar chirog‘i — ular borligi,

Muhabbatning bizga mudom yorligi.

 

Erkaklar mardligi berur iftixor,

Ularda mehr bor va muhabbat bor.

Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,

Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

 

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,

Shundayin erkaklar mehrga loyiq.

Ular elimizning sodiq posboni,

Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

 

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,

Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.

Omon bo‘ling bola, onalar uchun,

Sezing doim ayol mehrining kuchin.

 

 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: