Yangi qaror: O’qituvchi 1 hujjat faqat jurnal tutishi mumkin

Yangi qaror: O’qituvchi 1 hujjat faqat jurnal tutishi mumkin
Telegramda o'qish

Maktab o’qituvchilari yuritishi lozim bo’lgan hujjatlar soddalashtirilmoqda

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida xabar qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ga muvofiq oʻqituvchilarning hisobotlarini qisqartirish, ularning asosiy eʼtiborini dars mashgʻulotlarini yana-da qiziqarli qilib oʻtishlariga uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash, xalqaro tajribalarni taʼlim tizimiga keng joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-qq qarori (roʻyxat raqami 3058, 2018-yil 20-avgust) bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga o’zgartirish kiritilmoqda.
Bunda umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari tomonidan yuritiladigan hujjatlar sonini 3 tadan (sinf jurnali, yillik taqvim-mavzuiy reja, kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari) – 1 tagacha (sinf jurnali (bosma yoki elektron) qisqartirish koʻzda tutilmoqda.
Ushbu oʻzgartirishlar oʻqituvchilarning pedagogik yuklamasini optimallashtirish, ularni asosiy yuklamadan tashqari boshqa hisobot va ortiqcha qogʻozbozlikdan ozod qilish hamda dars oʻtish sifati va mazmuniga koʻproq vaqt ajratishi uchun sharoit yaratadi.
“Online maktab” loyihasini muvaffaqiyatli davom ettirish, bundan barcha maktablarda fanlar boʻyicha taqvim mavzuiy rejalarni bir xillikka keltirish maqsadida, endilikda taqvim mavzuiy rejalar Respublika taʼlim markazi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi va oʻquv yili oldidan vazirlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Yuqorida taʼkidlangan Davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilayotgan umumiy oʻrta taʼlimning “Milliy oʻquv dasturi” doirasida barcha fanlardan “Oʻqituvchi kitobi”ni yaratish va joriy etilishi orqali maktab oʻqituvchilari tomonidan kunlik dars ishlanmasi (konspekt) yozish talabi bosqichma-bosqich bekor qilinishi rejalashtirilgan.
Endilikda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda oʻqituvchilardan oʻz ustida koʻproq ishlash, mavjud taʼlim resurslarini, jumladan elektron resurslarni toʻliq oʻzlashtirish va dars jarayonida keng qoʻllash talab etiladi.
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz saytiga muhokamaga qoʻyildi.


Документы, необходимые школьным учителям, упрощаются

Об этом сообщается на официальном сайте Министерства народного образования.
Приведение отчетов учителей в соответствии с Государственной программой по реализации Стратегии действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годах в «Год науки, образования и цифровой экономики», утвержденной Постановлением Президента Республики Узбекистан от 2 марта 2020 года Основная задача – создать для них необходимые условия, чтобы уроки были более интересными.
Постановление Министерства народного образования, Министерства занятости и трудовых отношений Республики Узбекистан от 27 июля 2018 года 9-мх и 19-кв (регистрационный № 3058, 20 августа 2018 года) в целях обеспечения реализации данной задачи , широкое внедрение зарубежного опыта в систему образования Вносятся изменения в «Инструкцию о порядке формирования типового годового плана работы педагогических специальностей общеобразовательных учреждений общего образования», утвержденную Правительством Кыргызской Республики.
Планируется сократить количество документов, ведущихся учителями общеобразовательных школ, с 3 (классный журнал, годовой календарь, тематический план, дневник) до 1 (классный журнал (печатный или электронный)).
Эти изменения позволят оптимизировать педагогическую нагрузку учителей, освободив их от прочей отчетности и волокиты в дополнение к основной нагрузке и позволив уделять больше времени качеству и содержанию преподавания.
В целях успешного продолжения проекта «Онлайн-школа», а также согласования календарных тематических планов во всех школах, календарные тематические планы будут разработаны и утверждены Республиканским центром образования и размещены на официальных сайтах Министерства перед началом учебного года.
Планируется поэтапная отмена требования к школьным учителям писать ежедневные рабочие программы путем создания и внедрения «Учительских книг» по всем предметам в рамках «Национальной учебной программы» общего среднего образования, разработанной в соответствии с вышеуказанным Государственная программа.
Воспользовавшись открывшимися сейчас возможностями, учителям необходимо больше работать, в полной мере использовать имеющиеся образовательные ресурсы, в том числе электронные, и широко использовать их на уроках.
Проект постановления «О внесении изменений в Инструкцию о порядке формирования типового годового плана работы по педагогическим специальностям общего среднего образования» обсуждался на сайте регулирования.gov.uz.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: