Ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli o’quvchilar qabuli boshlanmoqda

Ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli o’quvchilar qabuli boshlanmoqda

Joriy yilning 1-iyulidan xalq taʼlimi tizimidagi ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari (5-sinf) va maktab-internatlari (7-sinf)ga 2020-2021 oʻquv yili uchun oʻquvchilar qabuli jarayoni boshlanmoqda.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 5-sinfi uchun hujjatlar shu yilning 1 — 31-iyul kunlari hamda 7-sinf uchun hujjatlar 1 — 20-iyul kunlari qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga iqtidorli oʻquvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari (saralash tanlovi) natijalari asosida qabul qilinadi.
Pandemiya sharoitini inobatga olib, ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida hujjatlarni onlayn qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabuli boʻyicha tanlovlar avgust oyida oliy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlanganidan soʻng oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Yurtimizdagi karantin cheklovlari sababli saralash tanlovlarini oʻtkazish muddati oʻzgartirilishi mumkin.
Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
tibbiy maʼlumotnoma;
3 x 4 hajmdagi 4 ta fotosurat.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari roʻyxati bilan ushbu materialda batafsil tanishish mumkin.


С 1 июля текущего года начинается процесс набора учащихся на 2020-2021 учебный год в общеобразовательные государственные специальные школы (5 класс) и школы-интернаты (7 класс) с углубленным изучением отдельных предметов в системе народного образования .

Об этом сообщает Министерство народного образования.
Заявления в 5-й класс средней специальной школы будут приниматься с 1 по 31 июля текущего года, а в 7-й класс — с 1 по 20 июля.
Одаренные учащиеся принимаются в средние специальные учебные заведения на основании результатов тестирования (отбора), проводимого Государственным центром тестирования по соответствующим предметам.
В условиях пандемии создаются условия для онлайн-приема документов в средние специальные учебные заведения.
Конкурсы для поступления в профильные учебные заведения планируется провести в августе после завершения вступительных испытаний в высшие учебные заведения.
В связи с карантинными ограничениями в нашей стране сроки проведения отборочных туров могут быть изменены.
Кандидаты должны представить следующие документы:
заявление на имя директора средней специальной школы;
копия свидетельства о рождении;
медицинский сертификат;
4 фотографии размером 3х4.
С перечнем специализированных учебных заведений можно подробно ознакомиться в этом материале.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: