Onlayn ta’lim tushunmovchiliklar yuzasidan vazirlik ko‘rsatmasi

Onlayn ta’lim tushunmovchiliklar yuzasidan vazirlik ko‘rsatmasi

Xalq ta’limi vazirligi “onlayn” ta’lim jarayonida yuzaga kelgan bir qator tushunmovchiliklarni oldini olish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatma berdi

Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni “onlayn” shaklda amalga oshiriladigan davrda joylarda o‘qituvchilarni ishga qabul qilish va ularga ish haqi to‘lovlarini amalga oshirishda bir qator tushunmovchilik, e’tiroz va muammoli masalalarga aniqlik kiritish maqsadida hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va ta’lim muassasalari rahbarlariga qo‘shimcha ko‘rsatma berdi.

🔰Ko‘rsatma xatiga asosan quyidagi holatlarga ruxsat beriladi:

✅ homiladorlik va tug‘ish, bola parvarishlash ta’tiliga chiqqan o‘qituvchilar o‘rniga muayyan muddatli mehnat shartnomasi asosida yangi xodimni asosiy ish bo‘yicha ishga qabul qilishga;

✅ mehnat shartnomasi bekor qilingan o‘qituvchilar o‘rniga nomuayyan muddatli mehnat shartnomasi asosida yangi xodimni asosiy ish bo‘yicha ishga qabul qilishga;

✅ faqatgina o‘qituvchilarning mehnatga layoqatsizlik varaqasida bo‘lgan davrida ularning dars yuklamasini mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda mazkur muassasaning mutaxassisligi to‘g‘ri keluvchi mavjud o‘qituvchilariga vaqtincha taqsimlanishiga ruxsat etiladi.

🔵 Shuning bilan birgalikda, koronavirusning yangi shtammining keng tarqalishini oldini olish, xodimlar sog‘lig‘ini himoyalash hamda pedagoglarning ish faoliyatini tashkil etishda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

☑️ bir vaqtning o‘zida asosiy va o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga ularning o‘rindoshlik bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan maktabida belgilangan vazifalarni uydan turib bajarishlariga imkoniyat yaratib berish;

☑️ o‘qituvchilarning mavjud haftalik dars yuklamalari miqdoriga mutanosib ravishda ularni maktabda bo‘lishiga sharoit yaratib berish;

☑️ Maktablarda o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan talabalarga yashash manzili va ish joyining geografik joylashuvini hisobga olib, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni uydan turib bajarishiga istisno tariqasida imkoniyat berish tavsiya etiladi.

✳️ Mazkur ko‘rsatmani amalga oshirishga birinchi rahbarlar shaxsan javobgar sanaladi.


Министерство народного образования издало дополнительные инструкции по устранению ряда недоразумений, возникших в процессе онлайн-образования.

В целях выяснения ряда недоразумений, возражений и проблем при приеме на работу и оплате труда педагогов на местах в период, когда учебный процесс в системе МОН осуществляется «в режиме онлайн» руководителям даны дополнительные поручения. региональных отделов народного образования и образовательных учреждений.

🔰Согласно инструктивному письму разрешено:

✅ принять новую сотрудницу на основную работу по срочному трудовому договору взамен педагогов, находящихся в декретном отпуске;

✅ принять нового работника на основную работу на основании бессрочного трудового договора взамен преподавателей, трудовые договоры с которыми расторгнуты;

✅ Только в период нетрудоспособности преподавателей допускается временное распределение их нагрузки на действующих преподавателей, отвечающих требованиям трудового законодательства учреждения.

🔵 При этом в целях предотвращения распространения новых штаммов коронавируса, защиты здоровья персонала и создания благоприятных условий для педагогов при организации их работы:

☑️ Предоставить как штатным, так и совместителям возможность выполнять возложенные на них задачи в заочной форме из дома;

☑️ Поощрять учителей оставаться в школе пропорционально доступной еженедельной нагрузке по урокам;

☑️ Учащимся, преподающим в школах, рекомендуется предоставить возможность в порядке исключения выполнять поставленные перед ними задачи из дома с учетом места жительства и географического расположения рабочего места.

✳️ Первые руководители несут личную ответственность за выполнение этого руководства.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: