“Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunning asosiy farqlari ma’lum qilindi

“Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunning asosiy farqlari ma’lum qilindi

Avvalroq, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Hujjat 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarni almashtiradi.

“Norma” yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha:
birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
• ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
• nazariy — ta’lim tashkiloti negizida, amaliy — ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
• oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
• katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
• jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta’lim;
• eksternat tartibidagi ta’lim — o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tish;
• mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta’lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.

uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga ko‘proq e’tibor qaratilgan:
• ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;
• pedagogik xodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar bo‘yicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.

to‘rtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, o‘quv jarayoniga o‘quv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar tartibga solingan. O‘qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etilgan;

beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:

a) birinchilarga quyidagilar kiradi:
• nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;
• ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish – Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan tashkilotlar maxsus reyestrga kiritiladi, bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining saytiga joylashtiriladi;
• xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish. Tan olish va apostil qo‘yish ham Ta’lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi;

b) Ta’lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli:
• nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda;
• ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda — ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatini bekor qilish.

Qonun 24.09.2020 yildan kuchga kirdi.


Ранее мы сообщали, что принята новая редакция Закона об образовании.
Документ заменяет устаревшие Закон об образовании и Национальную программу обучения, которые действуют с 1997 года. Норма обозначила основные отличия нового закона.
Это записано:
Во-первых, расширена классификация форм обучения:
• отделенные от производства (полная занятость) и неотделимые (совместная, вечерняя, дистанционная);
• дуальное обучение на основе теоретико-педагогической организации, практически-дуального обучения, осуществляемого совместно на рабочем месте обучающегося;
• семейное воспитание и самостоятельное обучение;
• обучение и воспитание взрослых;
• Инклюзивное образование для детей (лиц) с физическими, умственными, сенсорными или умственными недостатками;
• Заочное обучение — в том числе самостоятельная разработка учебных планов, итоговая и государственная аттестация обучающихся в государственных образовательных учреждениях;
• Обучение в области обороны, безопасности и правопорядка.Во-вторых, Кабинет Министров, Государственная инспекция по контролю за качеством образования (Инспекция образования), Президент, Агентство по развитию творческих и специализированных школ, а также отраслевые министерства и органов местного самоуправления, в-третьих, больше внимания уделяется правовому статусу всех участников образовательного процесса:
• образовательные учреждения — их организация, реорганизация и ликвидация, требования к уставу;
• воспитатели, учащиеся, их родители и иные законные представители — о правах, обязанностях и гарантиях. Определены меры социальной защиты участников образовательного процесса В-четвертых, государственные образовательные стандарты и требования, учебные планы и программы образовательного процесса, экспериментальная и инновационная деятельность в сфере образования по вопросам, связанным с Описывается механизм приема, в том числе адресного приема, в-пятых, регламентируется нормативно-надзорная поддержка, оказываемая государством: а) Первая включает:
• Лицензирование негосударственных образовательных организаций – лицензии выдаются Инспекцией образования на неопределенный срок отдельно по каждому виду образования;
• Аттестация и государственная аккредитация образовательных учреждений — Инспекцией образования сроком на 5 лет. В этом случае негосударственные образовательные организации считаются аккредитованными в течение 5 лет с даты получения лицензии, после чего проводится аттестация и аккредитация. Государственно аккредитованные организации включены в специальный реестр, информация о котором размещается на сайте Инспекции образования;• Признание документа об образовании, полученного в иностранном государстве после 1 января 1992 года, а также проставление апостиля на официальных документах в сфере образования. Признание и проставление апостиля также входят в обязанности Инспекции по образованию; б) Инспекция по образованию имеет право:
• контроль качества и мониторинг образовательного процесса в негосударственных образовательных учреждениях — с уведомлением бизнес-омбудсмена;
• В случае несоответствия содержания и качества образования, предоставляемого организациями образования, законодательству об образовании — вносить предложения по их устранению. В случае неисполнения заявления — аннулирование свидетельства о государственной аккредитации образовательного учреждения.Закон вступил в силу 24.09.2020.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: