Yangi yil tabriklari. 2024-yil uchun eng sara tabriklar va tilaklar to’plami

Yangi yil tabriklari, yangi yil uchun eng sara she'rlar to'plami

Yangi yil tabriklari. Yangi 2024-yil tabriklari va tilaklari. Yangi yil uchun eng sara bayramona tabrik va qutlovlar. Ota-onaga, farzandga, qizlarga, yigitlarga, barcha uchun eng yaxshi yangi yil bayram tabriklari.

Eslatib o’taman, saytimizda yangi yil bayrami bilan bog‘liq bir qancha foydali materiallar bor. 2023-yil uchun berilgan tabriklar mana bu sahifada, yangi yil haqidagi she’rlar ushbu sahifada, senariylar mana bu sahifada, yangi yil uchun she’riy tabriklar mana bu sahifada keltirilgan.

YANGI YIL TILAGI❄

Yangi yilda tug‘ilsin,
Yangi -yangi g‘oyalar,
Poyingizda tiz cho‘kib,
Qolsin buyuk qoyalar.

Baxt sizni tinch qo‘ymasin,
Omad sizga to‘ymasin,
Xumo polaponlarin,
Tomingizga joylasin.

Quvonch-u, sevinch hargiz,
Tark etamasin sizni zum,
Tilib ketsin yuzingiz,
Hanjardayin tabassum.

☃ Xurshid Karim

Yangi yil antiqa tabrik

#Xayrli_tong

❗️Milodiy 2023 yilning so‘ngi tongi muborak bo‘lsin

Kirib kelayotgan 2024-yilda:

— 12 oy yaxshi kayfiyat
— 53 xafta osoyishtalik
— 365 kun omad
— 8760 soat baxt
— 31 536 000 sekund sog‘lik va quvonch hamrohingiz bo‘lsin

2024-yil yangi yil tabrigi, tabrik so‘zlar

Mana 2023- yilning xam oxirgi kuni, daqiqalari, soniyalari o‘tib bormoqda….

Bu yilda ushalmagan eng ezgu orzu niyatlarimizga kelayotgan 2024-yilda erishib yuraylik!

Har doim martabangiz bundanda ulug‘ bo‘lsin, olingu oldirmang, izzatda, hurmatda, obro‘da bo‘ling!

Hamisha oilangizda mehr oqibat, sevgi muhabbat, baxt saodat hukm sursin!

Farzandlaringiz har doim sizga faqat rahmat, hurmat, obro‘ e’tibor olib keladigan bo‘lishsin!!!

Ota — onangizni umrlariga Allohim umr , sog‘liklariga sog‘lik qo‘shsin !!!

Bundan yukori cho‘qqilarni zabt etib , olg‘a qadam tashlab yuring!!!

Allohim beraridan qoldirmasin.

Kelayotgan yangi 2024-yil oilalarimizga baxt, omad, tinchlik, xotirjamlik olib kelsin !!! 🎊

Yangi yil tabriklari, she’riy tabrik

Yangi yil tabriklari, yangi yil uchun eng sara she'rlar to'plami


Eslatib o’taman, yangi yil uchun eng sara she’rlar saytimizning ushbu sahifasida bor: Yangi yil bayrami uchun she’rlar to‘plami
Salom do‘stim, azizim,
Qadringiz baland g‘oyat.
Yilning oxirgi kuni,
Kirib keldi nihoyat.

Bugun tunda yangi yil,
Kelgaydir viqor bilan.
Qayda yomg‘ir shivirlab,
Qayda esa, qor bilan.

Tilagim, yangi yilda,
Yangi baxtlar yor bo‘lsin.
Uch yuz oltmish besh kun ham,
Umidingiz bor bo‘lsin!

Sochilsin yo‘lingizga,
Namanganning gullari.
Arimasin cho‘ntakdan,
“Kal bobo” ning pullari.

Samarqandning noniday,
Aziz bo‘lsin boshingiz.
Buxoro minoriday,
Mingga yetsin yoshingiz.

Keng qiling ko‘nglingizni,
Qoraqalpoq cho‘liday.
Burro bo‘lsin tilingiz,
Bog‘larning bulbuliday.

Qizlar baxtli bo‘lishsin,
Borgan joyda tosh qotib.
Yigitlar muhabbatda,
Qolmasinlar bosh qotib.

Uylanganlar yashashsin,
Kiprigu ham qoshdayin.
Yog‘li bo‘lsin ro‘zg‘ori,
Andijoncha oshdayin.

Bugun bayram qilaylik,
To quyosh uyg‘otguncha.
Shodlaylik ko‘ngillarni,
Farg‘ona tong otguncha.

Ovozingizga ovoz,
Bersin deyman Xudoyim.
Toshkent piyolasiday,
Jaranglab tursin doim.

Qalbingizning uchquni,
Olov bo‘lsin lovullab.
Yurakda oqsin mehr,
Sirdaryoday shovullab.

Jizzaxning tog‘lariday,
Baland bo‘lsin boshingiz.
Rizqingizni Haq bersin,
Halol bo‘lsin oshingiz.

Kiyganingiz hamisha,
Bo‘lsin brendning zo‘ri.
Yeganingiz doimo,
Qashqadaryo tandiri.

Vafodor do‘stlaringiz,
Yoningizda to‘p bo‘lsin.
Surxondaryo anorin,
Donasiday ko‘p bo‘lsin.

Navoiy oltiniday,
Zanglamasin baxtingiz.
Mana shu oltinlardan,
Kam bo‘lmasin naqdingiz.

Bugun bayram, yangi yil,
Ko‘ngil yozib, kuylaymiz.
Xorazmcha “Lazgi” ni,
Qo‘ying do‘stim o‘ynaymiz.

Tilagim, yangi yilda,
Yangi baxtlar yor bo‘lsin.
Uch yuz oltmish besh kun ham,
Umidingiz bor bo‘lsin!

✍✍✍ O‘lmasbek Samarqandiy

Zamondoshlar uchun yangi 2024-yil tabrigi

❄️🎄❄️Umr sahifalaridan yana biriga yakun yasayotgan aziz Zamondoshim!
Ostonada eshik qoqayotgan Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Yangi yil xonadoningizga tinchlik, fayzu baraka, omadlar, shukronalik,baxtu saodat olib kelsin.
Eng yaxshi orzularingiz ro‘yobi kelayotgan yilda sizga peshvoz chiqsin!

Hamkasblar uchun yangi yil tabrigi

🎄Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar! Aziz ustozlar, fanimiz fidoiylari!
🎄Siz azizlarni 2024-yil, Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!.
🎄Sizdek fidoiy kasbdoshlarimga tolmas kuch, tuganmas bilim hamda sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt, to‘kin- sochinlik, farzandlar kamoli, shogirdlar istiqbolini ko‘rib yurishlikni tilab qolaman.
🎄Doimo topganingizga qut-baraka, cheksiz boylik, navqiron yoshlik, mazmunli umr bersin Allohim.
🎄Yangi 2024-yil Sizga, oilangizga omad va quvonch olib kelsin! Yilning har kunida baxt, muvaffaqiyat va farovonlik hamrohingiz bo‘lishini tilayman!
🎄Yana bir bor Yangi yilingiz muborak bo‘lsin azizlar!
Yurtimiz tinch, Osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Yangi yil qo‘shiqlari, bayram qo‘shiqlari

Yangi yil bayrami uchun qo‘shiqlar to‘plami
Abba happy new year — yangi yilga inglizcha qo‘shiq.mp3

Barcha xonandalar – Yangi yil oqshomi.mp3

Farhod va shirindan yangi yil bazmi.mp3

Qor parchasi qo‘shig‘i.mp3

Yangi yil haqidagi barcha qo‘shiqlarni mana bu sahifada yuklab olishingiz mumkin: Yangi yil bayrami uchun qo‘shiqlar to‘plami

Yangi yil musiqalari

Yangi yil musiqalari, Jingle Bells kuylari, qo‘shiqlar
Jingle Bells musiqasi o‘zbekcha talqinda

Jingle Bells Yangi yil musiqasi

Yangi yil archa bayrami musiqasi

Yangi yil ertagi musiqasi

Barcha yangi yil musiqalarini saytimizning mana bu sahifasida oson yuklab olishingiz mumkin: Yangi yil musiqalari, Jingle Bells kuylari, qo‘shiqlar

Kelgin yangi yil! Yangi yil qutlovi

Umr oqayotir sho‘x daryo misol,
Peshonada ajin, sochga qo‘nar qor.
Vafo izlagan dil tinmay tun-u kun,
Oh, yana bir yilni kuzatar xushhol,
Qadamingga hasanot, kel, Yangi yil!

Eski yil xotira — qalbni o‘rtovchi,
Takror muhrlanar odatdagiday.
Umrimning bir yili ketdimi tashlab,
Ulgurdimmi nelarga sarhisob boshlab,
Taqillatar eshik, kirgin, Yangi yil!

Soat bong uradi, bo‘ldi o‘n ikki,
Dekabrning so‘nggi kuni ham o‘tdi.
Eski yil xurjunin yig‘ishtirar tez,
Do‘stlar qarshi olar shod-xurram seni,
Omadlar yili bo‘l, kelgin, Yangi yil!

Armonga aylangan orzular ancha,
Yum-yum yig‘laganda tutib dastro‘mol.
Yuraklar ishonchi qanchadan-qancha,
Ushalmay qolgani suyanar senga,
Umidlar yili bo‘l, kelgin, Yangi yil!

Gulchehra Jo‘rayeva

Yangi yilning bolalarga tabrigi

Eski yilni muddati,
Tugab tarixga ketdi.
Yangi yil bo‘lib men ham,
Kelish navbatim yetdi.
Ko‘rayapsiz jujiqman,
Yillar ichra kichikman,
Keldim sizga o‘sgani,
Ko‘p zafarlar quchgani.
Meni seving shu onda,
Siznikiman shu ondan.
Ota, ona, bobolar,
Ham mehribon momolar.
Menda g‘ayrat qilurman,
Sur’atim oshirurlar,
Siz ham a’lo o‘qingiz,
Bilimlarni o‘qingiz,
Siz o‘sibsiz bir yoshga,
Yurt kon bo‘lsin non oshga.

Otalar uchun yangi yil tabrigi

Aziz otajonim, sizni yangi 2024 yil bilan chin dildan tabriklayman!

🎉🎆🎄 Sizning hayotingizda yorqinlik va xursandchilik to‘la kunlar bo‘lsin, hamma maqsadlaringiz amalga oshsin!

🎯💪🏻 Yaratilgan har bir ishda omad siz bilan bo‘lsin. Sizga sog‘lik, baxt, tinchlik va muhabbat tilayman!

👨‍👧‍👦💖 Otajonim, siz mening eng aziz insonimsiz, sizni judaham yaxshi ko‘raman!

👨‍👧‍👦❤️ Yangi yil sizga faqat yaxshi narsalarni keltirsin!

🎅🏻🎁🎄 Yangi yilda sizga eng chiroyli orzularingizni ro‘yobini tilayman!

🌟✨💫 Otajonim, sizga yangi yil muborak bo‘lsin! 🎉🎊🥳

Onalar uchun yangi yil tabrigi

Aziz onajonim, sizga yangi yil muborak bo‘lsin!

🎉🎊 2024-yil sizga barcha yaxshiliklarni, baxt va muhabbatni keltirsin. Sizga, bizga va barcha yaqinlarimizga omadli, muvaffaqiyatli va zafarli yil bo‘lsin.

🌟🍀Sizning mehringiz va g‘amxo‘rligingiz bizni har doim ilhomlantiradi. Siz bizning eng muhim qo‘llab-quvvatlaydigan kuchimizsiz. Biz sizni juda sevamiz, onajonim!

💖💕Siz bilan birga ekanimizdan faxrlanamiz. Sizga 2024-yil muborak bo‘lsin, onajonim! 🎆🎇

Yangi yilda sizga eng chiroyli tabassumlar, eng yorqin tuyg‘ular va eng yaxshi faravon hayotni tilaymiz. Yangi yil muborak bo‘lsin! 🎉🎊🎈

Sizga sevgi va hurmat bilan, sizning farzandingiz.

Qizlar uchun yangi yil tabriklari

Qizlar uchun yangi yil tabriklari, yangi yil bayram tabrigi
Eslatib o’taman, qizlar ismlari ma’nosi kerak bo’lsa, saytimizning ushbu sahifasiga o’ting: Qizlar ismlari ma’nosi, mingdan ortiq eng chiroyli qizlar ismlari

🎉🎊Assalomu alaykum, aziz qizlar!🎊🎉

🌟2024-yil sizga yorqin va o‘zgacha kunlarni olib kelsin!🌟

🎁Yangi yil sizga har kuni yangi imkoniyatlar va yangi omadli damlarni keltirsin!🎁

💖Sizning yuragingizda doim sevgi, muhabbat va mehr mavjud bo‘lsin!💖

🎀Sizning hayotingizdagi barcha orzularingiz qanot yozsin va barcha maqsadlaringiz amalga oshsin!🎀

🌺Sizning hayotingiz cheksiz baxt, sevgi va murodbaxsh kunlar bilan to‘lgan bo‘lsin!🌺

❄️2024-yil sizning hayotingizga yangi rang, yangi umid va yangi fursatlar keltirsin!❄️

🥳Yangi yil bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz qizlar!🥳

Yigitlar uchun yangi yil bayram tabriklari

🎉 Salom, yigitlar! Kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan sizlarni tabriklayman! 🎉

🥳 Bu yil sizning hayotingizdagi eng yaxshi, eng yorqin va eng xushchaqa yil bo‘lsin! 🥳

🎆 Yangi yil sizga omad, muvaffaqiyat va saodat keltirsin! 🎆

💪 Sizning hamma maqsadlaringiz va orzularingiz qanot yozsin va istaklaringizga o‘z kuchingiz bilan erishishga qodir bo‘ling! 💪

🌟 Sizning hayotingiz yulduzlar kabi yorqin bo‘lsin va barcha orzularingiz amalga oshsin! 🌟

🎊 Yangi yil sizga barcha yaxshiliklarni keltirsin! 🎊

🍾 Yangi yil bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin! 🍾

🥂 2024-yil siz uchun ajoyib bo‘lsin! 🥂

Maktab o‘quvchilari uchun yangi yil tabriklari

Maktab o‘quvchilari uchun yangi yil tabriklari. Yangi 2024-yil samimiy tabriklar
Eslatib o’taman, maktab hayoti bilan bog’liq eng sara latifalar kerak bo’lsa ushbu sahifaga o’ting: Faqat o‘quvchilar uchun sara yangi latifalar xa xa xa!
🎉🎉🎉Salom seviklilarim! yangi 2024-yil bilan tabriklayman! 🎆🎆🎆

📚Aziz maktab o‘quvchilari, do‘stlarim, sizning yosh qalbingizga kelajakda katta muvaffaqiyatlar va barcha marralarni zabt etishingizga ishonaman. 🌟🌟🌟

🎇Yangi yil sizga omad, muhabbat va quvonch hadya etsin! Qalbingizdagi barcha yaxshi niyatlar, orzular ro‘yobiga yeting! 💖💖💖

🎊Bu yil sizning hayotingizdagi eng yaxshi va eng yorqin yil bo‘lsin. Hayot yo‘lingizda barcha to‘siq va qiyinchiliklarni yengib o‘tishingizni tilayman! 🌈🌈🌈

📝Darslaringizda yuqori natijalar, o‘qishga va bilimlarni o‘rganishga muhabbat sizga har doim hamroh bo‘lsin. 🎓🎓🎓

☀️2024-yil sizga barcha yaxshiliklarni olib kelsin! Yangi yil bilan tabriklayman! 🎉🎉🎉

Ota-onalardan farzandlari uchun yangi yil tabriklari

Aziz ota-onalarimiz haqidagi she’rlar izlayotgan bo’lsangiz ushbu sahifa albatta sizni qiziqtiradi: Ota-ona haqida she’rlar to‘plami, eng ta’sirli she’rlar
🎉🎈Aziz farzandlarim, sizga yangi 2024-yil muborak bo‘lsin!🎈🎉

👨‍👩‍👧‍👦 Ota-ona sifatida, bizning eng katta tilaklarimiz farzandlarimizga bag‘ishlangan. 👨‍👩‍👧‍👦

🌟 Sizning yuragingizga huzur, xotirjamlik va mehr-muhabbat yog‘du taratsin. 🌟

🎁 Biz sizga barcha muvaffaqiyatlarni, o‘zgarishlarni va yangi imkoniyatlarni tilaymiz. 🎁

🎆 Yangi yil sizga o‘z hayotingizdagi eng yaxshi boblarni ochsin. 🎆

💖 Bolajonlarim, siz bizning hayotimizning eng katta baxtidan birisiz. 💖

🙏 Biz sizga dunyodagi eng yaxshi narsalarni tilaymiz. 🙏

🎂 Yangi yil sizning hayotingizga qandaydir yangi yorug‘lik kirib kelishiga tilakdoshmiz. 🎂

💫 Sizning har bir orzingiz qanot yozishini tilaymiz. 💫

🌈 Hayotingizda har doim shodlik, xursandchilik va a’lo kayfiyat bo‘lsin. 🌈

💐 Yangi 2024-yil sizga barcha yaxshiliklarni keltirsin! 💐

🎉🎈Yangi yilingiz bilan tabriklaymiz! 🎉🎈

Yangi 2024-yilingiz bilan!

🎉Yangi yilda barcha yangi orzularga burkanadi.🎉

🎆Yangi yilda barcha yangi rejalar, maqsadlar qo‘yadi. Yangi yil kuni barcha xursandchilik qiladi, shod-u hurram bo‘ladi. Ana shunday xursandchilik, kulgu, tabassum yil bo‘yi sizni tark etmasin.🎆

🌟Barcha o‘ylagan orzularingizga yeting. Umid bilan tuzgan rejalaringiz, maqsadlaringiz albatta amalga oshsin.🌟

🎇Yangi yil qutluq bo‘lsin!🎇

Yangi yil uchun qisqa tabrik

🎊Ko‘pchilik yangi yilni intizorlik bilan kutadi. Axir yangi yil quvonch, baxt bayrami hisoblanadi.🎊

🍾Yangi yil hamma uchun kutilgan quvonchni bersin deya tilak bildirib qolaman. Eski yilda barcha eski dardlar unutilib ketsin.🍾

🥳Yangi yil — yaxshi yil bo‘lib kelsin.🥳

💝Qalbimda quvonch, labimda tabassum, tilimda shirin so‘zlar bilan sizni Yangi yil bilan tabriklayman.💝

🎈Yangi 2024-yil muborak bo‘lsin!🎈

💌Yangi 2024-yil muborak!💌

🎀Sizdanda eng baxtli inson bo‘lmasin,
Farishtalar Izingizdan hech qolmasin,
Mexr muhabbatdan sira tolmasin
Ko‘ksingizda urib turgan bu yurak;
Qadrdonim yangi yil bo‘lsin muborak!🎀

Xush kelibsan yangi yil!

🌠Yangi yil diyorimizga xush kelibsan!🌠
Yangi O'zbekistonga yangi yil muborak bo'lsin!

🥂Qadaming qutluq bo‘lsin! Yurtimizga yanada ko‘tarinkilik, tugal quvonch, ketmas zafarlar, ilm ziyosi olib kel!🥂

🇺🇿Yangi yil Yangi O‘zbekistonimiz uchun Marhabo!🇺🇿

✨2024-yil O‘zbekistonimiz uchun eng esda qolarli ezgu yil bo‘lsin!✨

Mavzuga doir:
Yangi yil tabrigi – turli sohalar uchun juda qiziq tabrik va tilaklar

Yangi yil uchun tabriklar va tilaklar to‘plami

Yangi yilda kimga qanday sovg‘a bersa bo‘ladi?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: