Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etildi

Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–129-son, 16.02.2022 y.) bilan Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi negizida Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etildi.

Harbiy musiqa akademik litseyiga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Jamoat xavfsizligi universiteti biriktirildi.
Harbiy musiqa akademik litseyida:

• istisno tariqasida, mavjud umumiy o‘rta ta’lim sinflari saqlab qolinadi;

• o‘quvchilar bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;

• 1−2-bosqich o‘quvchilari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tasdiqlangan bepul kiyim-bosh bilan ta’minlanadi;

• o‘qitish “Damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi;

• bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom, orkestr artisti malaka darajasi hamda ko‘krak nishoni beriladi.

Harbiy-musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat OTMga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi (shu jumladan, ijodiy imtihonlar bo‘yicha) miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.


Указом Президента (№ПП-129 от 16.02.2022) Военно-академический музыкальный лицей Национальной гвардии создан на базе Республиканского специализированного музыкального академического лицея Национальной гвардии.

К Военно-музыкальному академическому лицею для оказания научно-методической помощи присоединены Узбекская государственная консерватория, Ташкентский государственный педагогический университет и Университет общественной безопасности.
В Военно-музыкальном академическом лицее:

• в виде исключения будут сохранены существующие классы общего среднего образования;

• Студенты обеспечиваются бесплатным проживанием и питанием;

• Ученикам 1-2 ступеней бесплатно выдается форма, утвержденная командующим Национальной гвардией;

• Обучение по направлению «Барабан и перкуссия»;

• Выпускники получают диплом государственного образца, квалификацию артиста оркестра и нагрудный знак.

Выпускники военно-музыкального академического лицея при поступлении в высшие военные учебные заведения, а при поступлении в другое государственное высшее учебное заведение республики обязаны оплатить 30% баллов, набранных на испытаниях, проводимых Государственным испытательным центром. выдается в виде дополнительных баллов в размере 15 процентов от плановых баллов (в том числе по творческим экзаменам).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Umidjon

    Zoʻr :|

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: